Qilichbozlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qilichbozlik ? sport turi, qoida asosida tig?li sport qurollari ? rapira, sablya, shpaga vositasida yakkama-yakka o?tkaziladigan musobaqa. Sportchilar maxsus to?rli niqob, himoya vositasi bor.Oq kiyim va qo?lqop kiyadi. Berilgan sanchish(ukol) larni qayd etish uchun rapira va sablya musobaqasida kiyim, shamshir musobaqasida shpaganing o?zi elektron tizimga ulanadi.

Rapira [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Uzunligi-110 sm; og?irligi-500 g. Musobaqasida elektron, gavda va ko'krak qafasi yopuvchi nimchaga kiyiladi. Faqat unga sanchilgan ukol haqiqiy deyiladi va hisobga olinadi. Va yana ikkala ishtrokchilarda ham maxsus chirog'i yonsa unda faqat hujum (qilichbozlik tilida ataka)qilgan ishtrokchiniki hisoga olinadi. Ko'p holatlarda bahslar vaqt tugaguncha olib boriladi.

Sablya [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Uzunligi -105 sm; og'irligi-500 g. Musobaqasida gavdaning beldan yuqori qismiga.

Shpaga [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Italyan tilidan olingan bolib.Bu sovuq quroldir. To'g'ri yassi yoki uchburchakli tutqili tig'. XVI asrda keng tarqalgan bo'lib u zodagonlarni ajratin tiruvchi quroli hisoblangan. Uzunligi-110 sm, og'irligi- 770 g,u eng og'ir qurol. Uning 135 millimetrli gardasi bilan ishtirokchi qolini yaxshi yopib turadi. Shpaga qirralaring kengligi 24 mmdan 3ta bo'ladi. Shpaganing uch qismida knopaga o'xshash murakkab tuzilishga ega moslama bor u agarda raqibga tegsa maxsus chiroq yonadi.Agarda u yerga, maxsus qilichbozlik yolagiga va shpaga gardasiga tegsa yon tomondagi kichik sariq chiroq yonadi va u hisonlanmaydi. Musobaqasida ishtrokchilar raqibining hohlagan joyiga oyog'idan to boshiga qadar sanchish(ukol) haqiqiy deb hisobga olinadi.Shpaga eng qiyin turdan bittasi hisoblanadi.Shpagada agarda ikkala ishtirokchini ham maxsus chirog'i bir vaqtda yonsa ikkala ishtirokchiga ham bal hisoblanadi.

Qilichbozlik Yo'laklari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Musobaqalar eni 2 m, uzunligi 18 m bo'lgan yo?laklarda o;tkaziladi

Qoidalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

3 minnutdan 3 taym bo'ladi. Har bir taymdan so'ng tanaffus 1 minutdan bo'ladi.Musobaqning guruh(qilichbozlik tilida pulka)bahs 5 ochkoga qadar olib boriladi.Undan so'ng olimpia turidek ya'ni chiqarib yuborish turida bahs 15 ochkoga qadar olib boriladi. Davrada hisob teng bo?lib qolsa, qur?a tashlanadi (prioritet) va qo?shimcha belgilangan 1 min. Vaqt ichida birinchi sanchish(ukol) bergan sportchi g?olib sanaladi. Agar tomonlar sanchish bera olmasa, g?olib tashlangan qur?aga ko?ra aniqlanadi.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qadimdan kishilik jamiyati turmush tarzining bir qismi bo?lgan, sport turi sifatida esa 15?16-asrlardan Ispaniya va Italiyada shakllana boshlagan. 1517-yil italiyalik A.Marotssi Q. bo?yicha ilk o?quv qo?llanmasini yaratdi. 17-asr oxirlarida Fransiyada qoidalari ishlab chiqildi va musobaqalar o?tkazildi. 1896-yildan Q. olimpiada o?yinlari dasturiga kiritilgan.1937-yildan Q. bo?yicha jahon chempionati o?tkazib kelinadi. Q. AQSH, Vengriya, Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarda keng rivojlangan.

Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1913-yil 29-noyabr Fransiyaning Parij shahrida Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi (FIE) tuzildi, unga birinchi bo'lib ta'sischi mamlakatlar Belgiya, Bogemiya(hozirgi nomi Chexiya), Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shvetsariya azo boladilar.Hozirda unaga 120 dan ortiq davlatlar azo.

O‘zbekistonda qilichbozlik [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?zbekistonda qilichbozlik sport turi sifatida 20-asrning 50-yillaridan ommalashdi. O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan so‘ng a?zo bo‘ladi. 1998-yil 6-noyabrdan O‘zbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi Prizdenti etib Olimpia O‘yinlari kumush medal sohibi Ro‘ziyev Sobirjon Sobitovich saylanadi. 1954-yildan qilichbozlik bo?yicha O?zbekiston chempionati o?tkaziladi. Respublikada qilichbozlikning rivojlanishida Kseniya tojiyeva, Iosif Markin, Dmitriy Itsenko, Po?lat Abdurazzoqov, Igor Artishkin, Shavkat Turdiqulov kabi murabbiylar katta hissa qo?shishdi. Sobir Ro?ziyev, Aleksandr Paraxin, Vitaliy Logvin, Valeriy Zaxarevich, Svetlana Filimonova, Anisa Petrova, Baxtiyor G?aniyev, Dilorom Karimqulova singari qilichbozlar olimpiada o?yinlari, jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarda sovrindor bo?lishgan. Hozirgi kunda O?zbekistondagi 13 ta Q.ka ixtisoslashgan bolalar-o?smirlar sport maktabi va to?garaklarda 46 nafar murabbiy qo?l ostida 648 kishi (189 nafari ayol) Q. bilan shug?ullanadi (2005).

2014-yilda O‘zbekiston tarixidagi qilichbozlik bo‘yicha birinchi xalqaro hakam Aida Xasanova bo‘ldi. Qurolning barcha uch turlari bo‘yicha xalqaro chempionatlar va musobaqalar hakamidir.

Qilichbozlik Olimpiya O'yinlarida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qilichbozlik birinchi bo'lib birinchi yozgi olimpiya o'yinlaridanoq 1896-yil AFINA kiritilgan. Unda faqat erkaklar bahs olib borganlar. Undagi birinchi olmpiya g'oliblar Fransuz E.Gravelot va Grersiyalik Y.Georgiadis hisoblanadi.

O'zbekiston chempionatlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bugungi kunda har yili mavsumning bishidan oxiriga qadar har xil yosh toifalarida O'zbekiston chempionatlari, O'zbekiston kuboklari va Xalqaro musobaqalar bo'lib o'tadi. Ulat kadet, yunior va senior yosh toifalari bo'yicha bellashishadi. Va munisiblar taqdirlanib terma jamoa safiga qo'shilishadi.