Boks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boks matchi. Ringda Ricardo Dominguez (chapda) va Rafael Ortiz.

Boks ( ingl. boxing , box  ? ≪urish≫ so?zidan) sportning yakkakurash turlaridan biridir.

Boks (ing. box ? mushtlash, zarb) ? sport turi, ikki raqibning sirti charm, ichi yumshoq qoplamali qo?lqoplarda qoida asosida yakkamayakka mushtlashish musobaqasi. B. tarixi miloddan avvalgi davrda Misr va Bobilda uyushtirilgan yakkamayakka mushtlashish musobaqalariga borib taqaladi. Yunoniston qad. Olimpiya o?yinlari dasturida ham shunday musobaqalar bo?lgan. Zamonaviy B. vatani Angliyadir (16?17-asrlar). B.ning dastlabki qoidalari shu mamlakatda qabul qilingan (1867). Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasiga (AIBA; 1946-yil asos solingan) 160 mamlakat a?zo (1999). B. 1904-yildan Olimpiya o?yinlari dasturiga kiritilgan, 1974-yildan jahon chempionati, 1979-yildan jahon kubogi musobaqalari o?tkazib kelinadi.

B. musobaqasi arqonlar bilan o?ralgan 6x6 m o?lchamli ring (supa)da o?tkaziladi. B.chilar og?irligi 270 g (10 unsiya) qo?lqoplardan foydalanishadi. Musobaqa 2 min. (daqiqa)dan 4 raund (bo?lim) davom etadi. Raundlar orasida 1 daqiqadan tanaffus beriladi. Musobaqa vaqtida raqib yiqilganda, hakam kurashni to?xtatgandan keyin, shuningdek beldan pastga, boshtananing orqa qismiga zarb berish mumkin emas. Ringdagi hakam (referi) musobaqani boshqaradi, ring atrofidagi 5 nafar hakam berilgan aniq zarblarni hisoblab boradi. Natijada ko?p ochko (xol) to?plagan B.chi g?olib deb topiladi. Zarb ta?sirida garangsiragan (nokdaun) holatga tushgan B.chining o?ziga kelishi uchun referi kurashni vaqtincha to?xtatadi va hisob ochadi. 10 srch. (soniya) vaqt ichida u kurashga tayyor ekanini bildirmasa referi uni nokaut bo?lgan (yengilgan) deb hisoblaydi. Tomonlardan biri raqibini nokaut qilsa, ochkolar farqini 15 taga yetkazsa, shuningdek bir tomon yengil ganini tan olsa (murabbiyi arqonga sochiqtashlasa), referi tomonidan chetlatilsa, zarb ta?sirida tanasining jarohatlangan joyidan qon okishi kamaymasa (tibbiyot xodimi xulosasiga ko?ra) kurash muddatidan oddin to?xtatiladi va ikkinchi tomon g?olib sanaladi.

Xalqaro B. musobaqalari 12 vazn toifasida (48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 kg gacha va 91 kg dan yuqori) tashkil etiladi. Asosiy musobaqalarga 18 yoshga to?lganlar qo?yiladi. 16?17 va 14?15 yoshlilar o?rtasida ham musobaqalar uyushtiriladi. Shuningdek, ayrim federatsiyalar B.ni ommalashtirish maqsadida o?smiro?spirinlar o?rtasida 12 tadan ko?proq vazn toifasida ham musobaqalar o?tkazishadi. O?zbekistonda zamonaviy B. 20-asrning 20- yillaridan ommalashdi. Ilk B. musobaqasi 1922-yil Toshkentdagi "Fortuna" sport jamiyatida o?tkazilgan. Uni S.L. Jakson uyushtirgan. Bu murabbiy yuzlab B. chilarni tarbiyaladi.

O?zbekistonda keyingi yillarda shaxsan Prezident Islom Karimovning sportga qaratgan e?tibori natijasida B. jadal rivojlanmoqda. O?zbekiston Respublikasi B. federatsiyasi 1993-yildan AIBA a?zosi. Mamlakatda 4 olimpiya o?rinbosarlari bilim yurti va o?nlab bolalaro?smirlar sport maktabida yoshlarga B.sirlari o?rgatilmoqda. 20 dan ziyod zamonaviy B. zallari shug?ullanuvchilar ixtiyorida. B. milliy terma jamoasi 1999-yil jahon chempionatida faxrli 3o?rinni egalladi. O?zbekistonning R.Risqiyev, ?.Shin, N.Anfimov, G.Ilyosov, M.Abdullayev, O?.Xaydarov, R. Chagayev, T. To?lyakov, L. Zokirov, N. Otayev, T.Turg?unov, H. Ahmedov, K. To?laganov, R. Saidov, S. Mixaylov, D. Yorbekov, DAvezboyev kabi B.chilari katta yutuklarga erishgan.

