Sepsis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sepsis ( yunoncha : sepsis ? chirish, irish) (qonga mikroblar kirishi, umumiy yiringli infeksiya, qonga yiring tushishi) ? yiringlatuvchi mikroblarning mahalliy infeksiya o?chog?idan qon oqimiga, limfa yo?llariga, ulardan esa bemorning hamma to?qima va a?zolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infeksion kasallik. Infeksiya tushgan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (chipqon, xo?ppoz, flegmona va boshqalar) S. manbai bo?lishi mumkin. Kindikning yiringlashi chaqaloklar Siga sabab bo?ladi. Bachadon bo?shlig?ining yiringlashi natijasida tug?ruqdan keyingi S. paydo bo?ladi. Odatda, stafilokokk, streptokokk, kamrok, pnevmokokk, gonokokk, ichak tayokchasi va boshqa mikroblar S.ni qo?zg?atadi.

S rivojlanishiga, birinchidan, yiringli jarayonni keltirib chiqargan mikroblar virulentligi (kasallik qo?zg?atishi)ning yuqoriligi, ikkinchidan, bemorning ozib ketishi, vitamin yetishmasligi va boshqa kasalliklar oqibatida organizm himoya kuchining pasayib ketishi sabab bo?ladi.

S.ning eng og?ir turida mikroblar qonda ko?payib, uni o?z zaharli mahsulotlari (toksinlar) bilan zararlaydi, qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) ni yemiradi. S.ning bu turida gavda temperaturasi 39?40° gacha ko?tariladi, bemorning eti uvushadi, bu g?arqg?arq terlash bilan almashinib turadi. Ba?zan teri sarg?imtir tusga kirib, unga toshmalar toshadi. S.ning birmuncha yengil hollarida mikroblar qonda ko?paymay, qon oqimi bilan turli a?zo va to?qimalarga tarqaladi, natijada ularda ko?p sonli yiringli o?choqlgr hosil bo?ladi. Bunday hollarda S. uzoqroq kechib, yiring boylagan joy qosil bo?layotgan paytda og?irlashib, madda yorilgandan so?ng yoki operatsiyadan keyin bir qadar yengillashib turadi.

S.ga faqat kasalxonada davo qilinadi. S. profilaktikasi har qanday yiringli jarayonda ? jarohat yiringlaganda, hasmol, flegmona paydo bo?lganda o?z vaqtida vrachga murojaat etishdan iborat. Turmushda shikastlanishlarning oldini olish, mayda shikastlarni, ayniqsa, jarohatlarni o?z vaqtida davolash zarur. Chaqaloqni parvarish qilayotgan ona aseptika qoidalariga qat?iy amal qilishi kerak (qarang Antiseptika Aseptika ). [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil