Monarxiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monarxiya ( yunoncha : monarchia  ? yakka hokimlik) ? davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshligi monarx hisoblanadi. Monarxiyaning 2 turi mavjud: mutlaq (absolyut) monarxiya , bunda monarxning to?la hokimiyatini cheklaydigan bironbir davlat organi bo?lmaydi; konstitutsiyaviy M., bunda monarx hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan bo?ladi, ya?ni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Ayrim mamlakatlarda davlat boshlig?i ayni vaqtda diniy rahbar ham hisoblanadi. [1]

Monarxiya ko?rinishlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Mutlaq monarxiya  ? monarx cheksiz hokimiyatga egalik qiladigan monarxiya ko?rinishi. Mutlaq monarxiyada hukumat yoki boshqa hokimiyat organlari faqat davlat boshlig?i bo?lgan monarx oldida javobgardir, odatda parlament bo?lmaydi, bo?lgan taqdirda u maslahat kengashi vazifasini bajaradi, xolos.
  • Konstitutsiyaviy monarxiya  ? monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan monarxiya. Konstitutsiyaviy monarxiyada qonun chiqaruvchi hokimiyat organi vazifasini parlament bajaradi, bajaruvchi organ esa hukumat bo?ladi. Konstitutsiyaviy monarxiya ikki xil ko?rinishda bo?ladi: dualistik va parlamentar monarxiya.
    • Dualistik monarxiya ? ( lotincha : Dualis ) ? monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklanuvchi monarxiya, lekin shunga qaramasdan monarx o?zining hokimiyat uchun keng vakolatlarini saqlab qoladi.
    • Parlamentar monarxiya ? monarx vakolatlari o?ta cheklangan, hukumat va hukumat organlari monarx oldida emas, parlament oldida javob beradi.
  • Teokratik monarxiya ? siyosiy hokimiyat diniy rahbar qo?lida bo?lgan monarxiya.

Hozirgi kundagi monarxiya davlatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Osiyo [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Afrika [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yevropa [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Okeaniya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]


Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Davlatlar boshqaruv shakllari ro'yxati

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil