한국   대만   중국   일본 
Saraton (kasallik) - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Saraton (kasallik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kompyuter tomografiyasida ko?ringan xavfli mezotelioma o?smasi.

Saraton ( lotincha : cancer  ? ?qisqichbaqa“), deb hujayralarning atipik o?sishiga aytiladi. Atipik o?sish bunday hujayralar qarishi yoki jarohatlanishiga qaramay cheksiz ko?payishi bilan ifodalanadi. Sog?lom hujayradan farqli o?laroq, bunday hujayralarda tabiiy o?lim holati o?chirilgan, ya?ni ular to?xtovsiz bo?linish jarayonida bo?ladi.

Saraton mutatsiyaga uchragan hujayralarga qarab asosiy 4 guruhga bo?linadi. Karsinoma ? epitelial to?qimalarda, sarkoma ? mezenxemal to?qimalarda, leykemiya ? qon ishlab chiqaruvchi ilikda, limfoma va miyeloma ? immunitet tizimi hujayralarida va bosh miya hujayralarida atipik rivojlanishni anglatadi. Tabiiyki saratonning ?suyuq“ turlari o?sma paydo qilmaydi.

Saraton badanda joylashishiga qarab ham tasniflanishi mumkin, ya?ni ko?krak bezi saratoni, o?pka saratoni va hokazo [1] .

Tamaki iste'moli saraton kasalligida o?limning taxminan 22% sababchisi hisoblanadi [2] . Shuningdek 10% semizlik , noto?g?ri ovqatlanish , jismoniy faollikning yetishmasligi yoki spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste?mol qilish ham saraton kasaligiga olib keladi [2] [3] [4] . O?ziga xos viruslar, bakteriyalar va parazitlar bilan infeksiya butun dunyo bo?ylab saraton kasalliklarining taxminan 16-18% ni keltirib chiqaradigan ekologik omil hisoblanadi [5] . Yuqumli viruslarga Helicobacter pylori , gepatit B , gepatit C , inson papilloma virusi infektsiyasi , Epstein-Barr virusi , Inson T-limfotrop virusi , Kaposi sarkomasi bilan bog?liq gerpes virusi va Merkel hujayrali polioma virus kiradi. Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) to?g?ridan-to?g?ri saraton kasalligini keltirib chiqarmaydi, lekin u immunitet tanqisligini keltirib chiqaradi, bu boshqa infektsiyalar tufayli xavfni, ba?zan bir necha ming martagacha ( Kaposi sarkomasi holatida) oshirishi mumkin. Muhimi, gepatit B va inson papilloma virusiga qarshi emlash saraton xavfini deyarli yo?q qiladi. Atrof-muhit omillari, hujayra genlarini o?zgartirishga harakat qiladi [6] . Odatda, saraton rivojlanishidan oldin ko?plab genetik o?zgarishlar yuzaga keladi [6] . Saraton kasalliklarining taxminan 5-10% irsiy genetik nuqsonlarga bog?liq [7] . Saraton ma?lum belgilar va alomatlar yoki turli xil testlari orqali aniqlanishi mumkin [8] . Keyinchalik tibbiy ko?rikdan o?tkazish orqali qo?shimcha tekshiriladi va biopsiya bilan tasdiqlanadi [9] . Chekmaslik, sog?lom vaznni saqlash, spirtli ichimliklarni iste?mol qilishni cheklash, ko?p miqdorda sabzavot, mevalar va donli maxsulot larni iste?mol qilish, ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi emlash , qayta ishlangan go?sht iste?molini cheklash orqali ayrim saraton kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytirish mumkin. Ko?krak bezi saratoni ko?pincha radiatsiya terapiyasi , jarrohlik, kimyoterapiya va maqsadli terapiyaning kombinatsiyasi bilan davolanadi [10] [11] . Og?riq va simptomlarni boshqarish parvarishning muhim qismidir [10] . Palliativ yordam kasallik rivojlangan odamlarda muhim ahamiyatga ega [10] . Omon qolish ehtimoli saraton turiga va davolanishning boshida kasallikning darajasiga bog?liq [12] . 15 yoshgacha bo?lgan bolalarda tashxis qo?yilganda, rivojlangan dunyoda besh yillik omon qolish darajasi o?rtacha 80% ni tashkil qiladi [13] . Qo?shma Shtatlardagi saraton kasalligi uchun o?rtacha besh yillik omon qolish darajasi barcha yoshdagilar uchun 66% ni tashkil qiladi [14] .

Yana qarang [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?pka saratoni davolash
  2. 2,0 2,1 ?Cancer“ . World Health Organization (2018-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  3. ?Obesity and Cancer Risk“ . National Cancer Institute (2012-yil 3-yanvar). 2015-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2015-yil 4-iyul.
  4. "Long-Term Alcohol Consumption and Breast, Upper Aero-Digestive Tract and Colorectal Cancer Risk: A Systematic Review and Meta-Analysis". Alcohol and Alcoholism 51 (3): 315?30. May 2016. doi : 10.1093/alcalc/agv110 . PMID   26400678 .  
  5. ?Global burden of cancer attributable to infections in 2018: a worldwide incidence analysis - The Lancet Global Health“ .
  6. 6,0 6,1 World Cancer Report 2014 . World Health Organization, 2014 — Chapter 1.1 bet. ISBN  978-92-832-0429-9 .  
  7. ?Heredity and Cancer“ . American Cancer Society . 2013-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2013-yil 22-iyul.
  8. ?Cancer“ . World Health Organization (2018-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  9. ?How is cancer diagnosed?“ . American Cancer Society (2013-yil 29-yanvar). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2014-yil 10-iyun.
  10. 10,0 10,1 10,2 ?Cancer“ . World Health Organization (2018-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  11. ?Targeted Cancer Therapies“ . cancer.gov . National Cancer Institute (2018-yil 26-fevral). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  12. World Cancer Report 2014 . World Health Organization, 2014 — Chapter 1.1 bet. ISBN  978-92-832-0429-9 .  
  13. World Cancer Report 2014 . World Health Organization, 2014 — Chapter 1.3 bet. ISBN  978-92-832-0429-9 .  
  14. ?SEER Stat Fact Sheets: All Cancer Sites“ . National Cancer Institute. 2010-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan . Qaraldi: 2014-yil 18-iyun.

Adabiyotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Murodxo?jayev N. K., Ocherki sovremennoy onkologii, Toshkent, 1998.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]