Uels (hudud)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Senedd Cymru - Uels parlamenti, Kardiff

Uels (Wales) ? Buyuk Britaniyannj ma?muriysiyosiy qismi (tarixiygeografik hudud). Uels yarim orol va unga yondosh Anglsi o.da joylashgan. Maydoni 20,8 ming km². Aholisi 3 mln. kishiga yaqin (2000). Eng katta shahri ? Kardiff. Ma?muriy jihatdan 8 graflikka bo?lingan. Tub aholisi ? valliy (uels)lar.

Mark Dreykford, Uels PA parlamentining birinchi vaziri; 2021-yil may

Yer yuzasining ko?p qismi tog?lik. Eng baland joyi 1085 m. Iqlimi mo??tadil dengiz iqlimi. O?rmon, o?tloq va yalangliklar bor. Toshko?mir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud.

U. xududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (5?6-asrlar) va normand (Pa.)larning Britaniya o.larini bosib olishlari natijasida U. hududidagi kelt qabilalaridan biri bo?lgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga ko?chirilgan. 13-asr oxirida U. hududini Angliya egallab olgan (1536-yil gacha muxtor knyazlik). 1301-yildan ingliz taxtining vorislari "Uels shahzodasi" unvoniga egadirlar.