Abdulmajid II
(
usmonli turkcha
:
??? ?????? ????
turkcha
:
II. Abdulmecid
), shuningdek
Abdulmajid afandi
(
turkcha
:
Abdulmecid Efendi
;
1868-yil
29-may
,
Istanbul
?
1944-yil
23-avgust
,
Parij
) ?
Usmoniylar
sulolasining oxirgi
xalifasi
(1922?1924),
Usmoniylar imperiyasi
tarixida bir vaqtning o?zida
sulton
unvoniga ega bo?lmagan yagona xalifa.
Sulton
Abdulazizning
to?rtinchi o?g?li Abdulmajid Usmonli taxtini egallash uchun juda kam imkoniyatga ega edi. 1876-yilda
Murod V
ag?darilgandan so?ng, u vorislik qatorida sakkizinchi o?rinni egalladi. 1912-yilda mustaqil davlat tuzish umidida bo?lgan
albanlarning
taklifiga ko?ra, Abdulmajid yangi davlatning boshlig?i bo?lishi kerak edi. Barcha shahzodalar ichida uning tarbiyasi va ma?lumoti eng yevropalashganligi e?tirof qilingan.
Italiya
bu taklifga qarshi bo?ldi
[?]
.
1916-yilga
kelib, Abdulmajid uchta amakivachchasining hukmronligini ko?rdi,
Mehmed VI
hukmronligida taxt vorisi bo?ldi
[?]
. 1922-yil 1-noyabrda Anqaradagi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi
sultonlik va xalifalikni bo?lib, sultonlikni bekor qilish to?g?risida qaror qabul qildi.
19-noyabrda
Millat Majlisi Abdulmajidni axloqiy nuqtai nazardan sulolaning eng munosib vakili deb e?lon qildi. 1923-yil 29-oktyabrda Usmoniylar davlati
rasman tugatildi
[ru]
va
Turkiya Respublikasi
tuzilganligi e?lon qilindi. 1924-yil 3-martda 431-sonli qonun chiqarildi. Unga ko?ra Usmoniylar sulolasining barcha a?zolari mamlakatdan chiqarib yuborildi. O?sha kuni kechqurun Abdulmajid oilasi va xizmatkorlari bilan
Shveytsariyaga
jo?nab ketdi
[?]
.
Shveytsariyadagi hayot Abdulmajid uchun juda qimmatga tushdi va
Londonga
ko?chib o?tishga qaror qildi. Londonda yashashi uchun
Mir Usmon Ali Xon
[ru]
tomonidan ijara puli to?langan edi. Sobiq xalifa siyosatga qiziqishini yo?qotib, o?zining sevimli mashg?ulotlariga: rasm chizish va musiqa yozishga sho?ng?ib ketgan.
1931-yilda
qizining to?yidan keyin Abdulmajid Parijga jo?nadi va u yerda 76 yoshida vafot etdi
[?]
.
Abdulmajid 1868-yil 29-may kuni (boshqa ma?lumotlarga ko?ra-30-may kuni)
Istanbuldagi
Dolmabahce saroyida
tug?ilgan
[3]
. Sulton Abdulazizning o?n uch farzandidan yettinchisi va to?rtinchi o?g?li bo?lgan. Onasi hukmdor Abdulazizning ikkinchi joriyasi, cherkes millatiga mansub
Hayranıdil Kadınefendi
[tr]
hisoblanadi
. O?zidan ikki yosh katta opasi
Nazime Sulton
ham bir onadan tug?ilgan
. Abdulmajid Yevropada ta?lim olgan
.
1876-yilga
kelib, Abdulmajidning otasi hukmronligidan norozilik eng yuqori cho?qqiga chiqdi va unga qarshi fitna rejalandi. 1876-yil
10-mayda
sobiq bosh vazir
Mutercim Mehmed Ru?di Pa?a
, harbiy vazir
Huseyin Avni Pa?a
[tr]
, shayxulislom
Hasan Hayrullah Efendi
[tr]
va portfelsiz vazir
Midhat Pa?a
boshchiligidagi fitnachilar harakatga kirishdi.
12-may
kuni fitnachilar kengash chaqirib, Abdulaziz endi Sulton taxtini egallashga qodir emas, degan qarorga kelishdi
. 29-maydan 30-mayga o?tar kechasi Abdulaziz va uning oilasi
Dolmabahce
saroyiga qamab qo?yilgan
. Sobiq Sulton oilasining mulki talon-taroj qilindi. Keyinroq
Topkapi
saroyiga olib ketilgan.
Murod V
va uning maslahatchilarining ruxsat bergach, oilasi bilan o?zi tanlagan Feriye saroyiga ko?chib o?tgan
. 1876-yil 4-iyunda Abdulmecidning otasi Feriye saroyida o?lik holda topildi. Abdulazizning jasadi bir necha shifokorlar tomonidan tekshirildi va taxtdan ag?darilgan Sulton o?z joniga qasd qilgani rasman e?lon qilindi
. Keyinchalik,
1881-yilda
uning fitnachilar tomonidan o?ldirilgani isbotlangan
. Otasining o?limi va amakivachchasi Murod V taxtdan ag?darilganidan keyin, Abdulmajid bir muncha vaqt oilasi bilan Feriyada qoldi
.
1912-yil
o?rtalarida Usmoniylar hukumatining alban a?zosi Basribey Avstriya-Vengriyaning elchisi
Johann von Pallaviciniga
[en]
albanlar
Usmoniylar shahzodasi boshchiligidagi mustaqil davlat yaratish umidida ekanligini ma?lum qildi. Ular Abdulmajidni eng munosib nomzod deb hisoblashdi. Bunga sabab ? Abdulmajidning shahzodalar ichida eng ko?p yevropalashgani, uning yevropacha tarbiya va ta?lim olgani edi.
Italiya
bu taklifga qarshi chiqib, Abdulmajidni ham, boshqa Usmoniylar shahzodasini ham ma?qul ko?rmasligini e?lon qildi.
Avstriya-Vengriya imperiyasi
Italiya pozitsiyasini qo?llab-quvvatladi
.
17-asr boshida joriy etilgan vorislik tamoyiliga ko?ra, Usmoniylar taxti sulolaning taxti erkak avloddagi eng katta erkakka meros bo?lib o?tgan. Abdulmajidning amakivachchasi
Abdulhamid II
sulton bo?ldi
[11]
. O?sha paytda Abdulmajidning o?zi ham taxtni egallashi deyarli imkonsiz edi. Besh amakivachcha va ikkita katta o?gay akasidan keyin taxt vorisligida sakkizinchi o?rinda edi. 1909-yilda Abdulhamid II taxtdan ag?darildi va
Mehmed V
hokimiyatga keldi
[12]
. Bu vaqtga kelib, Abdulmajid taxtga vorislik bo?yicha keyinchalik Sulton bo?lgan amakivachchasi
Mehmed VI
va rasmiy versiyaga ko?ra
1916-yilda
o?z joniga qasd qilgan
o?gay akasi
Yusuf ?zzeddin Efendidan
[tr]
keyin uchinchi o?rinni egalladi. Shunday qilib, Abdulmajid Mehmed VI hukmronligida taxtdan bir qadam narida bo?lib, uch amakivachchalar hukmronligida omon qoldi
.
1918-yil
4-iyulda
Mehmed VI taxtga o?tirdi. Mehmed deyarli hech qanday siyosiy kuchga ega bo?lmagan ? mamlakatni
Anvar posho
boshchiligidagi
yosh turklar
boshqargan. Taxt vorisi huquqiga ega bo?lgan sulolaning eng katta erkak a?zosi qirq yoshli Abdulmajid merosxo?r deb e?lon qilindi. 1918-yilning yoziga kelib imperiyadagi harbiy-siyosiy vaziyat nihoyatda og?ir edi. Oktyabr oyida hukumat mamlakatning
Birinchi jahon urushidan
chiqishi va imperiyaning amalda tugashini belgilab beruvchi
Mudros sulhini
[ru]
imzoladi.
3-noyabrda
yosh turklarning aksariyati mamlakatni tark etdi.
14-noyabrda
imperiya poytaxti
Antantaga
a?zo davlatlar tomonidan bosib olindi. Sulton hukumati ittifoqchilar qo?lida qo?g?irchoqqa aylandi. Sultonning qilmishlari xalq tomonidan tanqid qilindi
.
1922-yil
1-noyabrda
Anqaradagi
Turkiya Buyuk Millat Majlisi
Istanbuldagi hukumatni tugatish uchun sultonlik va xalifalikni ajratib, sultonlikni bekor qilishga qaror qildi. Xalifalikka hukmron sulolaning a?zosi rahbarlik qilishi kerak, lekin sultonlik unvonini meros qilib olgan shaxs emas, balki axloqiy nuqtai nazardan eng munosib kishi boshqarsin, degan qarorga kelindi. Biroq 1-noyabr kuni Sulton
Mehmed VI
xalifalik unvonidan mahrum etilmadi. Nihoyat, 16-noyabrda Turkiya Buyuk Millat Majlisi Mehmed VI ni sulton va xalifa unvonlaridan mahrum qildi va ertasi kuni Mehmed VI mamlakatni tark etdi
.
1922-yil 19-noyabrda (boshqa ma?lumotlarga ko?ra ? 18-noyabrda) Turkiya Buyuk Millat Majlisi Abdulmajid xalifa unvoniga eng munosib deb topdi. 24-noyabr kuni
Topkapi
yaqinidagi Hirkai Serif masjidida Abdulmajid xalifalikka qasamyod qildi
. Marosimda ko?plab davlat amaldorlari, jumladan Anqaradagi hukumat vakillari ? Refet posho va Xo?ja Mufid afandi ishtirok etdi. Birinchi marta arabcha o?rniga turkiy tilda duo o?qildi.
Fotih masjidida
ilk bor yangi xalifa nomidan Mufid afandi tomonidan turk tilida xutba o?qildi. Shundan so?ng Abdulmajid hukumatga o?ziga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi
.
Ko?p o?tmay Abdulmajid bir qancha qiyinchiliklarga duch keldi: u xalifa unvonini olmoqchi bo?ldi.
Mustafa Kemal Ataturk
Millat Majlisidan Abdulmajidga mo?minlar xalifasi unvonini berishni talab qildi, bu esa saltanat va xalifalikning bo?linishiga urg?u berardi. 1923-yil 21-dekabrdan 27-dekabrga qadar xalifalik yig?ilishi bo?lib o?tdi, unda Abdulmajidning vakolatlari tasdiqlandi. 1924-yil 3-yanvar kuni Mustafa Kemal xalifalik xaloskori unvoni bilan taqdirlandi. 15-yanvar kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi navbatdagi majlisida xalifalikni saqlab qolish maqsadga muvofiqligi masalasini muhokamaga qo?ydi
.
1923-yil 29-oktyabrda Usmoniylar davlati o?z faoliyatini to?xtatdi va uning o?rniga
Turkiya Respublikasi
tashkil etildi. Xalifalikka ehtiyoj yo?qoldi
. Gazetalar Abdulmajid xalifalik vakolatlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechayotgani haqidagi sarlavhalarga to?la edi, lekin uning o?zi bu borada sukut saqladi.
1923-yil
5-dekabrda
Buyuk Britaniya Islom Jamiyati gazetasi Abdulmajid va butun xalifalikni himoya qilishga bag?ishlangan maqolani chop etdi
. Xalifalik tarafdorlari Turkiyaning o?zida qoldi. Shunga qaramay, 1924-yil 3-mart kuni 431-sonli qonun chiqarildi
. Unga ko?ra, Usmoniylar sulolasining bevosita a?zolari mamlakatdan chiqarib yuborildi. O?sha kuni kechqurun Abdulmajidning o?g?li, qizi, xotinlari, muallim Salih Keramet Nigar (shoira
Nigar Hanımning
[tr]
o?g?li), shaxsiy kotib Huseyn Nakip va shifokor Salahaddin Bey bilan birga mashinada Catalca tomonga jo?nab ketishdi. Sobiq xalifaning oilasi hukumat tomonidan 2000
funt sterling
,
Shveysariya
vizalari va Alp mehmonxonalaridan birida joylashgan xonalar bilan ta?minlangandi
.
Yevropaga
doimo iliq munosabatda bo?lgan xalifa Abdulmajid mehmonxonaga joylashgandan so?ng, u bilan suhbatlashishga ishtiyoqmand ko?plab jurnalistlar suhbatga kela boshladilar. Sobiq xalifaga musulmon dunyosidan ko?plab telegrammalar kelib, ularda unga hamdardlik bildirilar va Turkiyadagi so?nggi yangiliklar yetkazilardi. Abdulmajid barcha telegrammalarga javob berishga harakat qildi. Hatto 1924-yil 11-mart kuni qabul qilingan
Turkiya Buyuk Millat Majlisining
qarorini asossiz va buzuq deb hisoblagan holda rasmiy bayonot bilan chiqdi. Butun islom olami uni qo?llab-quvvatlashini va undan yordam kutishini aytdi. Bu bayonot Turkiya hukumati bayonotini mahalliy hukumat vakili tomonidan sobiq xalifaga yetkazganidan bir necha kun o?tib e?lon qilindi. Shveysariyaning Turkiyadagi elchisi Abdulmajiddan o?z bayonotlarida unga boshpana bergan mamlakatni tilga olmaslikni so?radi
.
Abdulmajid va oilasining Shveysariyadagi xarajatlari juda katta edi. Boshqa shaharga ko?chib o?tish bo?yicha muzokara olib borish uchun Salih Kerametni Parijga yubordi. Londonga ko?chib o?tish bo?yicha muzokaralar muvaffaqiyatli bo?ldi. Londonda
Haydarobod hokimi
[ru]
Asaf Jah VII
samarali ittifoq tuzish umidida o?zining advokati orqali Abdulmajidga oyiga 300 funt sterling miqdorida
annuitet
tayinladi. 1924-yil oktyabr oyida Abdulmajid va uning oilasi Fransiyaga ko?chdi va Nitsa shahridagi uyga joylashdi. Bu yerda Abdulmajidning nevarasi,
Durru?ehvar Sultanning
qizi
Malika Niluferga
[en]
Haydarobod nizomining o?g?li bilan turmush qurish taklifi qilindi. 1931-yil 12-noyabrda tuzilgan nikoh Abdulmajidga o?z moliyaviy ahvolini yaxshilashga imkon berdi. Bu vaqtga kelib, sobiq xalifa siyosatga qiziqishini yo?qotib, o?zining sevimli mashg?ulotlariga: rasm chizish va musiqa yaratishga sho?ng?ib ketgan
.
Qizining to?yidan keyin Abdulmajid Parijga ko?chib o?tdi va u yerda umrining oxirigacha qoldi. 1944-yil 23-avgustda vafot etdi. Sobiq xalifaning vafot sanasi
Ikkinchi jahon urushi
davrida
Parijning nemis istilosidan ozod etilishiga
[ru]
to?g?ri keldi. Abdulmajid qolgan qarindoshlari bilan birga Istanbulda dafn etilishini so?radi, biroq Salih Keramet Turkiya hukumati bilan kelishuvga erisha olmadi. Durru?ehvar Sultan Respublika Prezidenti
?smet ?nonu
bilan shaxsan uchrashgan, ammo otasini o?z vataniga olib borish va dafn etish masalasida kelisha olmagan. Dastlab, Abdulmajidning jasadi Parij masjidi yaqinidagi qabristonga dafn etilgan. Keyinchalik,
1954-yil
30-mart
kuni Saudiya Arabistonining
Madina shahridagi
Baqi’
qabristoniga ko?chirilgan
.
Abdulmajid san?atning ishqibozi edi. Usmoniylar davlat rassomlar jamiyatining raisi bo?lgan va Usmoniylar san?ati so?nggi davrining eng mashhur rassomlaridan biri hisoblanadi. Abdulmajid tomonidan chizilgan rasmlarning aksariyati Istanbuldagi xususiy galereyalarda saqlanadi
. Uning
Haremde Beethoven
[tr]
,
Haremde Goethe
[tr]
asarlari 1918-yilda Venada bo?lib o?tgan Usmoniylar rassomlari ko?rgazmasida taqdim etilgan
[13]
. 1900-yilning boshida Abdulmajidning o?nlab boshqa portretlari Parijda namoyish etilgan edi
.
-
?Haremde Beethoven“ (Haramdagi Betxoven) surati, 1915-yil.
Rasmda
Abdulmajid ko?shkidagi
[tr]
musiqa xonasi tasvirlangan: rafiqasi ?ehsuvar skripka chalmoqda, Ofelia pianino chalmoqda, Omer Faruk violonchel chalmoqda. Omer Farukning orqasidagi ayollar Abdulmajidning joriyalari. Ulardan biri Atiye Mehisti Kadınefendi.
-
?Haremde Goethe“ (Haramdagi Gyote) surati, 1917-yil.
Rasmda Abdulmajidning rafiqasi ?ehsuvar Kadınefendi tasvirlangan. Rasmda Sharq va G‘arb madaniyatlarining uyg‘unligi aks etgan: ?ehsuvarning orqasida turk gilami tasvirlangan, uning o‘zi taxtga suyanib, qo‘lida Gyote kitobini ushlab turibdi.
Xalifaning so?nggi asarlaridan biri siyosiy tusdagi surat bo?lgan. Suratda tarix o?qituvchisi tasvirlangan: uning oldidagi stolda Rumeli (hozirgi Bolqon) xaritasi; o?qituvchi yuzini qo?llari bilan yopib olgan, bu hududlarni yo?qotganidan qayg?udaligini ifodalagan. Suratdagi qizil sochli qiz va kraxmallangan yoqali, galstuk taqqan va kostyum kiygan bola ko?rsatgan. Bola xuddi Rumelini qaytarishga chaqirayotgandek xaritaga qaraydi. Suratning quyi qismiga Abdulmajid yozib qo?ygan: ?sizga yomonlik qilganlarni unuting, lekin vataningizni haqorat qilganlarni kechirmang“
[14]
.
Abdulmajidning xotinlari va bolalari
:
- ?ehsuvar Kadınefendi
[tr]
(1881-yil ? 1945-yil 2-may) ? nikoh 1896-yil 22-noyabr (ayrim manbalarda 22-dekabr)da tuzilgan
.
- Omer Faruk Efendi
[tr]
(1898-yil 28-fevral ? 1969-yil 28-mart) ? ikki marta uylangan. Birinchi turmushi 1920-yil 29-aprelda amakivachchasi
Rukiye Sabiha Sultan
bilan bo?lib, undan uch qizi bor edi. Nikoh 1948-yilda ajralish bilan yakunlandi. Ikkinchi nikoh 1948-yil 31-iyulda amakivachchasi Mihriban Mihrishah Sultan bilan bo?ldi. Bu nikohdan farzand bo?lmadi
[17]
.
- Hayrunnis? Qadın?f?ndi
[az]
(1876-yil 2-mart ? 1936-yil 3-sentyabr) ? 1902-yil 18-iyunda nikohlangan
[18]
.
- Mehisti Hanım
(1892-1964) ? nikoh 1912-yil 16-aprelda tuzilgan
.
- Behrus Kadınefendi
[ru]
(1903 ? 1955-yil 24-may) ? 1921-yil 21-martda turmush qurgan
.
- ↑
Uning tug?ilgan kuni sifatida 29-may sanasini ko?rsatadigan manbalar mavjud.
- ↑
Abdumecid II
, 15th, Chicago, Illinois:
Encyclopædia Britannica
Inc., 2010 — 23 bet.
ISBN
978-1-59339-837-8
.
- ↑
Franz Babinger,
Mehmed the Conqueror and His Time
, (Princeton University Press, 1978), 14.
- ↑
Peter F. Sugar,
A History of East Central Europe:Southeastern Europe under Ottoman Rule, 1354-1804
, Vol. 5, (University of Washington Press, 1996), 16.
- ↑
??ehzade Abdulmecid Efendi“
(tr). Lebriz ?nternet Hizmetleri Limited ?irketi. 2013-yil 28-martda asl nusxadan
arxivlangan
. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
- ↑
The Ottoman caliphate. Straddling two worlds. Worldly, pluralist, hedonistic ? and Muslim, too
(ingl.)
// The Economist. ? 2015. ? 16 December.
Архивировано
8 avgust 2017 года.
- ↑
?Fenerbahce SK Ba?kanlar Listesi“
.
- ↑
Necdet Sakao?lu.
Bu mulkun kadın sultanları: Valide sultanlar, hatunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. ? O?lak Yayıncılık, 2015. ? С. 713. ?
ISBN 978-9-753-29623-6
- Alderson, Anthony Dolphin
.
The Structure of the Ottoman Dynasty
.
- The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem
. University of Texas Press, 2010 — 16?17 bet.
ISBN
0292783353, 9780292783355
.
- A Biographical Dictionary of Albanian History
. I.B.Tauris, 2013 — 3 bet.
ISBN
1780764316, 9781780764313
.
- Encyclopædia Britannica
. Chicago, Illinois: Encyclopædia Britannica Inc., 2010.
ISBN
1593398379, 9781593398378
.
- Kucuk, Cevdet
.
Islam Ansiklopedisi
. ?slam Ara?tırmaları Merkezi, 1988 — 179?285 bet.
- Kucuk, Cevdet
.
Islam Ansiklopedisi
. ?slam Ara?tırmaları Merkezi, 1988 — 263?264 bet.
- Kucuk, Cevdet
.
Islam Ansiklopedisi
. ?slam Ara?tırmaları Merkezi, 2006 — 183?185 bet.
- Somel, Selcuk Ak?in
.
Encyclopedia of the Ottoman Empire
. Infobase Publishing, 2010 — 5 bet.
ISBN
1438110251, 9781438110257
.
|
---|
|
|
§
Birinchi usmoniy xalifalari
|