Yordam : Maqola qanday yoziladi (tashqi havolalar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viki kodlari bilan tashqi havolalar yaratish juda osondir.

Tashqi havolalar

Internetda topilgan va mavzuga to?g?ridan-to?g?ri aloqador manzilni maqolaga qo?shishni istasangiz, bir qoidani esda tutishingiz kerak. Maqolaning ensiklopedik qiymatini buzmaslik uchun unga har qanday tashqi link qo?shib bo?lmaydi. Faqatgina ishonchli, tekshirilgan saytlarga havolalar bering.

Tashqi havolalarni faqat alohida bo?limlarda bering. Bunday bo?limlar Manbalar va Tashqi havolalar deb nomlanishi kerak. Tashqi havolalar bo?limida havolalar ustma-ust ro?yxat bo?lib qo?shiladi. Maqola ichiga manba qo?shish uchun tegishli gap oxiriga <ref> tashqi havola va tushuntirish </ref> qilib yozishingiz mumkin. Bu havolalar Manbalar bo?limida ro?yxat qilib chiqariladi (buning uchun Manbalar bo?limiga {{reflist}} andozasini qo?shing).

Ishlatilishi

Eng sodda yo?li manzilni butunlay ko?chirib sahifaga qo?yishdir. Masalan, Google saytiga ishorat qiladigan havola qurish uchun bunday yozing:

http://www.google.com/

Vikipediya bu yozuvingizni darhol internet linkiga aylantirib, kerakli HTML kodlarni qo?shadi. Lekin bunday qo?shilganda faqat sayt manzili ko?rinadi, o?quvchi bu qanday sayt, maqolaga nega kerakligini bilmasligi mumkin.

Havola nega sahifada mavjud va qaysi xususiyati uchun o?quvchiga kerakligini bildirish uchun havolaga tushuntirish berish kerak. Bu har tomondan bittadan kvadrat qavslar bilan amalga oshiriladi:

[http://www.google.com/ Google qidiruvi]

E?tibor qiling, avval bitta kvadrat qavs ochiladi, keyin darhol (bo?shliqsiz) sayt manzili, keyin bo?shliq, keyin esa saytga izoh, va nihoyat yopuvchi kvadrat qavs yozilmoqda.

Diqqat : Manzilida pipe ( | ) belgisi bo?lgan havolalar viki tomonidan to?g?ri tanilmaydi. Shu belgilarni ularning ASCII ekvivalentiga almashtirish lozim. | belgisi ASCII’da %7C qilib yoziladi.

Tashqi havolalar bo?limida har bir havola oldidan yulduzcha qo?yib, ularni ro?yxatga aylantirish mumkin:

== Tashqi havolalar ==
*[http://www.google.com/ Google qidiruvi]
*[http://www.wikipedia.org/ Vikipediya bosh portali]


O?rganganlaringizni sinov sahifasida tekshirib ko?ring
Keyingi mavzu: Intervikilar