Yoga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoga (sanskritcha ? birlashish, muloqot) ?1) inson ruhiyati va fiziologiyasini boshqarish ta?limoti va metodi. "Xalos bo?lish" (moksha yoki nirvana) holatiga erishishni maqsad qilib qo?ygan hind diniy va falsafiy tizimlarining tarkibiy qismi. Insonda (ruhiyatni muayyan yo?sinda chog?lash orqali) organik va anorganik jarayon va jismlarni boshqarish uchun qandaydir kuch va imkoniyatlar mavjudligini tan oladi. Y.da jismoniy mashqlar tizimi ishlab chiqilgan va organizmning nafas olish va b. fiziologik funksiyalarini boshqarishda, insonda xohlagan ruhiy holatni vujudga keltirishda ma?lum muvaffaqiyatlarga erishilgan. Asosiy falsafiy g?oyasi? inson psixofiziologiyasi bilan koinot o?rtasidagi uyg?unlik; 2) hind falsafasidagi 6 ortodoksal (vedalarni e?tirof etadigan) tizimlardan biri. Qad. hind faylasufi Patanjali (mil. av.2-asr bilan mil. 2-asr oralig?i) asos solgan. Y. metodlari tabiati va funksiyalarini, ularni qo?llanish bosqichlari va b. ni tadqiq etgan. Umumiy falsafiy masalalarda sankxya ta?limotiga ergashadi. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil