Louvre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Luvr dan yo?naltirildi)
Luvr
Musee du Louvre
Louvre_at_night_centered.jpg
Asos solingan sana 1793
Joylashuvi Palais Royal, Musee du Louvre,
75001 Paris , France
Keluvchilar soni 7 300 000 (2005)
Direktor Henri Loyrette
www.louvre.fr

Koordinatalari : 48°51′40″N 2°20′9″E  /  48.86111°N 2.33583°E  / 48.86111; 2.33583  G  O Luvr ( fransuzcha : Musee du Louvre ) ? dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Avval qirollar qasri bo?lgan Luvrning binosi Parijning markazida, poytaxtning 1-munisipal okrugida joylashgan.

Luvr (Louvre) ? jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur me?moriy yodgorlik ? sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik to?plami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan to?plamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qo?lga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, ko?plab hadya qilingan san?at asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 bo?limdan iborat: tasviriy va amaliy san?at, qaykaltaroshlik (o?rta asrlar, Uyg?onish davri , keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo bo?yicha muhim ahamiyatga ega; fransuz san?ati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. L.da jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir san?at asarlari to?plangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy to?plamlar alohida joylashtirilgan.

L. binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy me?moriy yodgorlik bo?lib, 13-asr boshi ? 14-asrlarda eski qasr o?rniga qurilgan. 1546?74 yillarda me?mor P. Lesko renessans usulida saroy qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J. Lemersye, 1624-yildan; L. Levo, 1661?64; K. Perro, 1667?74; L. Viskonti va E. Lefyuel, "Yangi L.", keyinchalik Kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi. [1]

Tarix [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Ilk marotaba muzey eshiklari omma uchun Fransuz Revolutsiyasi davrida 1793 -yili 8-noyabrda ochilgan. Uning minglab kartina va haykaltaroshlik namunalari ichida Gioconda ( Mona Lisa ), Milosslik Venera , Samofrakiyalik Nika kabi mashhur asarlar, Rembrandt , Tizian va Leonardo da Vinci kartinalari bor.

1989 -yili qasr o?rtasiga I. M. Pei yaratgan shisha piramida qo?shiladi.

Qurilishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Luvr uch asosiy galereyadan iborat ? Syulli, Rishelyo va Denon.

Kolleksiya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Antik san?at [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qadimiy Misr [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Fayl:Nike of Samothrace, Paris 16-sentabr 2007-yil.jpg

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil