Bahrayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahrayn qirolligi
????? ???????
Shior Yo?q
Madhiya :   ???? ??????? ??????
(Bizning Bahrayn)
Location of Bahrayn
Poytaxt Manama
Rasmiy til(lar) Arab tili
Hukumat Dualistik Monarxiya
Qirol
Hamad ibn Iso al Xalifa
Xalifa ibn Salmon al Xalifa
Mustaqillik ( Birlashgan Qirollikdan )
? Sana
15-avgust, 1971-yil
Maydon
? Butun
750 km 2 ( 191-o?rin )
? Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
? 2011-yilgi ro?yxat
1 234 571 ( 155-o?rin )
Zichlik 1189,5/km 2
YIM   ( XQT ) 2010-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 29,710 mil. ( 109-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 40,300
Pul birligi Bahraini Dinar ( BHD )
Vaqt mintaqasi UTC +3
? Yoz ( DST )
UTC +3
Qisqartma BA
Telefon prefiksi 973
Internet domeni .bh

Bahrayn (?????????) Davlati (????? ???????, Davlat al-Bahrayn ) ? Janubi-g?arbiy Osiyoda, Fors qo?ltig?ining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar. Rasmiy tili ? arab tili . Maydoni 695,2 km 2 , aholisi 1 493 231 kishi (2017). Asosiy aholisi arablar . Shuningdek forslar , pokistonliklar, hindlar ham yashaydi. Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga e’tiqod etadi. Poytaxti ? Manama shahri.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Milliy kiyim kiygan kelin

Bahrayn ? konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshlig?i ? amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va bir palatali Milliy Kengash (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 1973-yil mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan. 1973 ? 1975-yillarda konstitutsiyaga muvofiq Milliy Assambleya (parlament) chaqirildi, biroq u 1975-yilda amirning farmoni bilan tarqatib yuborildi. 1992-yilda 40 kishidan iborat Maslahat Kengashi tuzilganligi e’lon qilindi. Uning vazifasi ? qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turli sohalari bo?yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini amir belgilaydi.

Hududiy bo?linishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Orollar hududi pasttekislikdan iborat, uning balandligi 135 m ga yetadi. Neft , tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik iqlimga yaqin. Yanvar oyining o?rtacha harorati 16 °C, iyul oyining o?rtacha harorati 37 °C. Yiliga 90 mm ga yaqin yog?in yog?adi. Tropik saxgyular ko?p joyni eg?allagan.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tabiati nomi miloddan avvalgi 3-mingyilliklardagi manbalarda tilga olinadi. U o?zining marvarid-durlari bilan mashhur bo?lgan. 1521-yil Portugaliya mustamlakachilari tomonidan bosib olingunga qadar Tabiati 8 asr mobaynida mustaqil arab musulmon davlati bo?lgan. Portugallar bu yerda uzoq tura olmadilar. 1602 ? 1783-yillarda Bahrayn Eron hukmronligida bo?ldi. 1820-yil va 1861-yildagi Britaniya ? Bahrayn bitimlaridan so?ng, u Britaniya imperiyasi izmiga o?tdi, ya’ni uning mustamlakasiga aylandi. 1971-yilda mustaqillikka erishdi. 1971-yildan BMT a’zosi. O?zbekiston bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil mayda o?rnatgan. Milliy bayrami 16-dekabr Milliy kun (1971-yil).

Siyosiy tashkilotlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarning faoliyati taqiqlangan. Yashirin tarzda Bahrayn milliy ozodlik fronti ( 1959-yilda tuzilgan) va Bahrayn xalq fronti (1975) harakat qilmoqda.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Iqtisodiyotning asosini neft va gaz zaxiralari tashkil qiladi. Mamlakatda har yili 2?2,5 man. tonna neft va 6 mlrd. kub m gacha tabiiy gaz qazib olinadi. Davlat byudjetm daromadining 70 % ga yaqini neft tufayli ta?minlanadi. Mamlakatda yiliga 14 mln. tonna neft mahsulotlarini qayta ishlaydigan zavod va yirik neft kimyosi (asosan, Saudiya Arabistoni nefti hisobiga ishlaydi), yiliga 200 ming t alyuminiy ishlab chiqaradigan zavod, dunyodagi eng katta kema ta?mirlash korxonalaridan biri, 11 elektr stansiya ishlab turibdi. 100 ga yaqin mayda va o?rta yengil sanoat va hunarmandchilik korxonalari bor. Konditsionerlar yigiladigan, plastmassa buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, dengiz suvi chuchuklashtiriladigan korxonalar mavjud. Asosiy sanoat markazlari: Manama , Al-Maharraq , Al-Hidd . Qihsloq xo?jaligi suyet rivojlangan. Yalpi milliy mahsulotning 1 % uning hissasiga to?g?ri keladi. Xurmo. pista, moyli ekinlar, anjir, sitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga bo?lgan talab, asosan, chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Dengiz hayvonlarini ovlash va marvarid qidirish rivojlangan. Keyingi yillarda byudjet tushumlarini ko?paytirish maqsadida sayyohlikni ri-vojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chetga neft mahsulotlari, alyuminiy, neft kimyosi mahsulotlari chiqariladi; chetdan sanoat va qishloq xo'jaligi asbob-uskunalari, transport vositalari, sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Avtomobil yo?llari aholi yashaydigan manzillarni bir-biri bilan bog?laydi. Ularning uz. 2,6 ming km. Muharrak o.da xalqaro aeroport mavjud. Asosiy dengiz portlari ? Manama, Sitra. Tashqi savdoda asosiy mi-jozlari ? Saudiya Arabistoni , Buyuk Britaniya , AQSH , Yaponiya , Germaniya , Avstraliya . Pul birligi ? Bahrayn dinori.

Madaniyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bahraynda 6 yillik boshlang?ich, 2 yillik oraliq va 3 yillik o?rta umumiy ta?lim va hunar maktablari bor. Diniy maktablar ham ishlab turibdi. Arab tilida ?Al-ayyom“ (?Kunlar“), ?Axbor al-Xolij“ (?Ko?rfaz yangiliklari“), ?Al-Jamohir“ (?Jamoa“), ?Al-Fajr“ (?Tong“) gazetalari, ?Al-Bah-rayn“ (?Bahrayn“), ?Sado al-Us bua“ (?Hafta aks sadosi“) jurnallari nashr etiladi. 1976-yilda Fors qo?ltig?i mam-lakatlari mintaqaviy axborot agentligi tashkil etilgan. 1955-yildan radiostansiya arab tilida eshittirishlar olib boradi; 1973-yildan teleko?rsatuvlar yo?lga qo?yilgan. B.da ?O?zbekiston havo yo?llari“ milliy aviatsiya kompaniyasining vakolatxonasi mavjud. O?zbekiston Xotin-qizlar ko?mitasi bilan tadbirkor xotin-qizlar uyushmasining delegatsiyasi 1992-yil may oy ila Manamadagi har yilgi xayriya yarmarkasida qatnashdi. U erda o?zbek ustalarining san?at va rangtasvir asarlari namoyish qilindi. Tashrif chog?ida O?zbekiston xotinkizlar qo?mitasi bilan Bahrayn Ona va bola uyushmasi o?rtasida hamkorlik o?rnatish haqida qo?shma bayonnoma imzolandi. 1997-yil 17 ? 22-fevral kunlari Bahrayn neft va sanoat vazirlign delegatsiyasi Toshkentda mehmon bo?lib, O?zbekistonning iqtisodiy va eksport-import imkoni-yatlari bilan tanishdi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]