한국   대만   중국   일본 
Ragnar Frisch - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Ragnar Frisch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ragnar Frisch
Tavalludi 3-mart 1895 [1]
Vafoti 31-yanvar 1973
Fuqaroligi Norvegiya

Ragnar Frisch ( norv. : Ragnar Anton Kittil Frisch ; 1895.3.3 Oslo 1973.31.1) - norveg iqtisodchisi, Norvegiya Fanlar akademiyasi a?zosi (1931). Oslo shahridagi universitetda o?qigan. Oslo universiteti huzuridagi Iqtisodiyot instituti direktori (1931?1965); Yel (1930), Sorbonna (1933) universitetlarida iqtisodiyot bo?yicha leksiyalar o?qigan. Iqtisodiy nazariyada matematik yo?nalish vakili. Ekonometrika asoschisi, birinchilardan bo?lib makro va mikroiqtisodiy taxlil sohalari chegaralarini ko?rsatdi, iqgisodiy jarayonlarni tahlil qilishda qo?llaniladigan iktisodiy siklning dinamik modelini yaratgan. Iqgisodiymatematik programmalashtirish usullaridan foydalangan holda iqtisodiy rejalashtirishda qarorlar qabul qilish modelini ishlab chiqsi. Frisch taklif etgan iktisodiy o?sish usullari va modellari, shuningdek, milliy hisoblarnk tuzish tartiblari Norvegiya va boshqa mamlakatlarning byudjet, statistika organlari faoliyatida keng qo?llanilgan. Iqgisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureatlaridan biri (Ya. Tinbergen bilan birga, 1969) [2] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]