한국   대만   중국   일본 
Peter Handke - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Peter Handke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peter Handke
Tavalludi 6-dekabr, 1942-yil (79 yoshda)
Griften, Avstriya
Ijod qilgan tillari Nemis tili [1] , Fransuz tili va Sloven tili
Fuqaroligi Avstriya [2] [3]
Yo?nalish Yozuvchi, dramaturg
Mukofotlari

Georg Buchner Prize (1973) Vilenica International Literary Prize (1987) International Ibsen Award (2014)

2019 Nobel Prize in Literature

 

Peter Handke (1942-yil 6-dekabrda tug?ilgan) avstriyalik yozuvchi, dramaturg, tarjimon, shoir, kinorejissyor va ssenariy muallifi. U 2019-yilda ?inson tajribasining qirralari va o‘ziga xosligini til zukkoligi bilan o‘rgangan salmoqli ishi uchun“ adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Handke 20-asrning ikkinchi yarmida nemis tilida ijod qilgan eng nufuzli va o?z yo?liga ega yozuvchilardan biri hisoblanadi.

1960-yillarning oxirlarida u ? Publikumsbeschimpfung“ (1966) Kaspar (1967) kabi pyesalari bilan avangard-grade a?zosi sifatida shuhrat qozondi. ? Publikumsbeschimpfung“ pyesasida aktyorlar teatr tabiatini tahlil qilib, tomoshabinlarni ranjitishlari va ular qo?yayotgan ?spektakli“ni alqashlari tasvirlangan. Uning romanlari, asosan, o?ta ob’ektiv, o?ta og?ir ruhiy holatdagi qahramonlar haqida hikoya qiladi: ?The Goalie?s Anxiety at the Penalty Kick (1970) va "The Left Handed Woman" (1976) asarlari shular jumlasidandir [4] . 1971-yilda onasining o?z joniga qasd qilishidan qattiq ta?sirlangan ijodkor ? Wunschloses Unglyuk “ (1972) nomli o?z hayotini aks ettiruvchi romanini yozadi. Uning asarlarining asosiy mavzusi ? oddiy til, kundalik voqelik va oqilona tartibning tahlikali ta?siri va irratsionalligidir [4] . Handke Grazer Gruppe (mualliflar uyushmasi) va Grazer Autorenversammlung a?zosi bo?lgan va Frankfurtdagi Verlag der Autoren nashriyot uyiga asos solgan. U rejissyor Vim Venders bilan hamkorlik qilib, "Wrong Move" va "Wings of Desire" kabi ssenariylarni yaratdi.

1973 yilda u nemis tili adabiyoti olamidagi eng muhim mukofotlardan biri Georg Buchner mukofotini qo?lga kiritdi. Ammo 1999-yilda NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilishiga qarshi norozilik belgisi sifatida mukofot pulini Germaniya til va adabiyot akademiyasiga qaytarib berdi. Handkega Serbiyaning marhum prezidentini qo?llab-quvvatlaganligi sababli munozarali shaxs deb qaraladi; shuning uchun Handkega Nobel mukofotini berish to?g?risidagi qaror xalqaro miqyosda turli xil ommaviy va akademik ziyolilar keltirib chiqardi, yozuvchilar va jurnalistlar tomonidan muhokama qilindi.

Hayoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yoshlik davri va oilasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Handke Griffen shahrida, German Reichning Gau Carinthiya viloyatida tug?ilgan. Uning otasi Erich Schonemann bank xodimi va nemis askari bo?lib, Handke balog?at yoshiga qadar u bilan uchrashmagan. Onasi Mariya, karintiyalik sloven, Peter tug?ilishidan oldin Berlindan kelgan tramvay konduktori va Vermaxt askari Bruno Handkega turmushga chiqqan. Oila 1944-yildan 1948-yilgacha Berlinning Sovetlar tomonidan bosib olingan Pankow tumanida yashagan, u yerda Mariya Handke yana ikkita farzandni, Peterning o?g?ay singlisi va o?gay ukasini dunyoga keltirgan. Keyin esa, ular oila onasi tug?ilib o?sgan shahri Griffenga ko?chib o?tishdi. Peter o?gay otasi alkogolizm tufayli tobora zo?ravonlashib borayotganini ko?rib ulg?aydi.

1954-yilda Handkeni Sankt Veit an der Glandagi Tanzenberg Castle katolik o?g?il bolalar internatiga yuborishdi. U yerda u Fackel nomli maktab gazetasida o?zining birinchi qo?lyozmasini chiqardi. 1959-yilda u Klagenfurtga ko?chib o?tdi va u yerda o?rta maktabga borib, 1961-yilda Universitety of Graz oliygohida huquqshunoslik bo?yicha o?qishni boshladi.

1971-yilda Handkening onasi o?z joniga qasd qildi. Yozuvchi bu hodisani o?zining ? Wunschloses Unglyuk “ ( Orzular ortidagi qayg?u ) romanida aks ettirgan.

Grazni tamomlagach, Handke Dyusseldorf , Berlin, Kronberg , Parij, AQSh (1978-1979) va Salsburgda (1979-1988) yashadi. 1990-yildan beri u Parij yaqinidagi Chaville kommunasida istiqomat qiladi. Peter Handke haqida rejissyor Corinna Belz Piter Handke: In the Woods, Might Be Late (2016) nomli hujjatli film suratga olgan. 2012-yildan beri Handke Serbian Academy of Sciences and Arts akademiyasining a?zosi hisoblanadi. U, shuningdek, serb pravoslav cherkovining a?zosi hamdir.

2019-yil noyabr oyining boshida Handke 1990-yillarning oxirida Yugoslaviya pasporti va fuqaroligini olgandan so‘ng avtomatik ravishda Avstriya fuqaroligini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lishi mumkinligi yuzasidan tegishli organlar tomonidan rasmiy tergovdan o‘tkazildi.

Ish faoliyati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

O?qish paytida Handke yozuvchi sifatida o?zini ko?rsatdi va yosh yozuvchilar uyushmasi Grazer Gruppe ( Graz mualliflar assambleyasi) bilan aloqa o?rnatdi. Guruh adabiyot bo?yicha Manuscripte jurnalini nashr etdi, bu jurnalda Handkening dastlabki asarlari chop etilgan edi. Guruhda, shuningdek, Wolfgang Bauer va Barbara Frischmuth kabi ijodkorlar ham bo?lgan.

1965-yilda, Handke Germaniyaning Suhrkamp Verlag nashriyoti uning ?Die Hornissen“ romanini nashrga qabul qilgandan so?ng, o?qishni tark etdi. U 1966-yilda Nyu-Jersi shtatining Prinston shahrida 47 -guruhga mansub avangard rassomlarining yig?ilishida qatnashganidan keyin xalqaro miqyosda e?tibor qozondi. O?sha yili Frankfurtdagi Theater am Turm teatrida uning ? Publikumsbeschimpfung “ ( Tomoshabinlarni ranjitish ) spektaklining premyerasi bo?lib o?tdi. Handke 1969-yilda yangi tijoriy konsepsiya bilan Verlag der Autoren nashriyotining asoschilaridan biriga aylandi. U 1973-yilda Grazer Autorenversammlung hammuassisi bo?lib,1977-yilgacha uning a?zosi bo?lib qoldi.

Handkening 1966-yilda Frankfurtda premyerasi bo‘lgan va uni mashhur qilgan ? Publikumsbeschimpfung “ ( "Tomoshabinlarni ranjitish" ) nomli birinchi pyesasi ilk an?anaviy syujetsiz eksperimental pyesa edi. O?zining ikkinchi ? Kaspar “ asarida u Kaspar Hauserning hikoyasini ?konformistik ijtimoiy bosimlarning allegoriyasi“ sifatida taqdim etdi.

Handke rejissyor Wim Wenders bilan ? Die Angst des Tormanns beim Elfmeter “ filmining suratga olinish jarayonida hamkorlik qilish bilan birga, ? Falsche Bewegung “ ( "Noto?g?ri harakat" ) va ? Der Himmel uber Berlin “ ( "Berlin uzra uchar istak qanotlari" ) filmlarining ssenariysini va film uchun Les Beaux Jours d’Aranjuez (Aranjuezning go?zal kunlari ) she?rini yozgan. U, shuningdek, filmlarga rejissyorlik qilgan bo?lib, jumladan, o?zining ? Die linkshandige Frau“ asaridan keyin ? The Left Handed Woman “ va "Die Abwesenheit" asaridan so?ng ?The Absence“ filmlarini suratga olgan. Uning "The Left Handed Woman " filmi 1978-yilda namoyish etilgach, shu yili Kann kinofestivalida ?Oltin palma“ mukofotiga nomzod bo?lgan va 1980-yilda Germaniyaning Arthouse Cinema uchun Gold Award mukofotiga sazovor bo?lgan. Leonard Maltin?s Movie Guide taqrizlar to?plamida bu film shunday ta?riflanadi: ?Ayol erining ketishini talab qiladi va eri bu talabni bajaradi. Vaqt o?tadi … va tomoshabinlar uxlab qolishadi“. Handke, shuningdek, 1975-yilda ? Falsche Bewegung “ ( "Noto‘g‘ri harakat" ) filmi ssenariysi uchun German Film Award tanlovining oltin mukofotiga sazovor bo‘ldi.1975-yildan beri Handke Evropaning Petrarca-Preis adabiy mukofotining hakamlar hay’ati a?zosi hisoblanadi.

2019-yilda Handke ?inson tajribasining qirralari va o‘ziga xosligini til zukkoligi bilan o‘rgangan salmoqli ishi uchun“ adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi [5] .

