Ispaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Испания dan yo?naltirildi)
Ispaniya Qirolligi
Reino de Espana
Shior Plus Ultra
(Lotincha: Yana ko?proq)
Madhiya :   Marcha Real
Location of Ispaniya
Poytaxt Madrid
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Konstitutsion Monarxiya
Qirol
Qirol Felipe VI
Pedro Sanchez
Mustaqillik
Maydon
? Butun
504,782 km 2 ( 51-o?rin )
? Suv (%)
1.04
Aholi
? 2021-yilgi ro?yxat
47,432,805 ( 30-o?rin )
Zichlik 94,0/km 2
YIM   ( XQT ) 2022-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 1,435,560 mil. ( 15-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 30,157
Pul birligi Yevro ( EUR )
Vaqt mintaqasi UTC +1
? Yoz ( DST )
UTC +2
Qisqartma SP
Telefon prefiksi 34
Internet domeni .es

Ispaniya (Espana), Ispaniya Qirolligi (Reino de Espana) ? Yevropaning janubi-g?arbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. O?rta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirg?og?idagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydoni 504,75 ming km 2 . Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Ma?muriy jihatdan o?z hukumati va parlamentiga ega bo?lgan 17 muxtor regionga, ular, o?z navbatida, 50 viloyat (provincia)ra bo?linadi. Poytaxti ? Madrid shahri

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ispaniya ? parlamentli monarxiya . Amaldagi konstitutsiyasi 1978 -yil 6-dekabrdagi milliy referendumda ma?qullangan, o?sha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan;

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mallorka orolining sun?iy yo?ldosh tasviri
Kantabriya tog?lari

Ispaniya subtropik mintaqada. Qirg?oq chizig?ining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan ko?proq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, o?rtacha balandlikdagi tizmalar, yassitog?liklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-g?arbda 800- 1000 m, janubi-sharqda 500-600 m. Ular o?rtasida janubi-g?arbdan shimoli-sharqqa yo?nalgan Markaziy Kordilyera tog? tizmalari bor. Ispaniyaning shimoli-g?arbida Galisiya massivi va Leon tog?lari, Biskay qo?ltig?i sohilida Kantabriya tog?lari bor. Ular sharqda Pireney tog?lariga ulanib ketadi. Janubiy va janubi-sharqida Andalusiya tog?lari, janubi-g?arbida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen tog?i (3478 m) Ispaniyadagi eng baland tog?dir. Ispaniyada uran, mis, simob, qo?rg?oshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganets konlari bor. Toshko?mir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.

Iqlimi shimoliy va shimoli-g?arbida mo?tadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik o?rtacha yog?in 1000-2000 mm. Sohilda yanvarning o?rtacha temperaturasi 7? 9°, iyulniki 18?20°. Mamlakatning qolgan qismida O?rta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryog?in. Yanvarning o?rtacha temperaturasi Meseta platosida 4?5°, janubida 12?13°, iyulniki 23?29°. Ispaniyaning markazi, sharqi va janubi-sharqida yog?in kam (300-500 mm).

Daryolari, asosan, yomg?irdan to?yinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shimoliy va shimoli-g?arbidagi daryolar yil bo?yi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va boshqa. Ulardan energiya olishda va sug?orishda foydalaniladi. Ispaniyaning shimoliy va shimoli-g?arbidagi tog?-o?rmon qo?ng?ir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan o?rmonlari, tog yon bag?irlaridagi tog? podzol tuproqlarida qarag?ay o?rmonlari bor. Pireney tog?larida 2000 m dan balandda o?tloq mintaqalari joylashgan. Ispaniyaning qolgan qismida doim yashil dublar, qarag?ay, sarv, kashtan, zarang, lipa va boshqa usadi. Ispaniyaning eng chekka janubida palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan tulki , suvsar, qo?ng?ir ayiq , bo?rsiq, tog echkisi, serna, viverra, quyon , tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun ( Yevropada faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar ko?p. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyabr hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bog? va qo?riqxonalar tashkil etilgan. Milliy bog?lari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va boshqa.

