Prussiya qirolligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Prussiya qirolligi
nemischa : Konigreich Preußen


1701 ? 1918



Prussiya qirolligining bayrog?i Prussiya qirolligining gerbi
Madhiya
nemischa : Heil dir im Siegerkranz

Shimoliy German ittifoqi tarkibidagi maydoni
Poytaxti Berlin
Til(lar)i Olmon
Pul birligi Reyxstaler (1750-yilgacha)

Pruss taleri (1750 - 1857)
Ittifoq taleri (1857 - 1871)
Oltin marka (1871 - 1914)
Qog?oz marka (1914-yildan)

Maydoni 118 926 km² (1740-yil)
194 891 кkm² (1786-yil)
348 779,87 km² (1910-yil)
Aholisi 730 000 (1713)
2 240 000 (1740)
5 340 000 (1786)
10 349 031 (1816)
24 689 000 (1871)
34 472 509 (1910)
Boshqaruv shakli Absolyut monarxiya (1848-yilgacha)
Konstitutsion monarxiya (1848-yildan)
Sulola Gogentsollernlar
Qirollar
 - 1701?1713 Fridrix I
 - 1713-1740 Fridrix Vilgelm I
 - 1740-1786 Fridrix II
 - 1786-1797 Fridrix Vilgelm II
 - 1797-1840 Fridrix Vilgelm III
 - 1840-1861 Fridrix Vilgelm IV
 - 1861-1888 Vilgelm I
 - 1888-1888 Fridrix III
 - 1888-1918 Vilgelm II
Tarix
 -  1701 Prussiya qirolligining tuzilishi
 -  1806 Fransuz okkupatsiyasi
 -  1815 Qayta uyg?onish
 -  1848 Konstitutsiyaning qabul qilinishi
 -  1871 German imperiyasining tuzilishi
 -  1918 Revolyutsiya

Prussiya qirolligi ( nemischa : Konigreich Preußen ) ? 1701-yildan 1918-yilgacha mavjud bo?lgan nemis qirolligi. 1871-yildan imperiya hududining uchdan ikki qismini boshqargan holda Prussiya German imperiyasining yetakchi davlati hisoblangan. Brandenburgda joylashgan Berlin uning asosiy shahri bo?lsada, qirollik o?z nomini Prussiya tarixiy viloyatidan olgan.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1701: Brandenburgning yangi bosqichga o?tishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Brandenburg-Prussiyaning Buyuk kurfyursti Fridrix Vilgelm I 1688-yilda vafot etadi. Uning mulklari Prussiya qiroli Fridrix Iga (1701-1713) aylangan o?g?li Fridrix IIIga o?tadi.

Prussiya gersogligini hisobga olmaganda Brandenburgning barcha yerlari nomiga Gabsburglar humronligi ostida bo?lgan Muqaddas Rim imperiyasining tarkibiga kirgan. Imperiyada faqat bitta nemislar qiroli mavjud bo?lishi sababli Fridrixga imperator Leopold Ining qaroriga muvofiq (ispan vorisligi uchun urushda Fransiyaga qarshi ittifoq evaziga) 1701-yil 18-yanvarda imperiya tarkibiga kirmagan yerlarda ?Prussiya qiroli“ sifatida toj kiydirildi. Imperiyada faqat bitta ?nemislar qiroli“ mavjud bo?la olishi sababli 1772-yilgacha prussiya monarxlari ?Prussiya dagi qirol“ unvoniga ega bo?lishgan. Yangi paydo bo?lgan qirollik 1713-yilda Utrext bitimiga ko?ra boshqa davlatlar tomonidan tan olindi.

1702?1740: Qirollikning o?sishi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qirollikning hududlari 1200 km masofada bo?linib yotardi. Uning hududlari Boltiq dengizining janubi-sharqidagi Prussiya knyazligi, Brandenburg, Reynlanddagi Mark va Ravensburg ekskavlaridan iborat edi. Yangi Prussiya qirolligi juda qambag?al edi ? O?ttiz yillik urushdan so?ng qayta tiklash ishlari borayotgan edi. 1708-yilda qirollik aholisining uchdan biri o?lat qurboni bo?ldi. 1710-yilda o?lat kasalligi poytaxt ? Berlindan 80 km uzoqlikdagi Prenslau shaxrida to?xtadi.

Shvetsiya Rossiya, Saksoniya, Rech Pospolita (Polsha), Daniya-Norvegiya, Gannover va Prussiyaga qarshi Shimoliy urushda (1700-1721) mag?lub bo?lib, Boltiq dengizining janubiy qirg?og?idagi yerlarini yo?qotdi. Stokgolmda 1720-yilning yanvarida imzolangan rus-shved bitimiga muvofiq Prussiya Shtettin va Shvetsiyaning Pomeraniyadagi boshqa hududlariga ega chiqdi.

1740?1760: Sileziya urushlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1740-yilda Fridrix II taxtni egalladi. U 1537-yilgi shartnomani bahona qilib, Sileziyaga bostirib kirib, Avstriya vorisligi uchun urushni boshladi. Bu shartnomaga ko?ra Sileziya hukmdorlari Pyastlar sulolasida davomchi tugasa bu hudud Brandenburgga o?tishi kerak edi. Sileziyaning tezda egallanishidan so?ng Prussiya Avstriya ersgersogi Mariya Tereziya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushib, buning evaziga Sileziyani talab qildi. Taklif rad etildi, lekin Avstriya ko?plab yangi raqiblarga duch kelganligi sababli 1742-yilgi Berlin bitimiga binoan Sileziya Prussiyaga o?tdi.

Avstriya ko?pchilikni hayratda qoldirib, urushni yangiladi. 1744-yilda Fridrix Bogemiyaga bostirib kirdi. U muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Avstriyaga bosimi sababli 1748-yilda Ikkinchi Axen bitimi imzolandi. Bunga ko?ra Sileziyaning katta qismi Prussiyaga berilishidan tashqari hech qanday hududiy o?zgarishlar ro?y bermadi.

Urushda obro?sini yo?qotgan Avstriya Fransiya va Rossiya bilan ittifoq tuzish harakatiga tushdi. Prussiya esa Buyuk Britaniya bilan ittifoq tuzishda bir qancha muammolarga duch keldi.

1756-1757-yillarda Fridrixning ikkinchi marta Saksoniya va Bogemiyada bostirib kirishi Yetti yillik urush boshlanishiga sabab bo?ldi. Prussiya armiyasi bu urushda Yevropaning ko?plab buyuk davlatlari armiyalariga qarshi urushib katta obro? topdi. Bu urushda Rossiya, Fransiya, Avstriya va Shvetsiya ittifoqiga qarshi Prussiya, Buyuk Britaniya va Gannover ittifoqi qarshi kurashdi. 1760-yilning oktabrida ruslar vaqtinchalik Berlin va Kengsbergni egallashganda Fridrix o?z hududlariga bo?lgan jiddiy bosqin xavfini oldini oldi. Vaziyat qirollik uchun yomonlashishda davom etdi, lekin rus imperatori Yelizaveta Petrovna vafotidan so?ng vaziyat tezda o?zgardi. Ittifoqga Pyotr III boshchiligida Rossiya qo?shilgach sharqiy xatarning oldi olindi. Xuddi o?sha paytda urushdan Shvetsiya chiqdi.

Prussiya Burkersdorfdagi jangda Avstriya armiyasini mag?lub etgach, qit?ada tinchlik o?rnatildi. Bu natija Prussiyani nemis davlatlari orasida yetakchi qilib, qirollikni Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylantirdi. Qirollikning qariyb yo?q bo?lib ketishi xavfini ko?rgan Fridrix shundan so?ng bironta ham urush boshlamadi.

Prussiya armiyasi

Prussiya armiyasining asosini mushketyorlar , shuningdek grenaderlar , fuzilerlar va nayzachilar tashkil etgan, kavaleriya kirasirlar , dragunlar va gusarlardan tashkil topgan.

1772-, 1793-, 1795-yillar: Rech Pospolitaning bo?lib olinishlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Prussiyaning janubida va sharqida XVIII-asr davomida inqirozga yuz tutgan Rech Pospolita (Polsha) joylashgan edi. Rossiyaning polyak siyosatiga ta?siri kuchayuvi va hududi kengayishidan xavotirlangan Fridrix 1772-yilda Rossiya, Prussiya va Avstriya o?rtasidagi Rech Pospolitaning birinchi bo?linishida qatnashdi. Prussiya qirolligi Polshaning katta qismini shu jumladan Varmiyani bosib oldi. Kelgusi yili bosib olingan hududlardan G?arbiy Prussiya provinsiyasi tuzildi. Bosib olingan yangi hududlar qirollikning sharqiy va g?arbiy qismlarini birlashtirdi.

1786-yilda Fridrix vafotidan so?ng Fridrix Vilgelm II Polsha bo?linishini davom ettirdi va 1793-yilda Prussiya Polsha g?arbining katta qismini bosib oldi.

1795-yilda Rech Pospolita yo?q bo?ldi va G?arbiy Prussiyaning janubidagi katta hududlar (shu jumladan, Varshava) Prussiya hududiga aylandi. Bu yangi hududlardan Yangi Sileziya , Janubiy Prussiya va Yangi G?arbiy Prussiya provinsiyalari tuzildi.

1806?1815: Napoleon urushlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Muqaddas Rim imperiyasi 1806-yilda Napoleonning Avstriya ustidan g?alabalari tufayli tugatild. Brandenburgning kurfyurst (saylovchi knyaz) unvoni bema?no bo?lib qoldi va bekor qilindi. Bu vaqtda Gogentsollernlarning ko?plab unvonlari bor edi: kurfyurst, buyuk knyaz, turli hududlar gersogligi va boshqalar. 1806-yildan so?ng u faqatgina Prussiya qiroli unvoniga ega bo?lib qoldi.

Prussiyaning 1806-yilda Yena va Auershtadtdagi jangdagi mag?lubiyati sababli qirol Fridrix Vilgelm III vaqtinchalik Memelni tark etishga majbur bo?ldi. 1807-yilgi Tilzit sulhiga ko?ra Prussiya Polshaning ikkinchi va uchinchi bo?linishida olingan hududlar va Elba daryosining g?arbidagi barcha hududlarni, ya?ni, o?z hududining yarmini yo?qotdi. Qirollikning qolgan barcha qismi fransuz askarlari tomonidan okkupatsiya qilinib, qirol Fransiya bilan ittifoq tuzishga va Kontinental blokadaga qo?shilishga majbur bo?ldi.

Napoleon Rossiyada mag?lubiyatga uchragach Prussiya ittifoqdan chiqib fransuz okkupatsiyasiga qarshi ?ozodlik urushlari“ ( nemischa : Befreiungskriege ) davomidagi Oltinchi koalitsiya urushida qatnashdi. Marshal Gebhard Leberext fon Blyuxer boshchiligidagi pruss askarlari 1815-yilda Vaterloodagi asosiy jangda qatnashib g?alabga o?z hissalarini qo?shishdi.

1815: Prussiya Napoleondan so?ng [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1807-1871-yillardagi Prussiya ekspansiyasi

G?laba qo?shgan hissalari uchun Prussiya Vena kongressiga chaqirildi va Saksoniyaning 40 %, shuningdek, Reynlandning katta qismiga ega chiqdi. Prussiyaga Polshaning uchinchi bo?linishida o?tgan katta hududlar Rossiya imperiyasidagi Polsha qirolligiga qo?shib berildi.

Prussiyadagi bu o?zgarishlar tufayli qirollik o?nta viloyatga bo?lindi. G?arbiy Prussiya, Sharqiy Prussiya va Poznan tarkibida bo?lmagan qirollikning katta qismi Muqaddas Rim imperiyasi o?rniga kelgan olmon ittifoqi qismiga aylandi.

1848-yilgi revolyutsiya tufayli Gogentsollern-Zigmaringen va Gogentsollern-Hehingen 1850-yilda Prussiyaga qo?shib olindi.

1848?1871: Germaniyani birlashtirish uchun urushlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Prussiya Avstro-pruss urushidan so?ng (1866)

Vena kongressidan ellik yil o?tgach Nemis ittifoqida yagona nemis davlati tuzish va kichik nemis qirolliklari tuzumini saqlab qolish tarafdorlari o?rtasida muammo kelib chiqdi. 1834-yilda Avstriya imperiyasi kiritilmagan Germaniya bojxona ittifoqining tuzilishi ( nemischa : Zollverein ), a?zo davlatlarda Prussiya ta?sirini kuchaytirdi. 1848-yilgi inqilob natijasida Frankfurt parlamenti qirol Fridrix Vilgelm IVga Germaniyani Prussiya atrofida birlashtirish taklifini berdi. Fridrix VIlgelm inqilobchilar qirollik tojini taklif qilishga huquqlari yo?q deya bu taklifdan voz kechdi. Lekin bu inkorning boshqa sababi bor edi: o?sha vaqtlarda Avstriya va Prussiya o?rtasidagi ichki kurash davom etayotgandi. Germaniyaning tuzilishi Prussiyani Avstriya bilan urushtirib qo?yardi.

1848-yilda Daniyaning Shlezvig va Golshteyn gersogliklaridagi kekin boshqaruvi Daniya va nemis ittifoqi o?rtasidagi Birinchi Shlezvig urushiga (1848-1851) sabab bo?ldi. Urushda Daniya mag?lub etildi, lekin Prussiya tashqi bosim ostida ikkala gersoglikdan voz kechishga majbur bo?ldi.

1862-yilda Otto fon Bismark qirol Vilgelm I tomonidan Prussiya bosh vaziri etib saylandi. Bismark german davlatlarini Prussiya qo?l ostida birlashtirishga qat?iy ahd qilgandi va bu maqsadga yetishtirgan uch urush davomida Prussiyani boshqardi.

Bu uch urushdan birinchisi 1864-yilda Avstriya yordamida Prussiya tomonidan boshlangan Ikkinchi Shlezvig urushi edi. Daniya mag?lubiyatga uchrab Shlezvig va Golshteynni mos ravishda, Prussiya va Avstriyaga berdi. Shlezvig va Golshteynni bo?lishishdagi muammolar Prussiya va Avstriya o?rtasidagi yetti haftalik urushga (1866-yil) olib keldi. Bu urushda Prussiya Italiya qirolligi va ko?plik shimoliy-german davlatlarini bilan ittifoqda Avstriya imperiyasiga qarshi urushdi. Avstriya ittifoqi mag?lub etilib, Gannover qirolligi , Gessen buyuk gersogligi , Nassau gersogligi va Frankfurt erkin shahri kabi nemis davlatlari Prussiyaga qo?shib olindi. Bu g?alabaning eng muhim natijasi Prussiyaning Reyndagi hududlari qirollikning asosiy qismi bilan birlashtirilganligi bo?ldi. Urushga sabab bo?lgan Shlezvig va Golshteyn Prussiya boshqaruvi ostiga o?tdi. Ayni shu paytda Prussiya o?zining eng katta holatiga yetib, Germaniyaning uchdan ikki qismini egalladi va shu chegaralarda 1918-yilgacha qoldi.

Urush natijalariga ko?ra Olmon ittifoqi tugatilib, uning o?rniga Prussiya 1867-yilda Mayn daryosining shimolidagi 21ta davlatni birlashtirgan Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzdi.

Bu yangi davlatda Prussiya yetakchi bo?lib, uning hududlarining beshdan to?rt qismiga ega edi. Uning yetakchiligi Bismark tomonidan tuzilgan konstitutsiyada mustahkamlangan edi. Ijro hokimiyati prezidentlikka yuklatilib, nomiga pruss qiroliga tegishli edi. Kansler faqat qirolgagina hisobot berardi. Shuningdek, ikki palatali parlament ham tuzildi. Quyi palata, yoki Reyxstag umumxalq erkaklar ovozlari bilan saylanardi. Yuqori palata, yoki Bundesrat hukumat tomonidan tayinlanardi. Bundesrat Reyxstagdan kuchliroq hisonlanardi. Prussiya ittifoqdagi 43 ovozdan 17tasiga ega bo?lib, ittifoqda yetakchi kuch edi. Janubiy olmon davlatlari (Avstriyadan tashqari) Prussiya bilan harbiy ittifoq tuzishga majbur bo?lishdi. Bismark bu yo?lni Germaniyani birlashtirishning oson yo?li deb hisobladi. Qirol Vilgelm Avstriyani egallashga ahd qilgan bo?lib, Bismark uni bu fikrdan qaytardi. Bismark Avstriya kelajakda nemis ishlariga aralashishini xohlamagandi. Shuningdek, u Avstriyani kelajakda kerakli ittifoqdosh bo?ladi deb hisobladi.

Germaniyaning birlashtirishning ohirgi bosqichi Bismark boshchiligida Prussiya imperator Napoleon III boshchiligidagi Fransiyaga qarshi e?lon qilingan Fransiya-Prussiya urushi (1870-yil) bo?ldi. Avstriya-Prussiya urushidan so?ng kelisha olish qobiliyatlari kuchaygan olmon davlatlari birgalikda o?z askarlarini tezda to?plab, Fransiyani mag?lub etishdi. Bu pruss g?alabasi tufayli Parij yaqinidagi Versal qasrida Vilgelm 18-yanvar 1871-yilda (birinchi pruss qiroli Fridrix Iga toj kiydirilganidan roppa-rosa 170 yil o?tgach) fransuz poytaxti qamal qilinayotgan bir paytda German imperiyasi imperatori deb e?lon qilindi.

1871?1918: Prussiyaning o?sishi va qulashi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Prussiya Germaniya imperiyasi tarkibida (1871?1918-yillar)

Prussiya qiroli shtandarti, 1844-71 Bismark tuzgan imperiya kontinental Yevropaning eng kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Shimoliy German ittifoqidagiga o?hshab Prussiya imperiya tarkibida ham mutlaq hukmron edi. Prussiya imperiya hududining beshdan uchiga va aholisining uchdan ikkisiga ega edi. Imperatorlik toji Gogentsollernlar sulolasiga tegishli bo?lib qoldi.

Lekin bo?lajak muammolarning ildizi imperiya va pruss tizimlari orasidagi katta farqlarda edi. Imperiyada 25 yoshdan katta erkaklar umumiy teng huquqli ovoz berish huquqiga ega edilar. Xuddi shu paytda Prussiyada cheklangan uch tabaqali ovoz berish tizimi mavjud edi va aholining 17,5 %i hayotning barcha sferalari boshqarar edi. Prussiya bosh vaziri ikki davrni (1873-yil yanvar ? noyabr va 1892-1894-yillar) hisobga olmaganda bir vaqtda imperiya kansleri ham hisoblanardi. Bu esa imperiya mavjud bo?lgan davrning katta qismida qirol/imperator va bosh vazir/kanslerga ikki mutlaq bir-biridan farq qiladigan qonunchilik va saylov tizimlarida ishlashga to?g?ri kelgan.

Bismark qolgan Yevropa yangi reyxning kuchidan xavfsirab, imperiyani yoqtirmasligini tushunib Berlin kongressiga o?xshash bitimlar bilan tinchlikni saqlashga intilgan.

Vilgelm I 1888-yilda vafot etadi va uning o?rniga Fridrix III taxt o?tiradi. Yangi imperator inglizlarni yoqtirardi va keng qamrovli liberal islohotlarni o?tkazishni rejalashtirgandi. Lekin u taxtga o?tirganidan atigi 99 kun o?tib, vafot etadi. Uning o?g?li 29 yoshli Vilgelm II taxtga o?tiradi.

