Aparteid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aparteid , apartxeyd (afrikaans tilida apartheid  ? ?alohida-alohida yashash“) ? irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko?rinishi. Muayyan aholi guruhlarining ular irqiy mansubligiga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum etishni, hududiy jihatdan yakkalatib qo?yishgacha borishni anglatadi. Aparteidning ayrim choralari genotsid tusini olishi mumkin. Hozirgi xalqaro huquq aparteidni insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblaydi. 1973-yilda aparteid jinoyatlarining oldini olish va jazolash to?g?risida xalqaro konvensiya qabul qilingan. Yaqingacha aparteid JARda hukmronlik qilib kelgan, asosan oq tanli fuqarolardan iborat Milliy partiyaning siyosati edi. U mamlakat aholisini irqiy alomatlarga qarab, uch qism: 1) oq tanlilar; 2) qora tanlilar, ya?ni tub afrikaliklar; 3) indeyslar va duragaylarga bo?lib boshqarish siyosatini qo?llab keldi. ?Irqiy guruhlarni ajratib joylashtirish to?g?risida“gi qonunga muvofiq, aholi 74% ini tash-kil etuvchi qora tanlilar uchun soxta ?davlatlar“ ? bantustanlar tuzildi, afrikaliklarning oq tanlilar yashovchi shaharlarda istiqomat qilishi man etildi, aparteid qoidalarini buzganlarga nisbatan qattiq jazo choralari qo?llanildi. Afrikaliklar, ularga ergashgan indeyslar hamda oq tanlilar bir qismining Afrika milliy kongressi va boshqa vatan-parvarlik tashkil otlari rahbarligida aparteid siyosatiga, irqchilar zulmi va kamsitishlarga qarshi uzoq davom etgan, jahon hamjamiyati tomonidan faol qo?llab-quvvatlangan murosasiz ommaviy chiqishlari, shu jumladan, qurolli kurashi irqchilarni chekinishga majbur etdi. Mamlakat va xalqaro maydonda yakkala-nib qolgan irqchilar siyosiy islohotlar o?tkazishga majbur bo?ldi. Tinch yo?l bilan 1994-yil aprelda o?tkazilgan demokratik saylovlar natijasida hokimiyat mamlakat tub aholisi vakillari qo?liga o?tdi.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil