Hahm Eun-jung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hahm Eun-jung
Tavalludi 12-dekabr 1988-yil ( 1988-12-12 ) (35 yosh)
Seul , Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qo`shiqchi
  • aktrisa
Faoliyat yillari 1995-hozirgi kungacha

Hahm Eun-jung (1988-yil 12-dekabrda tug?ilgan), [1] Eunjung va Elsi nomi bilan tanilgan, [2]  ? janubiy koreyalik qo?shiqchi va aktrisa. 1995-yilda Little Miss Korea tanlovida g?olib chiqib, o?sha yili New Generation of Adults (1995) teledramasi bilan u yetti yoshligida aktrisa sifatida debyut qilgan. O?shandan beri u filmlarda, teleseriallarda bir nechta kichik rollarni ijro etdi, shuningdek, turli tijorat filmlarida suratga tushdi. Uch yillik mashg?ulotlardan so?ng u 2009-yil iyul oyida Janubiy Koreyaning T-ara qizlar guruhi a?zosi sifatida ilk namoyishini qilgan. U Elsi ismli yakkaxon ijrochi sifatida 2015-yil 7-may kuni I’m Good mini-albomi bilan debyut qilgan.

Faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2007-yilda Hahm turli xil kliplarda, xususan SG Wannabe vokal guruhining 2007-yilgi Story In New York albomidagi ?Gasiri“ (?가시리“) klipida paydo bo?lgan. O?sha yilning oxirida u FT Island rok guruhining ?Thunder“ (?천둥“), ?Only One Person“ (?한사람만“) va ?A Man?s First Love Follow Him To The Grave“ (?男子의 첫사랑은 무덤까지 간다“) kliplarida ham suratga tushgan.

U shuningdek, 2008-yilda qo?rqinchli Death Bell filmida o?z o?qituvchisi tomonidan o?ldirilgan talaba rolini ijro etgan.

Hamning mashhurligi 2011-yilda, Dream High o?smirlar uchun bo?lgan dramada rol ijro etganida o?sishni boshlagan. Drama muvaffaqiyatli bo?lib, mahalliy tomoshabinlar tomonidan reytingi yuqori bo?lgan, shuningdek, boshqa mamlakatlarda mashhurlikka erishgan va bir nechta xalqaro mukofotlarni qo?lga kiritgan.  2011-yildan 2012-yilgacha u MBCning We Got Married dasturiga qo?shilgan va aktyor Li Jang-woo bilan birga suratga tushgan. U ?Eng yaxshi yangi aktrisalar“ sifatida MBC Entertainment mukofotini qo?lga kiritgan. Keyin Hahm The King of Legend va Insu, The Queen Mother nomli tarixiy dramalarida rol ijro etgan. 

2021-yil fevral oyidan boshlab u KBS1 telekanalida 2021-yil 29-martda namoyish etiladigan A Fool’s Dream teledramasida bosh rolni ijro etadi. [3] 2021-yil 15-iyulda Hahm shartnomasi muddati tugaganidan keyin Cabin 74 kompaniyasini tark etgan. [4] 2021-yil 27-sentyabrda Hahm Management Koo bilan shartnoma imzolagan. [5]

Diskografiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mini-albomlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Nom Albom tafsilotlari Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar Sotuv
KOR
[6]
JPN [7] JPN

Hot

I’m Good
  • Chiqarilgan: 2015-yil 7-may (KOR)
  • Leybl: MBK, LOEN
  • Format: CD, raqamli yuklab olish
6 ? ?
  • Qayta nashr etilgan: 2015-yil 30-oktyabr (KOR)
  • Leybl: MBK, LOEN
  • Format: CD, raqamli yuklab olish
8 ? ?
Desire
  • Chiqarilgan sana: 2019-yil 12-iyun
  • Leybl: Akatsuki
  • Format: CD, raqamli yuklab olish
? 176 -

Saundtreklar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Nom Yil Albom
"Coffee House" 2010 Coffee House OST
"Goodbye" 2015 Sweet Temptation OST
"Never Lose Heart" 2016 Dragon Heart OST (IQIYI)
"Shout To The Sky" 2018 My Secret Terrius OST Part 4
"You Are My Star" 2019 I Hate You Juliet OST Part 3
"Coincidence" 2021 Recipe of Youth OST Part 1

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?Ham Eun-jeong (함은정, Korean actress, singer)“  (en-US). HanCinema . Qaraldi: 2017-yil 20-noyabr.
  2. ?T-ARA's Eunjung Explains The Meaning Behind Her 'ELSIE' Stage Name“ (2015-yil 9-may). Qaraldi: 2015-yil 2-iyun.
  3. Kim. ?[單獨 함은정 '속아도 꿈결' 主人公 拔擢…3年 만에 안房 復歸“] . Hankyung (18-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 17-fevral 2021-yil.
  4. ?[單獨 티아라 함은정, 所屬社 契約 滿了→FA 隊列 合流(綜合)“] . Naver .
  5. ?[公式 함은정, 매니지먼트 區와 再會“] . Sports Khan (27-sentabr 2021-yil).
  6. Circle Album Chart positions:
  7. ?ウンジョンのランキング“  (ja). Oricon . Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  8. 8,0 8,1 ?Gaon Album Ranking Monthly (7/2015)“  (ko). Gaon .

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]