Aholisining 3/4 qismi ispanlar , qolganlari ? katalonlar , galisiylar, basklar va boshqa. Rasmiy til ? ispan tili . Ko?pchilik dindorlar ? katoliklar . Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona , Valensiya , Sevilya , Saragosa , Bilbao , Malaga .

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

16-asr oxirida Sevilya. Yangi dunyo bilan savdo qilish uchun kaata huquqqa ega bo?lgan port.
Ispaniya imperiyasining asosiy savdo yo?llari

Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha bo?lgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari ko?p topilgan. Mil. av. 7-asrdan I.ning janubiy va sharqiy sohil bo?ylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan o?zlashtira boshlangan. Mil. av. 700?500 yillarda O?rta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo bo?ldi. Mil. av. 5?3-asrlarda Pireney yarim orol orkali kelgan kelpiarnmt iberlar bilan qo?shilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. 3-asr oxirlarida Ispaniya hududining ko?p qismi Karfagen qo?l ostiga o?tdi. Mil. av. 2-asr boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 yilda Rim Ispaniya hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga bo?lib yubordi. Mil. 409 yil Ispaniyaga alanlar, svev va vandallar, 418 yildan vestgotlar kirib kela boshladi. 711?718 yillarda Pireney yarim orolning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 yil mustaqil davlat ? Kordova amirligini, 929 yilda esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sug?oriladigan dehqonchilik paydo bo?ldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031-yil xalifalik bir necha amirlikka bo?lindi. 8-asrdan boshlab mavrlar ko?l ostida bo?lgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-asr). 12-asrda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo bo?ldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.

1479-yil Aragon bilan Kastiliya o?rtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand bilan kastiliyalik Iza-bellaning 1469-yilgi nikohi) natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480-yil absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504-yil Ispaniyaga Neapol qirolligi (Janubiy Italiya) va Sitsiliya qo?shib olindi. Ispaniya 1494?1559-yillarda Italiyaga qarshi urushlarda Shimoliy va O?rta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl Ining taxtga o?tirishi (1516) bilan Ispaniyada Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili Ispaniyaga Niderlandiya qo?shib olindi.

16-asrning 1-yarmida Ispaniya Markaziy va Janubiy Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin orollari (1563?73)ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni o?ziga qo?shdi. Ispaniya qiroli Karl I Gabsburg ?Muqaddas Rim im-periyasi“ning qiroli bo?lgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. Ispaniyaga qaram bo?lgan Niderlandiyada 1566-yil inqilobi boshlandi. 1581-yil Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi bilan Shimoliy Niderlandiya Ispaniyadan ajralib chikdi. Ispaniya 16? 17-asrlarda Angliya bilan urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum bo?ldi (?Yengilmas armada“ ? ispan flotining 1588-yildagi halokati bunga yo?l ochdi). O?ttiz yillik urush (1618?48), Fransiya hamda Angliya bilan bo?lgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, Ispaniya Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum bo?ldi. Gabsburglarning so?nggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga o?tishi munosabati bilan ispan merosi uchun Yevropada urush (1701 ? 14) boshlandi. Natijada Ispaniya Italiya, Janubiy Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759?88)da ma?rifatli absolyutizm ruhidagi islohot o?tkazildi.

1808-yil Fransiya Ispaniyani bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi bilan qo?shilib ket-di (1808?14). Ispaniyada boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810?26) avj olishiga turtki bo?ldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820-yil qo?zg?olon ko?tarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823-yil Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.

1834?43 yillarda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868-yil boshlangan inqilob natijasida respublika o?rnatildi (1873). Respublika tarafdorlari o?rtasida hamjihatlik yo?qligi oqibatida demokratik kuchlar mag?lubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). Ispaniya-Amerika urushi (1898)da Ispaniya mag?lubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum bo?ldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.l-jahon urushi yillarida I. beta-raf turdi. 1921-yil ispan qo?shinlari Marokashda mag?lu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Cho?chib qolgan reaksiya 1923-yil sentabrda harbiy to?ntarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini o?rnatdi.

1931-yil 14-sentabrda boshlangan inqilob natijasida respublika e?lon kilindi. 1936?39 yillardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar mag?lubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939?75) o?rnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatag?onga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.

