한국   대만   중국   일본 
Dunay - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Dunay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Dunay daryosi dan yo?naltirildi)
Dunay
Vengriya - Budapesht
Vengriya - Budapesht
Tavsif
Uzunligi 2 850 [1]
Suv sarfi 5 433 m³/s
Joylashuvi
Davlat Germaniya , Avstriya ,
Slovakiya , Mojariston ,
Xorvatiya , Serbiya ,
Ruminiya , Bolgariya ,
Moldova va Ukraina
Dunay


Dunay ( rum. Dun?rea , moj. Duna , olm. Donau , serb. Дунав , slovak Dunaj , bulg?. Дунав , Dunav , ukr. Дунай , lot. Danubius, Danuvius , qad. yun. ?στρο? ) ? Yevropadagi daryo, uz. jihatidan Volgadan keyin 2-o?rinda. Uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817 ming km². Germaniya , Avstriya , Slovakiya , Mojariston , Xorvatiya , Serbiya , Ruminiya , Bolgariya , Moldova va Ukraina Boshlanish joyi quyilish joyidan 678 m baland. Shvarsvald tog?larining (Germaniya) sharqiy yon bag?ridan boshlanib Qora dengizga katta delta hosil qilib quyiladi. Germaniya , Avstriya , Slovakiya , Vengriya , Xorvatiya, Serbiya, Bolgariya, Ruminiya , Ukraina hududlaridan oqib o?tadi. Dunay oqish tavsifiga ko?ra yuqori, o?rta va quyi Dunayga bo?linadi. Yuqori Dunay (Vena shahrigacha) ? tog? daryosi, chuqur va tor vodiydan oqadi. O?zanining kengligi 350 m gacha. O?rta Dunay (Venadan Temir Darvoza tangisigacha) O?rta Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysi keng (5?20 km). Tog? va tepalarni kesib o?tgan joylarda tangilar (Vengriya Darvozasi, Vishegrad yo?lagi, Temir Darvoza va boshqalar) hosil qilgan. Bu joylarda o?zani 150 m gacha torayib, chuq. 20?70 m ga yetadi. Dunayning Serbiya-Ruminiya chegarasi bo?ylab o?tgan Jerdap deb ataluvchi 120 km uzunlikdagi vodiysi juda tor (0,6?1,5 km). Daryoning serostona va tezokar joylaridagi o?zani kemalar harakatini ancha qi-yinlashtiradi. Quyi Dunay (Temir Darvo-zadan quyilishigacha) Quyi Dunay tekisligidan oqadi. Vodiysining kengligi 7?20 km. Quyilish joyidan 80 km yuqorida deltasi (maydoni 3500 km²) boshlanadi. Delta qismida 3 ta asosiy tarmoqqa bo?lingan.

Dunayning rejimi murakkab: bahorda to?lib oqadi, yoz va kuzda toshib, qishda suvi kamayadi. O?rtacha suv sarfi yuqori oqimida 420 m³/sek, o?rta oqimida 1900 m³/sek, quyilish joyida 6430 m³/sek. Bir yilda keltirgan suvining o?rtacha hajmi 203 km 3 . Dunay Qora dengizga yiliga 120 mln. t. oqiziq va mineral moddalar keltiradi. Kish so-vuq kelganda 1,5 oygacha muzlaydi. Dunayning 300 irmog?i bor, shundan 34 tasida kema qatnaydi. Eng yirik irmoqlari: o?ngdan ? Inn, Drava, Sava, Morava; chapdan ? Morava, Tisa, Olt, Seret va Prut. Dunayning iqtisodiy ahamiyati katta. Daryodan transport qatnovi, gidroenergiya olish, sug?orish, shahar va sanoat markazlarini suv bilan ta?minlashda foydalaniladi, baliq ovlanadi. 2 ta yirik GES (Ruminiya va Serbiya chegarasida), GESlar kaskadi (Avstriya va Germaniyada) bor. Deltasida qamishzor ko?p. Regensburg shahridan (Germaniya) boshlab Dunayda yil davomida kema qatnaydi. Dare bo?yida 100 dan ortik. port, shahar va pristan joylashgan. Eng yiriklari: Regensburg , Vena, Bratislava , Budapesht , Belgrad , Ruse, Galats, Izmail va boshqa

Dunay ? xalqaro daryo. Dunayda kema katnash rejimi haqidagi 1948-yilda qabul qilingan konvensiyaga ko?ra kemalar daryoda erkin suzish xuquqiga ega; Dunaybo?yi davlatlaridan boshqa davlatlarning harbiy kemalari qatnashi man etilgan; konvensiyaning bajarilishini nazorat qiluvchi Dunay komissiyasi (barcha Dunaybo?yi davlatlari a?zo) tuzilgan.

Adabiyot [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)