Tajribasiz imperator liberal islohotlarni to?xtatib, imperiyani Bismarkka topshirib qo?yadi. Lekin shu paytda u Bismark bilan kelisha olmaydi. Yangi kayzer o?zining qarindoshlari sanalmish britan va rus qirollik oilalari bilan munosabatlarni yomonlashtirib, boshida ularning raqibiga va so?ngra, dushmaniga aylanadi. Vilgelm II 1890-yilda Bismark o?z vazifasidan chetlashtirib, tashqi siyosatda Germaniyani yakkalashtirishga olib kelgan militarizatsiya va avantyurizm yo?lidan boradi.

Avstro-Vengriyaning Serbiya bilan muammosi paytida kayzer dam olishga ketib qoladi va imperiyadagi davlatlarning o?z askarlarini safarbar etishlari Birinchi Jaxon Urushiga (1914-1918) olib keladi. Bolsheviklar urushdan chiqish uchun 1918-yilgi Brest bitimiga ko?ra Prussiyaga chegaradosh bo?lgan Rossiyaning g?arbidagi katta hududlarni nemislarga topshirishga rozi bo?lishadi. Bu hududlar ustidagi nemis boshqaruvi atigi bir necha oy davom etadi va urushdagi mag?lubiyat, shuningdek, kayzerni taxtdan voz kechishga majbur qilgan inqilob tufayli tugaydi.

Urushdan keyingi Versal shartnomasi Germaniyani urush uchun javobgarlikni o?z bo?yniga olishga majbur qiladi. Shartnoma nemislar imperiyani e?lon qilgan Versal qasrida imzolanadi.

Urush tugamasidan Germaniyada Vilgelm IIni 1918-yil 9-noyabrida qirollik va imperiya taxtidan voz kechishga majburlagan Noyabr inqilobi boshlanadi. Prussiya qirolligining nomi Prussiya ozod davlatiga o?zgartiriladi.

Prussiya tarkibi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Prussiya qirolligining asosiy hududlari Brandenburg-Prussiyani tashkil etuvchi Friul Brandenburgi va Prussiya gersogligi edi.

Pomeraniya Prussiyaga 1648-yilda qo?shib olindi.

1720-yilda Shvetsiyadan tortib olingan hududlar bilan birga bu yer Pomeraniya provinsiyasiga aylanadi.

Prussiyaning Sileziya urushlaridagi muvaffaqiyatlari 1740-yilda Sileziya provinsiyasi tuzilishiga olib keladi.

1772-yilda Polshadan tortib olingan Qirollik Prussiyasi va Varmiya G?arbiy Prussiya provinsiyasiga aylandi, Prussiya gersogligi esa Varmiyaning bir qismi bilan Sharqiy Prussiya provinsiyasiga aylandi.

Netze daryosi bo?ylab olingan hududlardan Notez okrugi tuziladi. 193-1795-yillarda Polshadan tortib olingan hududlarda Yangi Sileziya , Janubiy Prussiya va Yangi Sharqiy Prussiya provinsiyalari tuziladi. Bu uch provinsiyaning qariyb barchasi (Janubiy Prussiyaning g?arbidan tashqari) 1815-yilda Vena kongressiga binoan Netze okrugi bilan birga Rossiyaga beriladi.

Vena kongressidan keyin g?arbda Prussiya tomonidan olingan yirik hududlarda o?nta provinsiya tuziladi. Bu provinsiyalar:

1822-yilda Julich-Cleves-Berg va Quyi Reyn Reyn provinsiyasiga birlashtirildi. 1829-yilda Sharqiy va G?arbiy Prussiya Prussiya provinsiyasiga aylantirildi, lekin 1878-yilda yana boshqatdan bo?lindi. Gogentsollern-Zigmaringen va Gogentsollern-Hehingen knyazliklari 1850-yilda Gogentsollern provinsiyasiga aylantirildi.

1866-yilda Avstro-pruss urushidagi g?alabalardan so?ng Prussiyaga o?tgan hududlardan Gannover , Gessen-Nassau va Shlezvig-Golshteyn provinsiyalari tuzildi.