Ikkinchi jahon urushida Ispaniya betaraflik e?lon qilgan bo?lsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga ?zan-gori diviziyasi“ni yubordi. 1959-yilda Franko diktaturasiga qarshi tinch yo?l bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962-yilda Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi o?tkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar bo?ldi, ?vertikal sindikatlar“ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962?63 yillardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juz?iy ?erkinliklar berish“ siyo?satiga o?tishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971-yil muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975-yilda F. Franko vafotidan so?ng qirol Xuan Karlos I davlat boshlig?i bo?ldi. 1976-yildan ko?pchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat ko?rsata boshladi. 1977-yil Ispaniyada 1936-yildan keyingi birinchi parlament saylovi bo?ldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.

Ispaniya 1956-yilda Shimoliy Marokash, 1968-yilda Ekvatorial Gvineya, 1976-yilda G?arbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum bo?ldi. 1982, 1986, 1989 va 1993-yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi g?alaba qozondi. 1996 va 2000-yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy ko?pchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qo?lga kiritdi.

Ispaniya ? 1955-yildan BMT a?zosi. Milliy bayrami ? 12-oktabr ? Ispan Millati Kuni (1492). O?zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 17 martda o?rnatgan.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Deputatlar kongressi

Ispaniyada 500 dan ko?proq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti ro?yxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989-yil yanvargacha Xalq uyushmasi), 1976-yilda tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879-yilda tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993-yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974-yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888-yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960-yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956-yilda tuzilgan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Valyadoliddagi Renault zavodi

Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan G?arbiy Yevropada 5-o?rinda, rivojlangan mamlakatlar o?rtasida 8-o?rinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xo?jaligi ulushi 3,5%, xizmat ko?rsatish sohasining ulushi esa 60% dan ortadi. Ba?zi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi o?rinlarda turadi.

Sanoatida og?ir sanoat yetakchi o?rinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati g?oyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmog?i ? to?qimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez sur?atlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qo?rg?oshin-rux, uran rudalari va toshko?mir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtozavodlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, qora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilg?i taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng miqyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari ? Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.

Qishloq xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Andaluziyadagi zaytun bog?lari

Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xo?jaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga to?g?ri keladi. Mamlakat maydonining 71%da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino (dunyoda 3-o?rin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili bo?yicha Yevropada 1-o?rin, yiliga 3 mln. tonna), bug?doy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60?70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yog?i ishlab chiqarishda dunyoda l-o?rinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, cho?chqa, echki, qo?y boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi o?nlikka kiradi.

Ispaniyada temir yo?lillarning umumiy uzunligi ? 14378 km, avtomobil yo?llari uzunligi ? 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbalo, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona shaharlaridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. Chetga mashinasozlik (kema va avtomobillar), qishloq xo?jaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (sitrus mevalar, meva-sabzavot konservalari, vino, zaytun yog?i) chiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import ? 56%, eksport ? 66%), AQSH (import ? 8% va eksport 9,2%), Yaqin Sharq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%). Chet el sayyohdigi ? muqim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi (AQSH dan keyin 2-o?rin). Sayyohlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi ? yevro

Tibbiy xizmati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Davlat davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Ko?pgina shifokorlar xususiy qabulxonalar ochishgan. Oliy o?quv yurtlarining 19 fakulteti shi-fokorlar tayyorlaydi. Mamlakatda, ayniqsa, uning dengiz sohillarida kurortlar kup. Ularning eng muhimlari San-Sebastyan, Valensiya, Barselonada.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sevilya universiteti rektorati binosi

6 yoshdan 14 yoshgacha bo?lgan bolalar uchun 8 yillik majburiy ta?lim joriy etilgan. 4 yillik boshlangich, 7 yillik o?rta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab o?qituvchilari 3 yillik ped. bilim yurtlarida, o?rta maktab o?qituvchilari universitetlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat universiteti, 4 katolik universitet, 3 ta politexnika instituti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) universitetlari, Sirtqi ta?lim universiteti (1972), Bilbao universiteti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika universiteti, Santyago-dekompostela sh.dagi universitet. Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlarini 1939-yilda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va san?at qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Ispaniyada 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va universitet ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. Ispaniyada 90 muzey bo?lib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ispaniyada 120 ga yaqin gaz. va 900 jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: ?Pays“ (?Mamlakat“, kundalik gazeta, 1976-yildan), ?Vanguardia“ (?Ilgor“, kundalik gazeta, 1981-yildan), ?Diario-16“ (?Gazeta-16“, kundalik gazeta, 1976-yildan), ?Levante“ (?Sharq“, kundalik gazeta, 1939-yildan), ?Kambio-16“ (haftalik jurnal, 1972-yildan), ?Destino“ (?Tak, dir“, haftalikjur., 1942-yildan). Ispaniya ax-borot agentligi ? EFE 1939-yil 3-noyabrda tashkil etilgan. Ispaniyada radioeshittirish 1919-yildan, teleko?rsatuvlar 1956-yildan olib boriladi. Ispaniya radiosi va te-leko?rsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengash tomonidan boshqariladi, radioeshittirish va teleko?rsatuvlarni nazorat qiladi. Ispaniya milliy radiosi va Ispaniya teleko?rsatuvi davlat mahkamasi mavjud.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyoti ispan, bask, katalon tillarida va portugal tilining galisiy shevasida.

XIII asrga oid Grande e general estoria qo?lyozmasi

Ispan adabiyoti o?rta asrlarda xalq ijodi, yunon, Rim va arab mada-niyatlarining ta?sirida shakllangan. Xalq baxshilari (xuchlar)ning og?zaki ijodiyoti ispan adabiyotining debochasi bo?lgan. Uning dastlabki yirik na-munasi ? ?Sid haqida doston“ (12-asr). Unda bosqinchilarga qarshi kurash qahramoni Rodrigo de Bikar (9-asr) jasorati madh etilgan. Bu davrda lo-tin, ispan tillaridagi diniy adabiyot alohida o?rin oladi. 14-asr ispan adabiyotida ?Apoloniya haqida kitob“ (12? 13-asrlar), ?Aleksandr haqida kitob“ (13-asr oxiri), ?Ritsar Sifar“ (13-asr) romanlari ko?zga tashlanadi. X. Manu-elning ?Graf Lukanor“ (1328 ? 35) kitobidagi insonparvarlik ohanglari ispan adabiyotida sezilarli vokea bo?ldi. X. Ruis o?rta asrlar adabiyotining so?nggi iste?dodli shoiri va Uyg?onish davrining darakchisidir. Uning ?Saodatli muhabbat madhi“ kitobidagi realizm ruhi ispan adabiyoti keyingi taraqqiyotiga zo?r ta?sir qildi. Bu davr adabiyoti italyan va fransuz Uygonish davri ta?sirida shakllandi, adabiyotning deyarli barcha asosiy janrlari rivojlandi. Lope de Vega xalqchil dra-malari bilan shuxrat qozondi. S. M. de Servantesning ?Don Kixot“ asari va umuman uning ijodi I. Uyg?onish davrining gultoji bo?ldi.

16-asrda boshlangan iqtisodiy, siyosiy inqiroz adabiyotga ham ta?sir etdi.

Fransuz klassitsizmiga taklidiy asarlar yaratildi. 18-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi Ispaniyada ham ma?rifatparvarlik harakati avj oldi (B. Fleyxoo, G. M.de Xovelyanos va boshqa).

Napoleon istilosiga qarshi kurash inqilobiy romantizm oqimining rivoj topishiga, shoir X. de Espronseda ijodining shakllanishiga olib keldi. U she?r va dostonlarida burjua tuzumini har taraflama tanqid qildi. Re-aksion romantiklar (X. Sorrilya-i-Moral) monarxiya va feodal tuzumini ko?klarga ko?tarishga urindilar. Ispan tanqidiy realizmi 19-asr o?rtalarida shakllandi. Uning yirik vakili ? B. Peres Galdos (1843?1920)ning tarixiy romanlar turkumi (?Milliy epi-zodlar“) vatanparvarlik ruhi bilan sug?orilgan. Naturalizmning nazariyotchisi va yirik vakili E. Pardo Basan (1852?1921) birinchi bo?lib ?Xalq qizi“ romanida ishchilar hayotini tasvirladi.

