Nom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nom (mantiqda) ? til ifodasi. Predmet (atoqli N.) yoki bir guruh predmetlar (umumiy N.)ni anglatadi. Bunda predmet keng ma?noda tushuniladi. Atoqli N.lar ayrim predmetlarning N.lari (Mas, "Bobur", "O?tgan kunlar" muallifi) hamda bir guruh predmetlarning umumlashgan N.lariga (Mas, "insoniyat") bo?linadi. Guruhlar N.ini umumiy N. (Mas, "inson")dan farqlash lozim. Sodda yoki elementar N.lar va murakkab N.lar bo?ladi. Sodda N.lar boshqa N.lardan yoki tilning boshqa ma?noli ifo-dalaridan tuzilmaydi. Murakkab N.lar esa ma?no kasb etuvchi qismlardan tu-zilgan bo?ladi ("insoniyat" ? sodda N. bo?lsa, "xrzirgi insoniyat" murakkab N.). Formallashgan tillarda atoqli N.larning analogi konstantadir; predmetlarning atoqli N.lariga individ konstantalar, guruhlarnint atoqli N.lariga guruh konstantalar mos bo?ladi. N.lar va ular bilan bog?liq bo?lgan munosabatlar (avvalo N. bilan u ifoda etadigan predmet urtasidagi munosa-bat)ni mantiqiy semantika o?rganadi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil