한국   대만   중국   일본 
Albert Camus - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Albert Camus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alber Kamyu
Tavalludi 7-noyabr 1913-yil
Mondovi , Jazoir
Vafoti 4-yanvar 1960-yil ( 1960-01-04 )
(46 yoshda)
Villeblevin , Fransiya
Fuqaroligi Fransiya [1] [2]
Ko?rsatgan ta?sirlari Fyodor Dostoyevski , Franz Kafka , Søren Kierkegaard , Herman Melville , Friedrich Nietzsche , Jan-Pol Sartr , Simone Weil
Olgan ta?sirlari Michael Novak , Thomas Merton , Jacques Monod , Jan-Pol Sartr

Albert Camus (talaffuzi: Alber Kamyu ) ( 7-noyabr , 1913  ? 4-yanvar , 1960 ) fransuz adibi va faylasufi bo?lgan. Ekzistensializmga oid deb qaralsa-da, Kamyu biror maktab yoki g?oyaga tegishli bo?lgandan ko?ra mustaqil mutafakkir bo?lishni afzal ko?rgan. U shaxsni g?oyadan ustun qo?ygan. 1945-yilda bergan intervyusida Kamyu shunday degan: ?Yo?q, men ekzistensialist emasman. Sartre va men ismlarimizni yonma-yon ko?rishdan doimo taajjubda bo?lamiz….“ ( Les Nouvelles litteraires , 15 noyabr, 1945). Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Qarshilik harakati qatnashchisi bo?lgan. Ijodiy faoliyati 1937-yildan boshlangan. ?Begona“ (1942) qissasi, ?Sizif haqida asotir“ (1942) falsafiy ocherki, ?Anglashilmovchilik“ (1944) va ?Kaligula“ (1945) dramalari ? inson hayotining ma?nosi to?g?risidagi o?ylardan iborat. ?Vabo“ (1947) roman-ramziy hikoyasi Qarshilik harakati haqida. Asarlari adabiyot va falsafani yana ham bir ? biriga yaqinlashtirgan. Kamyu ?Isyonkor odam“ (1951) falsafiy ocherki , ?Tubanlashuv“ (1956) qissasi, ?Saltanat va surgun“ (1957), ?Shved nutqi“ (1958) kabi hikoyalar to?plami muallifi. Nobel mukofoti laureati (1957). ?Begona“ qissasi va ?Vabo“ romani Ahmad A?zam tomonidan o?zbek tiliga tarjima qilingan (1995). [3]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Albert Camus haqida sahifa mavjud.