Xalifalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalifalik  ? 7?8-asrlarda arab istilolari natijasida Arabiston yarim oroli , Yaqin va O?rta Sharq , Shimoliy Afrika , Ispaniya , Markaziy Osiyo va Kavkazorti ni o?z ichiga olgan davlat (qarang Arab xalifaligi ). Ibn Xaldun ning yozishicha, ?johiliya arablari“ faqat diniy sifatdagi (payg?ambarlik, valiylik, kohinlik va h.k.) hokimiyatni tan olganlar. Shuning uchun ham hijratdan so?ng (622-yil) Madina da barpo bo?lgan va 630?632-yillarda butun Arabiston yarim oroli ni o?z ichiga olgan tuzum islom diniga asoslangan, teokratik davlat shaklini olgan. Bu davlatning boshlig?i ? Rasululloh ? Allohning elchisi , ammo u abadiy emasligi payg?ambarning o?zi tomonidan qayta-qayta ta?kidlab kelingan. Bu davlatni kelajakda boshqaradiganlar siyosiy usullardan foydalanishlari muqarrar edi, zero Muhammad  ? payg?ambarlarning oxirgisi (xotam ul-anbiyo). Birinchi bo?lib bu haqiqat Payg?ambar tomonidan anglandi. ?Xalifalik mendan keyin ummatlarim ichida o?ttiz yil, so?ngra amirlik (podsholik) dir“, degan mazmundagi hadis aynan shu fikrni isbotlaydi. Darhaqiqat, Allohning nomidan (vahiy orqali) ummatini boshqargan Muhammad payg?ambar vafotidan so?ngra rahbarlikka ilohiy rahnamolik sifatiga ega bo?lmagan va bunga da?vo ham qilmagan xalifalar kelgan. Sahoba lar bundan keyin dunyoviy ishlarni oddiy inson hukmdor ? amir boshqarishini tushunganlar. Makkalik va madinalik sahobalar ? muhojirlar va ansorlar o?rtasidagi bahs faqatgina ularning qaysi biri ana shu lavozimga saylanishi haqida borar edi. Abu Bakr Siddiq ning Xalifatu Rasululloh ? Alloh elchisining o?rinbosari bo?lib saylanishi shundan dalolatdir. Aynan shu davrda hokimiyat vazifalarining (sud, moliya va h.k.) bo?linishi va ularning, asosan, muhojirlar o?rtasida taqsimlanishi yuz bergan. Bu jarayon, ya?ni davlat boshqaruv tizimi diniylik qiyofasini yo?qotib, dunyoviy tus olishi 4 xalifa ? Abu Bakr Siddiq (632-634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-656) va Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida uzil-kesil amalga oshgan. Ular ?al-Xulafo ar-Roshidun“ (to?g?ri yo?ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar.

Ali ibn Abu Tolib vafotidan so?ng davlatni boshqargan umaviy xalifalar (661-750) arab tarixiy adabiyotida ?diniy tarbiyadan umuman yiroq“ shaxslar sifatida tavsiflanadilar. Xalifalar rasman diniy va dunyoviy yagonalikni mujassam etgan bo?lsalarda, lekin amalda jamiyatning diniy hayotiga ta?sir ko?rsatmasdilar. Diniy arboblar ( muhaddis lar, qori lar, mufassir lar, faqih lar) qatlami vujudga kelganki, endi diniy masalalar bo?yicha jamoatchilik fikrini xalifalar emas, balki aynan o?sha arboblar shakllantiradigan bo?lganlar.

750-yilda Abbosiylar xalifaliga boshlangan. Umaviylardan farqli o?laroq Abbosiylar o?z ismlariga Alloh so?zini qo?shib martabali laqablar oldilar, shu yo?l bilan o?z hokimiyatlariga teokratik tus berishga uringanlar. Lekin amalda ularning ko?pchiligi qo?g?irchoqqa aylanib qolib, boshqa qavmlar boshliqlari (masalan: Mahmud G?aznaviy ), saljuq lar sultoni To?g?rulbek , buvayhiylar amiri Ahmad kabilarga muboya?a (guvohnoma) berdilar va ularning hokimliklarini qonuniylashtirdilar. 9-asrdan e?tiboran Abbosiylar xalifaligi parchalana boshlagan. Ispaniya da Kordova , Shimoliy Afrika da Fotimiylar xalifaligi ning vujudga kelishi xalifalik yakkayu yagona bo?lishi kerak degan tushunchaga yana bir bor zarba bergan.

12-asrda Turk sulolalari zaiflashib, Bag?dod xalifaligi qisqa muddatga o?z qudratini qayta tiklagan edi hamki, mo?g?ullar ning qaqshatqich zarbasiga uchradi va 1258-yil Huloku oxirgi Bagdod xalifasi al-Musta?sim ni qatl qilgan.

Shunday qilib, Abbosiylar xalifaligi mo?g?ullar tomonidan yo?q qilindi. Ammo 1261-yil Misr mamluklarining sultoni Zohir Baybars dastlab oxirgi Bag?dod xalifasining amakisi al-Mustansir, so?ng yana bir vakil al-Hakim birinchini Qohira ga keltirib, abbosiylar sulolasini davom ettirdi. Yuqorida zikr etilgan ikkala shaxsning ham haqiqatan abbosiylarga mansub ekanini o?z vaqgida akademik V.V. Bartold qattiq shubha ostiga olgan edi. Qanday bo?lganda ham Qohiradagi Abbosiylar xalifaligi 1517-yil usmonli turklar tomonidan Misr bosib olingunga qadar davom etdi.

Oxirgi xalifa al-Mutavakkil III ni usmonli turk sultoni Salim I Istanbul ga ko?chirgan va uning avlodlari Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk tomonidan dastlab sultonlik (1922-yil), so?ng xalifalik (1924-yil) bekor qilinguniga qadar yashaganlar.