Sahna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sahna

Sahna ? 1) teatr binosining tomosha ko?rsatiladigan qismi. Birinchi teatr binolari, jumladan, Qad. Xitoy, Hindiston , Turon, Yunonistonda paydo bo?lib, asrlar davomida o?zgarib borgan. Hozirgi teatrlar, odatda, uch qavatli qutisimon shaklda quriladi. 1-qavati S. osti (tryum)dan iborat. O?rta qavati tomoshabinlarga yaqqol ko?rinib, asosiy voqealar shu yerda aks ettiriladi. Bu joy "sahna oynasi" deb yuritiladi. S. maydoni (plansheti), odatda, tomosha zalidan 0,8?1,1 m baland bo?ladi.

S.ning asosiy chegarasi ? pardadan tomosha zaliga turtib chiqqan old S. (qarang Avanssena ) oldida yoki ostida orkestr yoki cholg?uchilar joylashadi. Drama teatrlarida bu yerdan ham ayrim voqealarni ko?rsatish, qahramonlarni chohdan chiqarish yoki unga kiritib yuborish maqsadida foydalaniladi. Yuqori S o?rta S. peshtokidan boshlanadi. Uning shipi panjaralangan bo?lib, bu yerda dekoratsiyalarni tushiribko?taradigan texnik moslamalar o?rnatilgan. S. tepasida maxsus joylarga S. ishchilari, yorituvchilarning bir qismi o?rnashadi. S yonida yoki orqa tomonida dekoratsiyalar turadigan "S.cho?ntagi" deb ataluvchi xonalar ham bo?ladi.

O?zbekiston hududidagi Xorazm, Baqtriya, Kushon, Sug?d, Parkana davlatlarida qad. yunon teatriga o?xshash yoki bo?lmasa shohsupa shaklida o?rtada kurilgan tomoshagohlar bo?lganligi ma?lum. O?rta asrlarda sozanda, xonanda, raqs va kulgi ustalari ? mashara va muqallidlar tomosha ko?rsatuvchi tarabxonalar, ayvonlar va ko?shklar paydo bo?lib, ular S vazifasini o?tashi ham ko?zda tutilgan. 20-asrga kelib, zamonaviy shakldagi o?zbek teatri uchun qishki va yozgi teatr binolari qurildi. Astasekin S.ning texnik jixrzlari, pardalari murakkablasha bordi. Shu kunlarda davlat tasarrufidagi 36 teatr turli ko?rinishdagi binolar va Sta ega. O?zbek milliy akademik drama teatri binosi o?z joyida qayta qurildi va S.si eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi; 2) keng ma?noda ? teatr.

Muhsin Qodirov. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil