Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nemis tili
(
nemischa
:
Deutsch
) ?
Hind-yevropa tillari
oilasidagi german tillari guruhiga mansub til.
Idish
tiliga yaqin. GFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shim. va Jan. Amerikaning bir kancha mamlakatlarida ham tarqalgan. So?zlashuvchilarning umumiy soni 110 million kishidan ortiqrokdir. Nemis tili frank, saks, turing , alemann, bavar singari g?arbiy german kabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, o?rta nemis va jan. nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa g?arbiy va shar-qiy guruhchalarga ajraladi. Nemis tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha bo?lgan (16-asrgacha) va milliy til (18-asrdan) davrlari farqlanadi; 16?17-asrlar o?tish davri hisoblanadi. Hozirgi ada-biy til me?yorlarining shakllanishi asosan 18-asr oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan.
Hozirgi Nemis tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil bo?lish o?rni, usuli va talaffuzi jihatidan o?zaro farqdanadi, muayyan o?ziga xosliklarga ega. Gramatik qurilishi analitiksintetik xususiyat bilan ajralib turadi. Mas, otlarda jins va kelishik shakllari, asosan, analitik tarzda, son kategoriyasi esa sintetik tarzda ifodalanadi. Bu holat boshqa so?z turkumlaridagi shakllar ifodasida ham ku-zatiladi. Gapning asosiy turi fe?l markazli ran. Yasama, qo?shma fe?llardan ifodalangan kesim qismlarining ran tarkibida distant holatda qo?llanishi Nemis tilining aloqida xususiyati hisoblanadi.
So?z yasash vositalari tizimi yaxshi rivojlangan; so?z qo?shish bilan ot (asosan, termin) yasalishi keng qo?llanadi. Lug?at tarkibida asl nemischa so?zlar qatori lotin, fransuz, italyan, ingliz va boshqa tillardan o?zlashgan so?zlar ham ko?plab uchraydi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.
Adabiy Nemis tilining Avstriya va Shveysariyadagi variantlari Germaniyadagi variantidan adabiy tildan turlicha foydalanish va uning lahjalar hamda so?zlashuv tiliga munosabati nuqtai nazaridan o?zaro farqdanadi.
[1]
a
|
[a:]
|
b
|
[be:]
|
c
|
[tse:]
|
d
|
[de:]
|
e
|
[e:]
|
f
|
[εf]
|
g
|
[ge:]
|
h
|
[ha:]
|
i
|
[i:]
|
j
|
[jοt]
|
k
|
[ka:]
|
l
|
[εl]
|
m
|
[εm]
|
n
|
[εn]
|
o
|
[o:]
|
p
|
[pe:]
|
q
|
[ku:]
|
r
|
[εr:]
|
s
|
[εs]
|
t
|
[te:]
|
u
|
[u:]
|
v
|
[fau:]
|
x
|
[iks]
|
y
|
[ypsilεn]
|
z
|
[tsεt]
|
Nemis tilida otlar har doim katta harfda yoziladi.