한국   대만   중국   일본 
Xalqaro ona tili kuni - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Xalqaro ona tili kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro ona tili kuni ( BMTning boshqa rasmiy tillarida , i ngl . International Mother Language Day arab tili. ?lywm ?l??lmy llg? ?l?m, ?   Ch. langy?y?ri, fr.   la Journee internationale de la langue maernelle ) ? 1999 -yil noyabr oyida YuNESKO Bosh anjumani 30-sessiyasi qarori bilan tashkil yetilgan va til va madaniy turfa xillikni muhofaza qilish maqsadida 2000-yildan boshlab har yili 21-fevralda nishonlanib kelinadi.

YuNESKO yo?qolib ketish xavfi arafasida turgan tillar holatini kuzatish va vaziyatni to?g?rilashga yordam beradigan profilaktik monitoring tizimini yaratishga bel bog?laydi.

YuNESKO qayd etishicha, dunyodagi 6 mingta tilning yarmi yo?qolib ketish xavfi ostida turibdi . 2009 -yilda YuNESKO Rossiyada 136 ta tilni yo?q bo?lib ketish xavfi ostida deb tan oladi.

Bu sana Bangladeshda 1952 -yildagi qonli voqealarni xotirlash kuni sifatida nishonlanadigan Bengal tili harakati kuniga to?g?ri keladi - Pokiston politsiyasi Sharqiy Pokistonda (Bangladesh 1971-yili) rasman tan olish sifatida bengal tili tarafdorlarni ta?qib qilgan kun sanaladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Xalqaro ona tili kunini e'lon qilish qarorini qo'llab-quvvatladi (Rezolyutsiya № Α/RES/56/262 [1] ) va BMTga a'zo davlatlar va BMT Kotibiyatini dunyo xalqlarining barcha tillarini muhofaza etish va saqlashga hissa qo?shishga undadi.

Kun mavzusi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • 2021-yil ? “Inklyuziv ta?lim va ijtimoiy hamjihatlikni qo?llab-quvvatlashda ko?p tillilikni rag?batlantirish”
  • 2020-yil ? "Chegarasi yo?q tillar"
  • 2019-yil ? "Dunyoda tinchlik va murosa o?rnatish va mahalliy xalq tillarini barqaror rivojlantirish zarur
  • 2018-yil ? “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida lingvinistik xilma-xilligini saqlash va ko?p tillilikni rag?batlantirish”
  • 2017-yil ? “Ko?p tilli ta?limga asoslangan barqaror kelajak”
  • 2016-yil ? “Ta?lim sifati, o?qitish tili va ta?lim natijalari”
  • 2015-yil ? “Til yaratish yo?li va inklyuziv ta?lim. Tillar ? bu muhim qurol!
  • 2014-yil ? Global fuqarolikda mahalliy tillar ahamiyati: ilm-fan diqqat markazida
  • 2013-yil ? “Ona tilini o?rnanish uchun kitob”
  • 2012-yil ? “ ko?p tillilikda inklyuziv ta?lim ahamiyati”
  • 2011-yil ? "Lingvinistik turfa xillikni va til rivojlanishni rag?batlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini saqlash"

BMTda til kunlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Xalqaro ona tili kuni bilan bir qatorda BMT tashkilotining rasmiy tillari kuni ham nishonlanadi. Ular 2010-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan ko?p tillilik va madaniy turfa xillikni qo?llab-quvvatlash maqsadida e?lon qilinadi . Bular BMTda ingliz tili kuni, BMTda arab tili kuni, BMTda ispan tili kuni, BMTda rus tili kuni, BMTda xitoy tili kuni, BMTda fransuz tili kuni hisoblanadi.

Shu kunlarda o?tkazilayotgan tadbirlar rasmiy tillarning teng huquqliligini ta?minlash, BMT xodimlarining BMT tillarining tarixi va rivojlanishidan xabardorligini oshirishga qaratilgan.

Til kunlari BMTning qolgan sanalari bilan birga nishonlanadi [2] . Mazkur sanalarning har biri BMT tizimidagi saytlarga bag?ishlanadi.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?A/RES/56/262 ? R ? A/RES/56/262“ . 2019-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2019-yil 21-fevral.
  2. ?Список международных дней на сайте ООН“ . 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2017-yil 25-aprel.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]