한국   대만   중국   일본 
Wrocław - Vikipediya

Vrotslav ? Polshaning janubig?arbidagi shahar. Vrotslav voyevodaligining ma?muriy markazi. Odra daryosi bo?yidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o?rtalari). Vrotslav yilnomalarda dastlab 980 yilda Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qo?l ostida (1945-yilgacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) bo?lgan. Vrotslav yirik sanoat shahri va muhim temir yo?l tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, o?lchov asboblari, kimyo, to?qimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Vrotslavda universitet, ilmiy tadqiqot va politexnika institutlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bog?lari bor. Shaharda me?moriy yodgorliklar ko?p: bir necha cherkov, ratusha binosi (14?16-asrlar) va boshqa saqlangan.

Vrotslav - Ostrow Tumski
Vrotslav

Adabiyotlar tahrir

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil