한국   대만   중국   일본 
Usmon I - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Usmon I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Usmon I , Usmon G?oziy , Usmonbey (1258, Sog?ut ; Eskishahar yaqinida ? 1323/24, Bursa ) ? turk sultoni (1299?1323), Usmonlilar sulolasi va Usmonli turk davlatining asoschisi.

Harbiy sarkarda va urug? boshlig?i oilasida tug?ilgan. Otasidan harbiy ishni puxta o?rgangan. 1281-yilda otasi Ertug?ruldan saljuqiylarning Ko?niya sultonligida qarashli shimoli-g?arbiy chegara hududidagi mulkga ega bo?ldi. Bu paytda Ko?niya sultonligi tanazzulga uchrab, bir necha bekliklarga bo?lingan edi. 1289-yili Usmon I ning bey (bek) (arabcha: amir) unvoni Ko?niya sultoni tomonidan e?tirof etilib, unga hokimiyat ramzi ? nog?ora va bunchuk berilgan. 1291-yilda Usmon I Melangiyani zabt etgan va poytaxt (qarorgoh)ni bu yerga ko?chirgan.

1299-yildan U. I mustaqil beklik (beylik) hukmdori. Aynan ushbu yildan yangi mustaqil turkiy davlat tashkil topganligi tarixchilar tomonidan e?tirof qilinadi. Keyinchalik bu beylik o?z asoschisining nomi bilan Usmon beyligi (bekligi), Usmonlilar davlati deb atalgan. Usmonli turk imperiyasi xam shu nomdan olingan. Usmon I yunonlardan Yor Hisor qal?asini ham tortib olgan (1299). Usmon I g?arbda ? Vizantiya imperiyasi yerlarini zabt etish evaziga o?z davlati hududini tobora kengaytirib borgan. Bursani qamal qilib, uning atroflarini egallagan. U. I va uning vorisi (o?gli) ? O?rhan turkiy qabilalar boshliqlarining qurultoyida beklarbegi (bey) ? hukmdorlik unvoniga sazovor bo?lgan. U. I davrida o?g?uz turklarining qay urug?i, keyinchalik Usmonli turk sultonligidagi xalklar usmonlilar deb atalgan. U. I Bursada dafn etilgan. Undan 2 o?g?il: Alouddin va O?rhan qolgan.Afsonalarga ko'ra Usmon Gazi 1326-yil,bursaning fath xabarini eshitib vafot etadi.Ba'zi manbalarda 1ta,ba'zi manbalarda 2ta ayoli bor deb taxmin qilinadi.Kurulus Osman filmida uning roliga Burak Ozchivit qatnashgan.U tuzgan davlat 1922 yil Yosh turklarning Sulton Abdulhamidni taxtdan tushirgani sabab qulaydi

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Erop Gungo?r, Tarixda turkiy davlatlar, T., 2003; Novichev A. D., Tursiya, Kratkaya istoriya, M., 1965.