Versal saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Versal saroyi
Mamlakat: Versal, Fransiya
Maqomi: saroy
Rasmiy nomi: Versal Qirollik saroyi
Me?mori: Filibert Le Roy
E?tirofi: 1979-yil, Yunesko
Qurilish boshlandi: 1623-yil
Qurilish tugallandi: 1660-yil
Hududi: 1,070 gektar
Bog? hududi: 9,467 gektar
Tashrif buyuruvchilar: 15 mln 2018
Uslubi: Borokko va klassitsizm
Versal qirol bog?boni: Andre Lenotr
Rasmiy sayti: www.chateauversailles.fr

Versal saroyi (fr. Chateau de Versailles) ? Parijdan 24 metr uzoqlikda joylashgan saroy-bog? majmuasi. 1995-yildan beri Fransiya Madaniyat vazirligi rahbarligida Versal saroyi, muzeyi va milliy mulki jamoat muassasasi tomonidan boshqariladigan hududga aylantirildi. Har yili Versal saroyi, bog?i yoki bog?lariga 15.000.000 kishi tashrif buyuradi va bu uni dunyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biriga aylantiradi. [1] Biroq, COVID-19 pandemiyasi tufayli Versalga pullik tashrif buyuruvchilar soni 2019-yildagi sakkiz milliondan 75 foizga kamaydi, 2020-yilda ikki million kishni tashkil qiladi.




Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qirol Lyudovik XIII bu yerda uncha katta bo?lmagan qasr qurishni rejalashtiradi, ya?ni ov uchun mo?ljallangan bino. 1623-yilda Versal saroyi o?rnida oddiy ov uyi qurdi va 1631?34-yillarda uning o?rniga kichik qasr qurdi. Uning o?g?li esa Lyudovik XIV  ? 1660-yilda [[Ver- sal]]ni ajoyib saroy-bog? ansambliga aylantiradi. Bu ikkala qirolning sevimli qarorgohi edi va 1682-yilda Lui XIV o?z saroyi va poytaxtini Versalga ko?chirdi Bu holatni qirollar Lui XV va Lyudovik XVI davom ettirdilar, ular birinchi navbatda saroyning ichki qismini o?zgartirdilar, ammo 1789-yilda qirollik oilasi va Fransiya poytaxti Parijga qaytdi. Fransuz inqilobidan keyin Versal saroyi atrofidagi shahar aholisi keskin kamaydi. 1666-yildan 1789-yilgacha doimiy qirol qarorgohi bo?lgan.

Napoleon Bonapart Fransiyani egallab olganidan keyin 1810-1814-yillarda Versaldan yozgi qarorgoh sifatida foydalangan. 1830-yillarga qadar saroyda mazmunli ta?mirlash amalga oshirildi. Uning ichida janubiy qanotning hududlari o?rniga Fransiya tarixi muzeyi o?rnatildi. Saroy va bog? 1979-yilda Fransiyada XVII-XVIII-asrlarda kuch, san?at va ilm-fan markazi sifatidagi ahamiyati uchun YuNESKO tomonidan Jahon merosi ro?yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Fransiya Madaniyat vazirligi saroyni, uning bog?larini va uning ba?zi yordamchi tuzilmalarini madaniy ahamiyatga ega yodgorliklar ro?yxatiga kiritdi.

Qurilishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Versal nomli qishloq yaqinidagi bu joy saroy qurilgunga qadar o?rmonli botqoqlik edi, uni Lui XIII qirollikka loyiq emas hudud deb qoniqmagan. 1631-yildan 1634-yilgacha arxitektor Filibert Le Roy Lyudovik XIII uchun bu yerda bir qasr qurdi. Lekin qirolning bu qasrda yashashiga malika Anna rozi bo?lmaydi. 1641-yilda Sen-Jermen okrugida chechak kasalligi avj olgach, Lui XIII o?zining uch yoshli merosxo?ri, bo?lajak Lui XIV bilan Versalga ko?chib o?tishga majbur bo?ldi. 1643-yilda Lui XIII vafot etganida, Anna Lui XIVning regent(yosh qirol voyaga yetgunga qadar uning nomidan mamlakatni boshqarib turuvchi kishi)i bo?ldi va ular yana Versalni tark etib, Parijga qaytishdi. Parijda malika Anna va uning bosh vaziri kardinal Mazarin Lui XIII ning pul islohotini davom ettirdilar. Natijada 1648-1653-yillarda qirol hokimiyatiga qarshi bir qator qo?zg?olonlarga olib kelsi. Qo?zg?olondan keyin Lyudovik XIV yolg?iz hukmronlik qilishga qaror qildi. [2] [3] Following Mazarin?s death in 1661, [4] Otasining Versaldagi saroyini saroyga kengaytirishni buyurdi. Versal qurilishi bir necha oylar davom etgan, unga yirik mablag? va minglab ishchilar jalb etilgan edi. 1670-yilda Le Vau vafot etdi. Birinchi me?mor lavozimini yetti yil davomida bo?sh qoldi. [5] Le Vau vafotidan so?ng Versaldagi ishlar uning yordamchisi, arxitektor Fransua d’Orbayga o?tdi. 1670-yillarda yangi me?mor e?tiborini saroydagi ishlarning ichki qismiga qaratdi, chunki saroy qurib bitkazilayotgan edi. Orbay hovlida davlat xizmatchilari uchun bir juft pavilyon qurdi. 1670-yilda d’Orbayga Lui XIVning kuchayib borayotgan hokimiyati ramzi sifatida Versal deb ataladigan shaharni loyihalashtirish vazifasini topshirdi. Atrofida kichik shaharcha qurish uchun 1671-yilda saroy a?zolariga yer berish boshlangan.Keyingi yili Franko-Gollandiya urushi boshlandi va Versal uchun mablag? 1674-yilgacha qisqartirildi. [6] Fransuz-golland urushi 1678-yilda fransuz g?alabasi bilan tugaganidan so?ng, Lui XIV birinchi me?mor etib Jyul Hardouin-Mansart etib tayinlandi. Lui XIVning tajribali me?mori Versalga 1678-yildan 1681-yilgacha Ko?zgular zalini qo?shish, Lui XIII saroyining hovli jabhasini ta?mirlash va d?Orbay pavilonlarini kengaytirdi. 1678-79 yillarda saroyga tutashgan bir juft otxona qurildi. 1682-yildan 1684-yilgacha Mansart saroyning janubiy qismida italyan uslubidagi ikkita butunlay yangi qanotlarni qo?shdi. 1679-yildan 1681-yilgacha shimoliy qismi ustida ishladi. Urush natijasida moliyalashtirish Versaldagi qurilishni XVII asrning qolgan qismida sekinlashtirdi. 1688 -yilda boshlangan To?qqiz yillik urush 1698 -yilga butunlay ishni to?xtatdi. Biroq, uch yil o?tgach, yana ham xavfliroq bo?lgan Ispaniya vorisligi urushi boshlandi. Bu Fransiyani inqirozga olib keldi. https://www.archinform.net/projekte/3834.htm Shu tariqa Lui XIV mablag?ni qisqartirdi va Mansart 1680 -yillarda rejalashtirilgan hovli fasadini italyancha uslubda qayta qurish kabi ba?zi ishlarni bekor qildi. Lui XIV va Mansart e?tiborni saroy ibodatxonasiga qaratdilar. Uning qurilishi 1699 -yildan 1710-yilgacha davom etgan. Lui XIVning vorislari Lyudovik XV va Lyudovik XVI asosan Versalni ichki qismiga e?tibor qaratdilar. Lui XV 1730 -yilda shimoliy qanotdagi bal zalida joylashgan Salon d’Gerkulning tugatdi va qirolning shaxsiy xonasini kengaytirdi. Bu esa Elchilar zinapoyasini buzishni talab qildi. 1748-yilda Lui XV saroyning eng shimoliy chekkasida saroy teatri, Versal Qirollik operasi qurilishini boshladi, lekin qurilish 1770-yilgacha kechiktirildi. [7] Qurilish 1740 -yillarda Avstriya taxti uchun urush va [[1756-yilda Yetti yillik urush boshlanishi bilan to?xtatildi. Bu urushlar qirollik xazinasini bo?shatdi va keyinchalik qurilish asosan Lui XVning rafiqasi madam du Barri tomonidan moliyalashtirildi. 1771 yilda Lui XV shimoliy vazirlar qanotini qulab tushayotgani uchun o?zining saroy me?mori Anj-Jak Gabriel tomonidan neoklassik uslubda qayta qurdi. Bu ish ham moliyaviy cheklovlar tufayli to?xtatildi va 1774-yilda Lui XV vafot etganida bitdi. 1784-yilda Lyudovik XVI Versal saroyini to?liq ta?mirlashdan oldin qirol oilasini qisqa muddatga Sent-Kluga ko?chirdi, ammo moliyaviy qiyinchilik va siyosiy inqiroz tufayli qurilish boshlana olmadi. 1789 -yilda fransuz inqilobi qirol oilasi va hukumatini Versaldan abadiy siqib chiqardi. [8]

Versal saroyi Lui XIV siyosatining ko?zgusi bo?lib, fransuz san?ati va madaniyatining ifodasi hamda qirol hokimiyatini markazlashtirish uchun xizmat qilgan. Lyudovik XIV birinchi marta Versalda 1664, 1668 va 1674-yillarda bir qator ballar o?tkazib, bundan o?zini ko?z-ko?z qilish uchun foydalangan. Saroy Versalga 1682-yilga kelib ko?chdi. Ammo bu ham rasmiy ravishda emasdi, chunki Fransiya zodagonlari orasida Versal haqidagi fikrlar har xil edi. 1687-yilga kelib, Versal Fransiyaning amalda poytaxti ekanligi hammaga ayon bo?ldi va Lui XIV Versalga zodagonlarni jalb qilishga muvaffaq bo?ldi. Aynan Versal saroyida 1685-yilda Lyudovik XIV Genuya elchisi, 1686-yilda Ayuttaya qirolligidan, 1715-yilda Safaviylar Eronidan elchilarni qabul qildi. 1789-yilda fransuz inqilobi yillari bir necha ming erkak va ayollardan iborat olomon nonning qimmatligi va tanqisligiga norozilik bildirib, Parij bozorlaridan Versalgacha yurishdi. Ular shahar qurol-aslaha omboridan qurol olib saroyni qamal qilishdi va ertasi kuni qirol, qirol qirol oilasi ketishi bilanoq saroy yopildi. [9] [10] 1792-yilda Milliy konvensiya-yangi inqilobiy hukumat barcha rasmlar va haykallarni saroydan Luvrga o?tkazishni buyurdi. 1793-yilda Konvensiya monarxiyaning bekor qilinishini e?lon qildi va saroydagi barcha qirollik mulkini kim oshdi savdosida sotishni buyurdi. Kim oshdi savdosi 1793-yil 25-avgustdan 1794-yil 11-avgustgacha bo?lib o?tdi. Saroyning jihozlari va san?at buyumlari, jumladan, mebellar, oynalar, vannalar va oshxona jihozlari hammasi sotildi. Buyuk Fransiya inqilobidan so?ng Versal muzeyga aylantirildi.

Foydalanilishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1793 -yildan boshlab bo?sh katta xonalar ekskursiyalar uchun ochildi va ba?zi xonalarga fransuz rasmlari muzeyi va san?at maktabi ochildi. Napoleon Bonapart 1804-yilda Fransiyani egallaganda, u Versalni o?zining qarorgohi qilish haqida o?yladi, ammo ta?mirlash xarajatlari tufayli bu g?oyadan voz kechdi. 1870-1871-yillardagi Fransiya- Prussiya urushi paytida saroyni g?alaba qozongan nemis armiyasining bosh shtabi egallagan. Saroy qismlari ko?zgular galereyasi harbiy kasalxonaga aylantirildi. Vilyam I davrida Prussiya va uning atrofidagi nemis davlatlarini birlashtirgan Germaniya imperiyasining tashkil etilishi 1871-yil 18-yanvarda ko?zgular zalida rasman e?lon qilindi. Nemislar 1871-yil mart oyida sulh imzolanmaguncha saroyda qolishdi. O?sha paytda Parijni , keyin esa Bordoni tark etgan yangi Uchinchi Fransiya Respublikasi hukumati saroyga ko?chib o?tdi. Milliy Assambleyaning yig?ilishlari Opera teatrida bo?lib o?tdi. Bu qirol qarorgohida Fransiya uchun va jahon tarixida ham muhim bo?lgan ko?plab halqaro shartnomalar imzolangan. Masalan, 1783-yilda AQsh mustaqilligi uchun urushni to?xtatish shartnomasi, 1789 -yilda Inson va fuqarolar huquqi deklaratsiyasi, okkupatsiya davrida germaniyalik harbiylar Versalda Germaniya imperiyasini tuzish e?lon qilingan, 1919 -yilda Birinchi Jahon urushini to?xtatish shartnomasi imzolangan, Versal tizimi boshlanishiga ham xizmat qildi ? urushdan keyingi xalqa-

ro aloqa tizimi deb nom oldi.

1979 -yilda Versal saroy-bog? majmuasi YUnesko butunjahon madaniy meros ro?yxatiga kiritildi.

Arxitekturasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Versal qurilishi absolyutizm o?z kuchini eng yuqori cho?qqisini egallaganda o?ylab topilgan va amalga oshirilgan. Absalyutizm inqirozga yuz tutgan yillar Lui XIV podsholigida Versalning qullash davri edi. Qurilishda markazlashtiril- gan monarxiya g?oyasi aks etgan, feodal tarqoq davlat birlashtirilib, yagona Fransiyaga aylantirildi. Ijtimoiy qayta qurilish va xo?jalikning rivoji Versal qurilishi bilan bog?liq va muvaffaqiyat shu yo?sinda aks etgan. oynali galereya nafaqat yangi yorug?lik va fazoviy yechimni be- radi, balki Fransiya ko?zgu sanoati rivojini ham aks etadi, uning birinchi yutug?i bo?lib, Venetsiya oynalari bilan raqobatlashgan. 1668 -yilda yangi xonalar paydo bo?ladi, mar- mar saroyi devorlari saqlanib qoladi, tashqi fasadning katta qismi yo?q qilinadi. G?arbiy fasad uch marta uzunroq bo?ladi, eski binoning birin- chi qavati qayta qurilgan. Yuqori qavat ayvonga olib chiqadi, marmar saroy bilan bog?ni birlashtiradi. Ikki nafis binolar shimoliy va janubiy fasadlarni uzaytiradi. Janubiy qismida qirolicha zinapoyasi bor, shi- moliy zinapoya elchilar uchun bo?lgan. Levo saroyning tantanavor qis- mini bezashga ulgurmadi. Fransua D’obre ikkita pavilyonni panjara bilan fasadning sharqiy chiziqlari orqali o?rnatgan. shunday qilib ?Qirol saroyi“ tugatiladi. Levo tomonidan yaratilgan Versal Mazarini kordinali o?limidan so?ng unchalik mahobatli ko?rinishga ega emas edi. Uni o?zgartirish uchun XVII asr oxirida yirik me?morlardan biri Jyul Mansar taklif etildi. [11]

Uning rahbarligida saroy yanada mahobatli bo?ladi: 500 metrdan shimoliy va janubiy fasadlari tomon ikkita qanoti quriladi. shimoliy qsmida cherkov joylashgan. Ayvon tepasida yana ikki qavat qurilib, oynali galereya yaratildi. Urush va tinchlik zallari tugatiladi. Undan tashqari, Mansar ikki korpusdan iborat vazirlar saroyini ham yaratadi. Bino tashqi ko?rinishini o?zgartiradi, lekin balandligi qoladi. Mahobatlilik paydo bo?ladi, katta o?lchamdagi va oddiy sokin ritmdagi kompozitsiyadagi barcha elementlar yagona butunlikni namoyish etadi. Versal landshaft me?morchiligi shedevr hisoblanib ? saroy bilan bog?ni alohida ko?rish mumkin emas. saroy qurilishi Levo tomonidan boshlangan bo?lsa, Andre Lenotr Fransiya tarixiga Versal qirol bog?boni bo?lib kirib keldi. Uning g?oyasi bo?yicha Parijdagi Tyuilri bog?lari, Londondagi Marli, moliya vaziri Fukega tegishli Vo-le-Vikont bog?lari yaratilgan. Fuke, ya?ni yosh monarx qiroldan ham zo?r bog?ga ega bo?lgani uchun hatto qamoqqa olingan edi.

Gallereya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ?The Public Establishment“ . Palace of Versailles (31-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2021-yil.
  2. Spaworth 2008 , s. 26.
  3. Bohanan 2001 , s. 66.
  4. Berger 1994 , s. 18.
  5. https://www.pop.culture.gouv.fr/notice/merimee/PA00087673
  6. https://linkparis.com/palace-of-versailles-history/
  7. https://linkparis.com/palace-of-versailles-history/
  8. https://www.britannica.com/topic/Palace-of-Versailles
  9. https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/499597 ?
  10. utm_source=ru.wikipedia.org&utm_medium=referral&utm_campaign=ru.wikipedia.org&utm_referrer=ru.wikipedia.org
  11. https://www.kommersant.ru/doc/3024365

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]