Jahonda professional B.chilar (B.ni kasbga aylantirganlar) o?rtasida to?rtta yo?nalish bo?yicha musobaqalar utkaziladi. Ularni jahon B. kengashi (WBC), jahon B. assotsiatsiyasi (WBA), xalqaro B. federatsiyasi (IBF) va jahon B. tashkiloti (WBO) uyushtiradi. Professional B.da qo?lqoplar birmuncha yengil ? taxminan 227 g (8 unsiya), raundlar soni 6, 8, 10, 12 ta bo?ladi. Har bir raund 3 daqiqadan. Musobaqalar 17 vazn toifasida (47,627; 48,988; 50,802; 52,163; 53,524; 55,338; 57,153; 58,967; 61,235; 63,503; 66,678; 69,853; 72.575; 76,203; 79,379; 88,450 kg gacha va 88,450 kg.dan yuqori) tashkil etiladi. U. Pep, S. Liston, MuhammadA/sh, J. Formen, M. Tayson, E. Xolifild (AQSH), L. Lyuis (Buyuk Britaniya) kabi professional B.chilarning nomlari mashhur.

Mustaqillik yillarida O?zbekistonda ham ilk professional B.chilar yetishib chikdi: toshkentlik B.chi A. Grigoryan o?z vazn toifasida 13-marta jahon chempioni bo?ldi (2000 i.). [1]

[]== Tarixi ==

Zamonaviy boksning qadimgi shakli ? Minoy kurashi. Knoss , Krit .

Mushtumli kurashni tasvirlovchi suratlar va hujjatlar tarixi eramizdan avvalgi 3-ming yillikka borib taqaladi [2] ( Iroqda mushtli kurash haqida eslatuvchi 7 ming yil yoshli tosh lavha topilgani haqida iddao ham mavjud). [3] Qo?lqopli janglar haqida hikoya qiluvchi eng qadimiy manbalar Minoy Kritida topilgan (eramizdan avvalgi 1500-yil). [2]

Qadimgi Yunonistonda bunday janglar pigme , deb atalgan va EA 688-yilda Olimpiya O?yinlariga kiritilgan. Ishtirokchilar charm qo?lqop kiyib kurashishgan. Qadimgi Rimda gladiatorlar qilichbozlikdan tashqari shunday mushtumli janglarda ham qatnashishardi. Keyinchalik bu kurash Rim oqsuyaklari orasida ham tarqalib ketdi, biroq imperator Oktavian Avgust bunga chek qo?ydi. Ancha vaqt o?tib, eramizning 500-yilida bu kurash Buyuk Teodorix tomonidan diniy sabablarga ko?ra taqiqlandi, lekin bu taqiq katta ta?sir ko?rsatmadi.

Zamonaviy boks XVIII asrda shakllana boshladi. 1743 -yilda Jack Broughton bokschilarni o?limdan asrash uchun qoidalar (beldan pastga urmaslik, yiqilgan raqibga tegmaslik kabi) kiritdi. 1867 -yili John Graham Chambers tomonidan yangi qoidalar e?lon qilindi. XX asrda xalqaro boks tashkilotlari (WBA, WBO, IBF, WBC) tuzildi.

Qoidalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Boks qo?lqoplari.

Boks jangi tomoni 5-6 metrlik kvadrat ringda o?tkaziladi. Ring atrofi to?rt qator arqon bilan o?raladi. Bokschilar boks qo?lqoplari kiyishadi. Boks matchlari odatda har biri 1-3 daqiqalik raundlardan iborat bo?ladi. Ishtirokchilardan biri qulab, referi 10 soniya sanaguncha turmasa (nokaut) yoki jangni boshqa davom ettira olmaydigan holga kelsa (texnik nokaut), uning raqibi g?olib, deb e?lon qilinadi. Agarda match so?ngigacha bunday vaziyat bo?lmasa, g?olib hakamlar tomonidan belgilanadi (yig?ilgan ochkolarga ko?ra).

Bokschilar faqat vazni o?ziniki bilan teng raqiblarga qarshi ringga tushishi zarur, deb belgilangan. Shu sababdan vazn toifalari tushunchasi kelib chiqqan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 Boxing , Encyclopedia Britannica
  3. Brownielocks

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]