한국   대만   중국   일본 
Social media marketing - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Social media marketing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Social Media Marketing ( SMM ; Tarjimasi: ,,Ijtimoiy tarmoqlarda marketing??), mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish. [1] Social Media Marketing bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlash ham hisoblanadi. SMM hozirda nafaqat katta kompaniyalar, o?z bozorlari faollari, balkim, o?rta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, o?z mijozlari bilan qayta aloqani yo?lga qo?yishmoqda.

SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo?lgan vazifalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • brand yaratish va uni yurgizish/tanitish;
  • brandni mashhur qilish, unga bo?lgan qiziqishni oshirish;
  • PR;
  • kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
  • mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo?lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko?rsatish.

SMM hozirda bajaradigan vazifasiga ko?ra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda ko?pchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.

SMM O?zbekistonda [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Hozirgi kunda O?zbekistonda ham SMM rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar 2019-yilga nisbatan 49% oshdi. [2] 18 milliondan oshiq Internet foydalanuvchilar Telegram ijtimoiy tarmog?idan foydalanib kelmoqda. Bu raqamga asoslanib aytish mumkinki, Telegram O?zbekistonda eng ommabop ijtimoiy tarmoq deb hisoblash mumkin. Hozirgi kunda telegram, instagram, YouTube va Tik tok ijtimoiy tarmoqlari orqali aktiv holatda foydalanib kelinmoqd.

SMM chi nima bilan shug’ullanadi? [3] [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • publikatsiya qilish uchun postlarni tayyorlaydi, kontent reja tuzadi
  • kontent yaratish jarayonlarini nazorat qiladi: matnlarni yozish, dizaynini yaratish, video roliklar yaratish
  • infopovodlarni kuzatib yuradi va ularga kompaniya nomidan fikr bildiradi
  • potensial mijozlarning savollariga javob beradi. Sharhlarga izoh qoldiradi
  • Ijtimoiy tarmoqlarda pullik reklamani yoqadi
  • SMMning samaradorligini kuzatadi va tahlil qiladi

SMMning samaradorligini qanday aniqlashimiz mumkin? [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Samaradorlikni aniqlashda harbir ijtimoiy tarmoq kesimida yoki umumiy baholash kerak bo’ladi. Marketing metrikalar quidagilardan iborat:

  • Ijtimoiy tarmoqlardan korxona saytiga o’tganlar soni
  • Ijtimoiy tarmoqlardan kelgan foydalanuvchilarni saytda o’zini tutishini ko’rish orqali
  • Konversiya.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]