Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander Rae ?Alec“ Baldwin III
(
talaffuzi:
Aleksandr Rey ?Alek“ Bolduin III
; 1958-yil 3-aprelda tug?ilgan) ?
amerikalik
aktyor
,
produser
,
komediyachi
,
yozuvchi
, siyosiy faol va
musiqachi
. Uch karra
Oltin globus
va uch karra
Emmy
mukofotlari sohibi.
Oscar
,
BAFTA
va
Tony
mukofotlari nomzodi. Shuningdek o?n bir marotaba
Oltin Globus
va o?n to?qqiz marotaba
Emmy
mukofotlariga nomzod bo?lgan sanoqli aktyorlardan biri. Siyosiy maydondagi faolligi bilan ham yaxshi tanilgan.
Baldwin The Hunt for Red October (1990),
Aviator
(2004), To Rome with Love (2012), Blue Jasmine (2013), BlacKkKlansman (2018),
Murtadlar
(2006),
Madagaskar 2
(2008),
Uddalab bo?lmas topshiriq 5
(2015),
Uddalab bo?lmas topshiriq - Natija
(2018) kabi ko?plab filmlarda suratga tushgan.
Alexander Rae Baldwin III 1958-yil 3-aprelda AQShning
Nyu York
shtatidagi Amityville shahrida tug?ilgan. Uning uchta ukasi bor: Daniel (1960-yilda tug?ilgan), William (1963-yilda tug?ilgan) va Stephen (1966-yilda tug?ilgan), ular ham aktyor bo?lishgan. Shuningdek, uning ikkita singlisi bor, Elizabeth ?Beth“ Baldwin Keuchler (1955 yilda tug?ilgan) va Jane Ann Baldwin Sasso (1965 yilda tug?ilgan). U katolik sifatida tarbiyalangan. Uning tomirlarida irland, fransuz va ingliz qonlari oqadi.
Alec Vashingtondagi George Washington universitetini siyosatshunoslik, Nyu-York universiteti drama sinfi, Nyu-Yorkdagi Li Strasberg institutini tamomlagan.
Alec Baldwin
IMDbda