Ekzistensializm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ekzistensializm (lot. ? yashash, mavjudlik), mavjudlik falsafasi ? falsafadagi yo?nalish. 20-asr boshida Rossiyada, Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyada, Ikkinchi jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo bo?lgan. S.Kyerkegor (1813?55) ta?limoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E.ning g?oyaviy manbai hisoblanadi. Diniy E. (K. Yaspers, G. Marsel, N.A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik E. (M. Haydegger, J. P. Sartr, A. Kamyu) bir-biridan farqlanadi. Markaziy tushunchasi ? ekzistensiya (inson mavjudligi). Inson mavjudligi asosan g?amxo?rlik, qo?rqish, qat?iylik, vijdon kabilarda namoyon bo?ladi. Dahshat, qo?rquv, o?lim inson yashashining asosini tashkil etadi. Inson o?zini ekzistensiya sifatida anglagandan keyin erkinlikka erishadi, bu erkinlik o?z-o?zini, o?zining mohiyatini tanlashdan iborat bo?lib, insonga olamda yuz berayotgan barcha narsa uchun mas?uliyat yuklaydi. E. borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofligini, inson ixtiyorida emasligini targ?ib qiladi. E. oqim sifatida tugaganligiga qaramay, hozirgi kunda uning asosiy tamoyillari Yevropa xalqlari mentalitetiga singib ketgan. U g?arb adabiyoti va san?atiga katta ta?sir ko?rsatgan.
Faylasuflar Søren Kierkegaard va Friedrich Nietzsche , "ekzistensializm" atamasini ishlatmagan bo?lishsa-da, shu oqimga asos solganlar, deb bilinadi.

Ekzistensializm ( lot. existentia - "mavjudlik") insonlar o?z hayotlari ma?nosini o?zlari yaratishlarini ta?kidlovchi falsafiy oqimdir .

Ekzistensializm mavjudlik ma?nosi olamshumuldir deb uqtiruvchi metafizik prinsiplarni rad etadi. Oqimga 19-asrda Kierkegaard hamda Nietzsche ishlari asos solgan, deb hisoblanadi. 1940-50 yillarda fransuz faylasuflari, jumladan Jean-Paul Sartre va Simone de Beauvoir ekzistensializm bilan bog?liq ilmiy hamda taxayyuliy asarlar yozishgan, ularda "dahshat, zerikish, begonalashish, absurd, ozodlik, vafo, [va] bo?shliq" mavzulari yoritilgan. [1]

Shuningdek [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. http://plato.stanford.edu/entries/existentialism/