Regbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Regbi

Regbi ( Angliyaning Regbi shaharchasi nomidan) ? sport o?yini. Ikki jamoa (har biri 15 kishidan) uzunligi 27?29 sm bo?lgan tuxumsimon shakldagi to?p bilan Nsimon darvozali maxsus maydonchada (kattaligi 95?100x65?68 m) o?ynaydi. O?yin (40 daqiqadan 2 taym davom etadi)dan maqsad ? to?pni bir-biriga qo?lda (orqaga) yoki oyoqda (xohlagan yo?nalishda) oshirib, uni raqib maydonidagi darvoza chizig?i orqasiga tushirish yoki darvozaga kiritishdan iborat. Raqibni ushlab yoki yelka bilan turtib yiqitib, unga xalaqit berish mumkin. O?yin qoidasi buzilganda ?olishuv“ ? to?p talashish belgilanadi. Ko?p ochko to?plagan jamoa (to?pni yerga tegizish ? 4 ochko, to?pni darvozaga kiritish ? 3 yoki 2 ochko) yutgan hisoblanadi. Bu o?yin Qad. Xitoy va Qadimgi Rimda tarqalgan. Zamonaviy regbi o?yini 1823-yilda Angliyada paydo bo?ldi. 1888-yilda regbi bo?yicha xalqaro musobaqa o?tkazildi. 1900, 1908, 1920, 1924-yilda regbi Olimpiada o?yinlari dasturiga kiritildi. Regbi Xalqaro havaskorlar federatsiyasi FLRA (1934-yil tuzilgan) ga 40 dan ortiq mamlakat a?zo. 1960-yildan FLRA Kubogi (norasmiy jahon chempionati) o?tkaziladi.

Regbi sporti O?zbekistonda 1969-yil ?Lokomotiv“ jamiyati huzurida vujudga keldi. 1970?1971-yillarda Toshkent politexnika institutida regbichilar jamoasi tashkil qilindi. 1982?1991-yillarda regbi bo?yicha Jonibekov kubogi musobaqalari o?tkazildi. O?zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalar (1988, Buyuk Britaniya , 1989, Janubiy Koreya ) da ishtirok etdi. O?zbekiston regbi federatsiyasi (2001-yil qayta tuzilgan) Osiyo federatsiyasi ? ARFUning a?zosi. Mamlakatimizda regbi bo?yicha 50 ga yaqin sport ustasi, 200 ga yaqin sport ustaligiga nomzod bor [1] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil