Konstantinopol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konstantinopol , Vizantii ? Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324? 330 yillarda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga "Konstantinopol" ? "Konstantin shahri" deb nom qo?yilgan. 330 yilda Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa K.ga ko?chiradi. Davlat muassasalari va senatning Rimdan ko?chirib kelinishi K.ning rivojlanishiga olib keldi. Yirik savdo yo?llarining kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va G?arb o?rtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bog?lovchi markazga aylandi. 4-salib yurishi davri (1202?04)da salibchilar tomonidan talandi. 1204?61 yillarda Lotin imperiyasi poytaxti. 1261-yil vizantiyaliklar genuyaliklar bilan ittifok, tuzib, shaharni qaytarib oldilar. 1453-yil 29-mayda uni usmonli turklar Sulton Mehmet egallab, nomini Istambul deb o?zgartirganlar. K. keyinchalik, Istanbul nomi bilan 1923-yilgacha Turkiya poytaxti bo?lgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil