한국   대만   중국   일본 
Ensiklopediya - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ensiklopediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ensiklopediya ( grekcha : ?γκ?κλιο? παιδε?α  ? barcha bilimlar doirasida ta?lim olish) yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir . O?zida barcha ( universal ensiklopediya ) yoki ba?zi ( soha ensiklopediyasi ) sohalar bo?yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni saqlaydi. Ensiklopediya ensiklopedik maqolalardan iborat bo?lib, har bir maqola biror narsa-buyum, shaxsiyat yoki hodisaga ta?rif beradi. Odatda bunday maqolalar alifbo tartibida saralangan bo?ladi [1] [2] .

Ensiklopediya (yun.? bilimlar doirasi), qomus  ? muayyan tizimga solingan keng qamrovli bilimlar to?plami, ilmiy yoki ilmiy ommabop nashr. ?Ensiklopediya“ terminining ma?nosi tarixan o?zgarib turgan. Antik davrda u ?Erkin san?at“ deb atalgan 7 ilm (grammatika, ritorika , dialektika yoki logika, geometriya., arifmetika, musiqa va astronomiya)ni anglatgan. XVI asrda G?arbiy Yevropada ensiklopediya so?zi yangi ma?noda ? turli bilimlar majmui ma?nosida ishlatilgan. Ayni vaqtda bilimlar tasnifi ma?nosini ham bildirgan; bu ma?noda ?ensiklopediya“ termini XVIII asrda ham qo?llangan. Hozirgi paytda ?ensiklopediya“ termini fanning barcha sohalari bo?yicha (universal ensiklopediya) yoki biror tarmog?i (soha ensiklopediyasi) yoxud amaliy faoliyat bo?yicha eng muhim ma?lumotlarni o?z ichiga oluvchi nashrni anglatadi.

Ensiklopediya materiallari, asosan, alifbo tartibida yoki mavzu bo?yicha beriladi. Universal ensiklopediya, odatda, muayyan davlat miqyosida tuzilib, shu davlatda erishilgan fan-texnika, madaniyat yutuqlari darajasini ko?rsatadi. Unda o?sha davlatning mafkurasi ozmi-ko?pmi aks etadi. Shu ma?noda ham universal ensiklopediya milliy ensiklopediya hisoblanib, unga ?davlatning shahodatnomasi“, ?ma?naviy ko?zgusi“ degan sifatlar ham beriladi. Universal ensiklopediyalarda turli fan sohalaridagi muhim tushunchalar bilan bir qatorda tarixiy voqea va jarayonlar, insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari aks etadi. Soha ensiklopediyasi muayyan fan sohasidagi tushuncha va boshqalar ma?lumotlarni universal ensiklopediyaga qaraganda batafsilroq yoritadi. Hajmiga ko?ra, ensiklopediyalar ko?p jildli va 1?2 jildli bo?lishi mumkin.

Ensiklopediya maqolalarida so?zlarning etimologiyasi, transkripsiyasi, definitsiyasi muayyan tartib bilan beriladi. Yoritilayotgan tushuncha haqida ko?proq ma?lumot olish uchun muhim adabiyotlar ro?yxati ( bibliografiya ) ko?rsatiladi. Ensiklopediya hajmining muayyan qismini bezak materiallar (oqqora, rangli suratlar, xarita, chizma, sxemalar va boshqalar) tashkil etadi. Ensiklopediya maqolalarida ortiqcha tafsilotlarga, qaytariqlarga yo?l qo?yilmaydi (buning uchun tegishli maqolaga havola qilishdan foydalaniladi). Ensiklopediyani tayyorlashda fakt va ma?lumotlar aniqligiga, atama va terminlar o?z o?rnida, to?g?ri ishlatilishiga ahamiyat beriladi. Uning bayonida ilmiylik, ommaboplik, qisqalik, lo?ndalikka e?tibor beriladi.

Ensiklopedik tarzdagi asarlar qadimiy Shumer davlatida, Xitoy, Yunoniston, qadimiy Rimda , keyinchalik arab yozuvidagi mamlakatlarda, xususan, Movarounnahrda paydo bo?lgan. Yunonistonda Demokrit va Aristotel asarlari ensiklopedik asarlar hisoblangan. O?rta Osiyo mutafakkirlari ? Muhammad Muso Xorazmiy , Ahmad alFarg?oniy , Abu Nasr Forobiy , Abu Rayhon Beruniy , Abu Ali ibn Sino , [[Imom Buxoriy, Mirzo Ulug?bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari ham o?z davridagi bilimlarni atroflicha qamrab olgan. Imom Buxoriyning ? Sahihi Buxoriy “si, Forobiyning ?Fanlar tasnifi“, Beruniyning ?Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“, Ibn Sinoning ?Tib qonunlari“, ?Donishnoma“si, Yusuf Xos Hojibning ?Qutadg?u bilig“, Mahmud Koshg?ariyning ?Devonu lug?otit turk“, Alisher Navoiyning ?Majolis un-nafois“, Davlatshoh Samarqandiyning ?Tazkirat ush-shuaro“, Zahiriddin Muhammad Boburning ?Boburnoma“ asarlari qomuschilik tarixiga qimmatbaho hissa qo?shilgan.

Vizantiya tilshunosi Svidaning ?Leksikon“i (X asr) dan boshlab muayyan tizimga solingan bilimlar lug'atlarda ifodalana boshladi. XVII asr oxiri va XVIII asrda Angliyada P. Beylning ?Tarixiy va tanqidiy lug?at“i katta ahamiyatga ega bo?lgan. 1704-yil J. Xarris ?Texnik leksikon yoki Umumiy ingliz san?at va fan lug?ati“ning birinchi nashrini chiqargan. ?Ensiklopediya yoki fan, san?at va kasb-hunarlarning izohli lug?ati“ (1751?80-yillar, 35 jild)ning yuzaga kelishi Fransiya tarixida yirik ijtimoiy-siyosiy voqea bo?ldi. Bu ensiklopediyani tayyorlashda mashhur faylasuf D. Didro asosiy rol o?ynadi; uni nashr etishda Sh. L. Monteskyo, Volter, J. J. Russo, J.D,’Alamber ham qatnashgan. 1768?71-yillarda shotland matbaachisi U. Smelli 3 jildli ?Britaniya ensiklopediyasi“ni chiqardi. Bir necha marta qayta nashr etilgan ushbu ensiklopediya Angliyaning eng yirik milliy ensiklopediyasi bo?lib qoldi.

XIX asr va XX asrning 1-yarmida Fransiya , Rossiya , AQSH , Germaniya, Italiya, Ispaniya, Turkiya va boshqalar mamlakatlarda ham universal va soha ensiklopediyalari chiqarildi. Bular ichida ?Amerika ensiklopediyasi“, ?Katta Brokgauz“ ( Germaniya ), ?Katta Laruss“ (Fransiya), ?Islom ensiklopediyasi“, Brokgauz va Yefron ensiklopedik lug?ati, Granatlar ensiklopedik lug?ati alohida o?rin egallaydi.

SSSRda 1925-yildan Katta Sovet Ensiklopediyasiiit uch nashri, 1928-yildan Kichik Sovet Ensiklopediyasining uch nashri, ?Ensiklopedik lug?at“ning bir necha nashri chiqdi. Ushbu universal ensiklopediyalardan tashqari, turli davrlarda bir necha fan tarmoqlaridan va amaliyotdan soha ensiklopediyalari nashr etildi.

60-yillarning oxirida sobiq ittifoqdosh respublikalarda universal ensiklopediyalar nashr etishga kirishildi. Jumladan, O?zbekistonda 1971?80-yillarda 14 jildli ?O?zbek sovet ensiklopediyasi“ (O?zSE)nashr etildi. Uning birinchi bosh muharriri akademik I. M. Mo?minov bo?lib, 10-jilddan akademik KA.Zufarov bu vazifani bajargan. Unda jami 40000 dan ortiq maqola berilgan. O?zSE maqolalarining ilmiynazariy va g?oyaviy-siyosiy yo?nalishi markscha-lenincha mafkura bilan belgilangan.

SSSR parchalanib ketgandan keyin undan ajralib chiqqan mustaqil mamlakatlar ichida birinchilardan bo?lib O?zbekiston Respublikasida universal milliy ensiklopediya tayyorlashga kirishildi. 1997-yil 20-martda O?zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ?O?zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to?g?risida" qaror qabul qilib, nashriyot zimmasiga 12 jildli ?O?zbekiston milliy ensiklopediyasi“ni tayyorlash va nashr etishni topshirdi. So?nggi yillarda O?zbekistonda, shuningdek, ?Toshkent“ ensiklopediyasi, 1 jildli Bolalar ensiklopediyasi, Xotin-qizlar ensiklopediyasi, ?Islom“ ensiklopediyasi va ba?zi fan tarmoqlaridan soha ensiklopediyalari nashr etildi.


O?zbekistonda sovet davrida 14 jildli O?zbek Sovet Ensiklopediyasi , mustaqillik davrida esa 12 jildli O?zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashr etildi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Encyclopedia.“ . 2007-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Glossary of Library Terms. Riverside City College, Digital Library/Learning Resource Center. Retrieved on: November 17, 2007.
  2. ?What are Reference Resources?“ . Eastern Illinois University . 2022-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.