20-asr I. tarixi va ispan madaniyati tarixidagi eng dramatik va sermahsul davrdir. Bu davrdagi so?z san?atining ravnaqi prozaik va dramaturglar Xose Echegaray-i-Eysagirre, Migel de Unamuno, Ramon Mariya del Vals-Inklan, Pio Baroxii-Nesa, Xasinto Benaventei-Martines, shoirlar Anto-nio Machado, Xuan Ramon Ximenes, Federiko Garsia Lorka nomlari bilan bog?liq. 30-yillarda inqilobiy adabiyot yaratildi. S. M. Arkonada, X. Arderius va boshqa adiblar ishchilar manfaatini himoya qilib, reaksiyani fosh etuvchi asarlar yaratdilar. Bu davrda shoirlar ko?proq romans janrida ijod etdilar.

Mamlakatda fashist rejimi o?rnatilgach, ispan adabiyoti tushkunlikka uchradi, ko?p adiblar chet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari o?sha davrning nisbatan yaxshi asarlaridir. Uning birinchi ?Pasku-al Duartening oilasi“ (1942) romani 40?50-yillardagi ispan adabiyoti uchun harakterli bo?lgan tremendizm (isp. tremendo ? dahshatli) oqimini boshlab berdi. Tremendist-yozuvchilar insonning du-nyoda chinakam yolgizligini, o?lim, zo?ravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigiMigel Delibes ham ijodining boshlang?ich davrida shu oqim ta?sirida bo?lgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlash bilan birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini ochib berdilar. V. Aleyksandre o?zining falsafiy lirikasida insonparvarlik g?oyalarini qaror toptirishga intiladi.

Bask adabiyotining dastlabki namunasi B. Dechepare yozgan ?Bask tilining ibtidosi“ (1545) nomli diniy va ishqiy she?rlar to?plamidir. 17-asrda diniy (P. De Ashular va boshqa), 18-asrda ma?rifatchilik g?oyalari (M. de Larramendi va boshqa) ilgari surildi. 19-asrning o?rtalaridan romantizm yetakchi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo bo?ldi (D. Agirrening ?Dengiz suvlari“, ?Qirqquloq“ romanlari). Hokimiyatga fashistlarning kelishi (1939) bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy to?siq bo?ldi. N. de Ormaecheaning vatanparvarlik ruxidagi ?Bask“ dostoni, X. Echayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor.

Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear orollarida katalon tilida va uning shevalarida 9? 13-asrlarda og?zaki xalq she?riyati shaklida, 12-asr oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning ?Blankern haqida kitob“ asari katalon tilidagi birinchi roman edi. A. de Vilanov, F. Eshimenis kabi yozuvchilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-asr boshidan katalon adabiyotida Uygonish davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Sh. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi ta?sirida asarlar yaratdilar. Shoir A. Mark (1397?1459) katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16?19-asrlardagi yozuvchilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-asrda shoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvchilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar mashhur.

Galisiy adabiyoti Pireney yarim orolning shimoli-g?arbida yashovchi milliy ozchilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8?11-asrlarda bu lahjada rang-barang xalq laparlari to?qilgan. 15-asr oxiridan 19-asr boshlarigacha galisiy adabiyotida og?zaki an?analar ustunlik qildi. F. Anon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi shoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-asrda V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvchi va shoirlar ijtimoiy muammolarni ko?tarib chiqdilar. 1939-yilda Franko diktaturasi o?rnatilgach, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950-yildagina yana bu tilda kitoblar nashr etila boshladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi she?r va romanlari bosilib chikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va boshqa yozuvchilarning asarlari o?zbek tiliga tarjima qilingan.

Me?morligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Kuenkaning osma uylari

Me?morligi ? qad. I. hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, ko?priklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan hashamatli masjidlar, saroylar qolgan (Kordovadagi masjid, 8-asr, Granadadagi Alhumro saroyi, 13?14-asrlar). Ispan qirolligi vujudga kelgach, Asturiyada San-Migel de Lino, Santa-Kristina de Lena va boshqa cherkovlar kurildi (9-asr). Jan.da qal?a shaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila sh.ning devorlari (11-asr), Toledodagi ?Quyosh darvozasi“ (12-asr) shu davr me?morligining namunalaridan. Bu binolarda arab me?moriy uslubining ta?siri ko?zga tashlanadi. 11-asrning 2-yarmidan me?morlik, asosan, roman uslubiyan (Santyagode-K.ompostela sh.dagi sobor), keyinroq Uyg?onish ruhida (Sa-ragosadagi La Seo sobori) rivojlandi. 13-asrdan shaharlar taraqqiy etishi munosabati bilan gotika uslubi ravnaq topdi (16-asr boshlarigacha). Burgos, Toledo, Leon shaharlarida eng yaxshi gotika soborlari qurildi. I. o?rta asr me?morligida mavritan me?morligi va ?mu-dehar uslubi“ o?ziga xosdir. ?Mudehar“ uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxshi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pishiq g?ishtdan qurilish va badiiy bezak ashyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqshlar yaratildi. Ganchkori o?yma naq-shlar keng qo?llanildi. 16-asr 1-yarmi I. me?morligi italyan Uyg?onish davri me?morligi ta?siri ostida bo?ldi (Granadada Karl V saroyi, 1526-yil boshlangan, me?mor P. Machuka). Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar bilan asilzodalarning saroyini bezatish urf bo?ldi. Hashamdor ?plateresko uslubi“ ispan Uyg?onish davrining milliy me?moriy uslubiga aylandi. Cherkovlar ichini badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan bezashga zo?r berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar bilan o?raldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib qurish davom etdi. 17?18-asrlarda barokko uslubi rivojlandi (me?mor X. B. de Churrigera va boshqa). 18-asrning 2-yarmida fransuz va italyan san?ati ta?sirida klassitsizm tarqaldi (me?-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va). 19-asr me?morligida eklektika va modern uslubi ustun bo?ldi. 20-asrda esa funksionalizm keng tarqaddi (Madriddagi universitet shaharchasi, ippodrom va boshqa).

Tasviriy san?at [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Las Meninas tomonidan ishlangan Velasquez
Ispaniya Milliy kutubxonasiga kirish zinapoyasida joylashgan Xose Alkoverroning Isidoro de Sevilla haykali

Tasviriy san?atga oid qad. yodgorliklar Ispaniyada anchagina saqlangan. Bular Altamira va boshqa g?orlarning devorlariga chizilgan hayvonlar tasvirlari (paleolit davriga oid), mamlakat sharqidagi g?orlardan topilgan kulollik buyumlari va ov, urush manzaralari tasvirlari (neolit davriga oid), shuningdek, keltiberlarning haykallari, vestgotlarning zargarlik buyumlari va boshqa 8? 9-asrlardan ispan tasviriy san?ati shakllandi. Qo?lyozmalar uchun miniatyuralar, naqshlangan yog?och haykalchalar va sh.k. yaratildi. Roman va gotika uslublariga xos rasmlarda xalq ijodining ta?siri namoyon bo?ldi. 15-asr o?rtalarida rassomlik (P. Berrugete, A. Fernandes) va haykaltaroshlik (X. de Siloe, D. Forment) o?rta asr qoliplaridan chi-qib, haqqoniy timsollar bilan boyidi. 16-asr oxiri ? 17-asr boshlarida realistik tamoyillar kuchaydi. F. Ribalta, F. Errera, D. el-Greko kabi rassomlar, A. Kano, P. de Mena, X. Martines Montanyes kabi haykaltaroshlar qirol saroyidan olisda yashab ijod qildilar va an?anani yanada rivojlantirdilar. 17-asrda Ribera, F. Surbaran, D. Velaskes kabi buyuk rassomlarning ijodi tufayli ispan milliy rassomligi o?zining yuqori cho?qqisiga ko?tarildi. F. Goyya asarlarida milliy realistik san?at, X. Madraso, X. Alvares ijodida ispan xalqining ozodlik uchun kurashi yorqin aks etdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida realistik tamoyillar avj ola boshladi. 20-asr 1-yarmida for-malistik oqimlar (kubizm, syurrealizm va boshqa) tarqaldi (haykaltarosh P. Gorgalo, rassom S. Dali va boshqa). Ispan xalqining 1936?39 yillardagi ozodlik kurashi ko?pgina rassom va haykaltaroshlarni fashizmga karshi birlashtirdi. Bu kurashda P. Pikasso ham ishtirok etdi. Urush yillarida grafika va plakat tasviriy san?atda yetakchi o?rinni egalladi. Zamonaviy ispan san?atida manzara janri keng tarqalgan. B. Palensiya, X. Vakero, A. Delgado kabi rassomlar va ularning izdoshlari ona yurt tabiatining nafis va real manzaralarini, uning mehnatkash kishilarining go?zal qiyofalarini yaratdilar. Tasviriy san?atda demokratik tamoyillar kuchayib borayotir.

Musiqa [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Musiqa uslublari ko?p va rang-barang Xalq musiqasida asosiy 5 ta mahalliy uslub ajratiladi: bask, galisiy, katalon, kastil va andalusiya Ispan raqslari ohangdorligi, ta?sirchanligi, shaklining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bolero, xota, fandango, segidilya, kachucha kabi xalq raqslari mashhur. Cholg?u asboblari: gitara, skripka kabi torli, tamburin, tun-tun va pandereta, kastenyeta kabi urma sozlar, flyuviol fleytasi va boshqa 6?7-asrlarda diniy madhiya (gimn) janri rivoj topdi. 8-asrdan boshlab Ispaniyada arab musiqasi an?analariga asoslangan yangi uslub taraqqiy etdi (Ziryob mak-tabi, 9-asr). 12-asrda romans janri yuzaga keldi. 14-asrda trubadur (sayyor shoir, qo?shiqchi)lar musiqasi ravnaq topdi ? kantiga, albada, pastural, retroen-sa janrlari maromiga yetkazildi. Musiqali teatrning dunyoviy shakllari vujudga keldi. 15?16-asrlarda milliy san?at ravnaq topdi. B. Ramos de Pare-xa, F. Salinas va boshqa musiqa nazariyasi va estetikasiga oid asarlar yaratdilar. 17-asrda Ispaniyaga xos opera janri ? sarsuela, 18-asrda lirik musiqali komediya ? tonadilya janri shakllanib, milliy ilg?or g?oyalar targ?ib qilindi. 19-asr 1-yarmida Madrid va Barselonada konservatoriya, opera teatrlari ochildi. 19-asr oxiridan F. Pedrel va uning izdoshlari I. Albenis, E. Granados, M. de Falya yangi milliy musiqa maktabiga asos soldi. Ularning ijodi ispan mu-siqasining cho?qqisi, 20-asr G?arbiy Yevropa klassik musiqasining namunasiga aylandi. 20-asrda ijrochilik san?ati yuksak pog?onaga ko?tarildi. Milliy ozodlik urushi yillarida S. Bakari-se, E. K. Chapi, K. Palasioning ommaviy inqilobiy vatanparvarlik qo?shiqlari keng tarqaldi. Franko rejimi o?rnatilgach, ko?p musiqachilar chet ellarga ketishga majbur bo?ldi. Zamonaviy kompozitorlar ? O. Espla Triay, E. va K. Alfterlar, G. Pitaluga, P. Sorosabal va boshqa.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Teatri qadim zamonlardan I. xalqi turmushining, urf-odati va karnavallarining tarkibiy qismi bo?lgan. O?rta asrlarda u boshqa mamlakatlardagi singari diniy va xalq teatri yo?nalishida rivojlandi. 14?15-asrlarda birinchi saroy teatrlari yuzaga keldi. 16-asrda professional va yarim professional truppalar tashkil topdi. Dramaturg va aktyor Lope de Rueda bu ishga boshchilik qildi. 16-asr 2-yarmidan Madrid, Sevilya, Valensiya, Barselona, Granada va boshqa yirik shaharlarda doimiy xalq teatrlari ? korralilar ochildi. Ularda S. M. Servantes, Lope de Vega, Tirso de Molina va boshqa dramaturglarningasarlari sahnalashtirildi. 17-asrda A. de Sisneros, N. de los Rios, A. de Vilyegas va boshqa rahbarligidagi truppalar shuxrat qozondi. 18-asrda fransuz klassitsizmi, estetikasini meros qilib olgan saroy teatrlarida musiqali spektakllar mashhur bo?ldi. 1708-yil ?Kinos del Peral“ nomli opera teatri tashkil bo?ldi. Sarsuela, say-net, tonadilya kabi kichik janrlarda klassik davr an?analari saqlanib qoldi. 19-asrda romantik dramaturgiya va realistik komediya rivojlandi. 1849-yil Madridda ?Espanol“ teatri ochildi, 1847-yil Barselonada ?Liseo“ opera teatri ish boshladi. 20-asr boshlarida tan-K.IDIY realizm karor topdi. 1931-yildan so?ng teatrda ilg?or islohotlar o?tkazildi. G. Lorka va A. Kasoni I. teatrini demokratlashtirishga harakat qildi.

