Tutanxamon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tutanxamon (taxtga o?tirgandagi ismi ? Nebxeprura) ? Misrda Yangi podsholik davri (18sulola)da mil. av. taxminan 1347?1337-yillarda hukm surgan fir?avn. Fir?avn Amenxotep IV (Exnaton)ning Nefertititsan tug?ilgan 3qizi Anxesenpaatonga uylangan. Ehtimol Amenxotepning ukasi ham bo?lgan. taxminan 12 yoshida Tutanxaton (Atonning jonli obrazi degani) nomi bilan taxtga o?tirib, 20 yoshga to?lmasdan vafot etgan. Hokimiyat amalda vazir Eye va boshqa amaldorlar qo?lida bo?lgan. T. davrida Exnatonning diniy islohotlari bekor qilingan. Amon kultiga sajda qilish tiklank*ih, T.ning o?zi T. ismidan voz kechib, fir?avn qarorgohini Exetatondan Fivaga qaytargan.

T.ning shoxlar vodiysidagi maqbarasi 1922-yil ingliz arxeologi G. Karter tomonidan topilgan. Maqbara o?g?riqaroqchilar tomonidan talanmagan. Undan T.ning oltin sarkofagidan tashqari, yosh fir?avn tirikligida yaxshi ko?rgan san?at asarlari va uning qurol, buyumlari: oltin niqobi, rafiqasi Anxesenpaatonning tasviri, fir?avn 2 g?ildirakli jang aravasi ustida aks ettirilgan haykalcha, oltin, ganch, qora va qizil yog?ochlardan ishlangan haykalchalar, o?qyoy, xanjar, quticha, o?rindiq va boshqa buyumlar topilgan. Bu noyob san?at asarlari jahonning ko?pgina mamlakatlarida namoyish etilgan.