한국   대만   중국   일본 
Steve Jobs - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Steve Jobs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Steve Jobs

Jobs 2010-yilda
Tavalludi
Steven Paul Jobs

24-fevral 1955-yil
Vafoti 5-oktyabr 2011-yil ( 2011-10-05 )
(56 yoshda)
Palo-Alto , Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Ta?limi Reed kolleji
Kasbi
  • Tadbirkor
  • biznes-magnat
  • investor
Faoliyat yillari 1971?2011
Turmush o?rtog?i
Laurene Powell ( turm.  1991)
Bolalari 4
Otasi Abdulfattah Jandali [1]
Onasi Joanne Carole Schieble Simpson [2]
Imzosi

Steven Paul Jobs ( talaffuzi:  Stiven Pol Jobs ) yoki Steve Jobs (24-fevral 1955-yil ? 5-oktyabr 2011-yil) ? amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple korporatsiyasi asoschisi. Jobs ham ko?p ishni bajara oladigan, ham o?ziga tortadigan mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni ko?pincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga o?rnak bo?la oladigan tadbirkor deb atashadi.

Hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Steven Paul Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tug?ilgan. Uning yoshlik va o?smirlik yillari shu yerda o?tgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar bo?lgani va oila qurmagani uchun go?dakni boqib olish uchun berib yuborishgan. Paul va Clara (qizlik familiyasi: Hagopian) Jobslar esa uni boqib olgan [3] .

Stevening asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy ( arabcha : ??? ?????? ??????? ) ? suriyalik musulmon, asl onasi Joanne Carole Schieble esa amerikalik bo?lgan Ular Universitetda tanishisgan [4] . Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Schieble esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Steve Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Steve Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi . U keyinchalik opalarini qidirishga tushadi [5] [6] .

2003-yil Steve Jobsning oshqozon osti bezida saraton paydo bo?ladi. Davolanganidan keyin avvaliga o?zini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sog?lig?i hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Applening bosh ijrochi direktori (BID) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Steve Jobs 2011-yil 5-oktyabrda 56 yoshda undagi saratonning jalalashi ( metastazi ) tufayli nafasi to?xtab dunyodan ko?z yumdi [7] [8] [9] .

Ish faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Tishlangan olma ? ?Apple. Inc“ kompaniyasi timsoli. ?Apple“ inglizchada ?olma“ degan ma?noni bildiradi.

Dastlabki yillar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1974-yil Steve Jobs maktab davrida tanishgan do?sti Steve Wozniak bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Steve Vozniak o?sha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa bo?ladigan kalkulyatorini sotib, ikki o?smir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Steve Jobs birinchilardan bo?lib kompyuterlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa bo?ladi degan fikrni olg?a surgan.

1977-yil ikki do?st Apple II kompyuterini yasashadi va unga klaviatura bilan ko?rkam quti qo?shishadi. O?sha yili Steve hamkorlardan mablag? to?playdi va Apple Compyuter kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi koputer kompaniyasi bo?ldi. 1983-yil Apple Compyuter oldin ko?rilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari ro?yxati bo?lgan ?Fortune 500“ safiga kiradi.

1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun mo?ljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan bo?lib ekranda kursorni boshqaradigan ?sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga mo?ljallangan Macintosh kuchli kompyuteri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI ) texnologiyasidan qo?llanilgan.

2011-yil 21-dekabrda Steve Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir bo?lgani uchun Budapeshtda uning xotirasiga ilk bronza haykal o?rnatildi. [10]

NeXT [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1985-yil Steve Jobs ichki nizolar tufayli o?zi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs o?zi bilan besh ishchini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning kompyuter bo?limini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar studiyasi kompyuter animatsiyasi sohasida eng ilg?or kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil ?O?yinchoqlar tarixi“ ( Toy Story ) ? tarixda birinchi butunlay kompyuterda ishlangan filmni chiqaradi.

1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshlig?i lavozimiga ko?tariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs ko?p hissa qo?shgan iMac degan bittagina qismdan iborat kompyuter sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi.

iPod, iTunes, iPhone va iPad [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

2001-yil Apple musiqa tinglash uchun mo?ljallangan iTunes programmasini chiqardi. O?sha yili partativ musiqa pleyeri iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo bo?yicha xaridorlarga manzur bo?ldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy ko?chirib olindi. 2007-yil ko?p funksiyali iPhone telefoni, 2010- yil esa iPad planshet kompyuteri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotlar ishlab chiqilishi va ommaga tadbiq qilinishini Jobsning shaxsan o?zi faol olib borgan.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. (unspecified title)
  2. ? С. 3.
  3. ?Steve Jobs: adopted child who never met his biological father“ . Daily Telegraph  (2011-yil 6-oktyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2018-yil 18-sentyabr.
  4. ?Steve Jobs: A tribute to the cousin I never met“ . gulfnews.com . 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  5. Steve Jobs, ilg?or texnologiya asoschisi, vafot etdi , voanews.com
  6. Apple muallifi Steve Jobs olamdan o‘tdi , bbc.co.uk
  7. Apple kompaniyasi asoschisi Steve Jobs vafot etdi ( Wayback Machine saytida 2011-10-08 sanasida arxivlangan ), infoman.uz
  8. Steve Jobs, Apple?s Visionary, Dies at 56 , The New York Times
  9. Umer Steve Djobs , Lenta.ru
  10. ?Steve Jobs statue unveiled in Hungary science park“  (21-dekabr, 2011). 2012-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 5-aprel, 2012.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Steve Jobs haqida sahifa mavjud.