Hokimiyat Franko qo?liga o?tgach, ilg?or islohrtlar bekor qilindi, sahnada ko?ngilochar spektakllar qo?yildi. 50-yillardan yirik shaharlarda yana klassik asarlar sahnalashtirila boshladi. I. teatrlarining keyingi yillardagi repertuaridan B. Brext, J. B. Pristli, A. Miller, G. Lorka va boshqa dramaturglarning o?tkir ijtimoiytanqidiy pye-salari o?rin oldi. Madridda 20 dan ortiq teatr bor. Aktyorlar Madrid va Barselona konservatoriyalarining sahna maqorati bo?limlarida hamda Mad-riddagi drama san?ati maktabida tayyorlanadi.

Kinosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Birinchi kinofilm 1896-yil namoyish etilgan. Keyinchalik ?Qahvaxonadagi janjal“ (1898), ?Doroteya“ (1898), ?Tekin pivo“ (1906) kabi fil-mlar ishlandi. 1905-yil Ispaniyada A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906-yilda Barselonada birinchi kinofirma ? ?Ispano films“ ga asos solindi. Birinchi ovozli film (?Tuproqdagi suv“) 1934-yil yaratildi. Ispaniyadagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida ?G?allasiz yer“ kinosi ijtimoiy masalaga bag?ishlangan. Ispaniyada Franko rejimi davrida ko?ngil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillarda ?Xush kelibsiz, janob Marshal!“ (1953), ?Velosipedchining o?li-mi“ (1955), ?Shoh ko?cha“ (1956), ?Jallod“ (1963), ?Ov“ (1965), ?Qarg?alarni bok“ (1975), ?Yanvarda yetti kun“ (1979), ?Milliy boylik“ (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning ?Viridiana“ (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va boshqa I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rejissorlaridir. Ispaniyada Milliy kinematografiya instituti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival o?tkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi.

O?zbekiston ? Ispaniya munosabatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ispaniya (to?liq rasmiy nomi: Ispaniya Qirolligi ( Reino de Espana ). Janubi-g?arbiy Yevropada joylashgan davlat. Poytaxti ? Madrid shahri. BMT a?zosi.

Tarkibi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ispaniya 17 avtonom jamoat va 2 avtonom shaharga ma?muriy bo?lingan. Jamoatlar o?z navbatida provinsiyalarga bo?lingan, provinsiyalar 50 ta. Provinsiyalar qator munisipalitetlardan iborat.

Sport [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ispaniya futbol bo?yicha dunyoda yetakchi o?rinlarda turadi. Ispaniya milliy terma jamoasi 2010-yilgi Afrika jahon chempionati, 2012-yilgi EVRo kuboklari sohibi. Dunyo ahli tan olgan yirik futbol jamoalari mavjud. Real Madrid, Barselona, Valensiya kabi dunyoga mashxur jamoalari bor.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]