Adabiy qabul [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1977-yilda, "A Moment of True Feeling" asarini ko?rib chiqqach ,Stanley Kauffmann Handkeni ?Semyuel Bekketdan keyingi xalqaro sahnadagi eng muhim yangi yozuvchi“ deb yozgan. Jon Apdayk ?Nyu-Yorker“da xuddi shu romanni ko?rib chiqdi va u ham xuddi shunday taassurotga ega bo?lib, ?uning (Handkening) kuchli shiddatini va pichoqdek o?tkirligini inkor etib bo?lmaydi“, deb ta?kidladi. ?U psixologiyadan tashqarida, kamdan-kam uchrovchi qat?iy his-tuyg?ular geologik tahlil qilingan maydondan turib yozadi“ degan edi u. Frankfurter Allgemeine Zeitung uni ? G?arbiy Germaniya tanqidchilarining qadrdoni“ deb ta?riflagan. Hugo Hamiltonning ta?kidlashicha, o?zining debyut asaridan beri Handke ?tomoshabinlarni sinab ko?rdi, ilhomlantirdi va hayratda qoldirdi“. Joshua Koen Handke ?urushdan keyingi davrning nemis tilidagi buyuk nasriy uslublaridan biriga, chuqur, tezkor va oqimga zid daryo ritorikasiga murojaat qilganini“ ta?kidlagan bo?lsa, Gabriel Yosipovici ?so?nggi asarlari haqidagi shubhalarga qaramay“, uni urushdan keyingi davrdagi eng muhim nemis yozuvchilaridan biri deb ta?riflagan. WG Sebald Handkening murakkab nasridan ilhomlangan. ?Repetition“ essesi haqida ?ajoyib va uzoq davom etuvchi taassurot qoldirdi“ deb yozgan edi."Bilmayman, ? deb davom etadi u, ? agar qattiq mashaqqat va havoyi sehr o?rtasidagi majburiy aloqa bog?lanadigan bo?lsa, bu ?Repetition“ asaridagichalik go?zal tasvirlanishi imkonsiz". Karl Ove Knausgard Wunschloses Unglyuk' " asarini ?zamonimizda nemis tilida yozilgan eng muhim kitoblardan biri“ deb ta?riflagan. Kitob va uning muallifi Knausgardning ? My Struggle “ asarida ham maqtovga sazovor bo‘lgan [6] .

Qarashlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

1996-yilda Handkening ? Eine winterliche Reise zu den Flussen Donau, Save, Morawa und Drina oder Gerechtigkeit fur Serbien“ sayohatnomasi (ingliz tilida ?A Journey to the Rivers: Justice for Serbia“ nomi bilan nashr etilgan) bahs-munozaralarga sabab bo?ldi, chunki unda Handke Yugoslaviya urushlari davridagi qurbonlar orasida bo?lganligi tasvirlangan. Xuddi shu asarda Handke G‘arb ommaviy axborot vositalarini urushning sabablari va oqibatlarini noto‘g‘ri ko‘rsatayotgani uchun ham tanqid qilgan.

Sebastian Hammelehlening yozishicha, Handkening ko?plab bahs-munozaralarga sabab bo?lgan Yugoslaviya urushlari haqidagi nuqtai nazari, ehtimol, romantizatsiyalashgan bo?lishi mumkin, ammo bu urush muxbirining emas, balki yozuvchining nuqtai nazarini ifodalaydi. Amerikalik tarjimon Scott Abbott, Handke bilan Yugoslaviya bo?ylab sayohat qilgan va undan so?ng ko?plab esselari nashr etilgandan so?ng, Handke Yugoslaviyani ?Germaniya va Avstriyadagi kabi millatchilik yo?q bo?lgan, aql bovar qilmaydigan darajada boy va ko?p madaniyatli davlat“ deb hisoblashini aytdi. Abbott Handke mamlakatning parchalanishini utopiyaning yo?qolishi deb bilishini ham ta?kidlaydi. Joshua Koen "Moravian Night" asarini ko?rib chiqib, Handkening tasviridagi Yugoslaviya mamlakat emas, balki o?zining ramzi, adabiyot yoki ?Yevropa romani“ timsoli ekanligini ta?kidladi. Volker Hagening yozishicha, "Moravian night " ?kosmopolitik xarakterga ega“ bo?lib, asar Handkening yozuvchi sifatidagi hayotining avtobiografik qisqacha mazmunini ham ifodalaydi. Tanjil Rashid ?Handkening romanlari, pyesalari va memuarlarida eskilik sarqitlarining salbiy ta?sirlarini aks ettiradi“, deb ta?kidlagan edi.

1999-yilda ?Voyage by Dugout “ pyesasi sahnalashtirilgandan so?ng, Handke boshqa yozuvchilar tomonidan qoralandi: Syuzan Sontag Handkeni ?to?xtatish kerak“ deb ta?kidladi. Salmon Rushdiy uni ?ahmoqliklari“ tufayli ?Yilning xalqaro telbasi“ nomiga nomzod deb e?lon qilgan bo?lsa, Alen Finkielkraut uni ?mafkuraviy yirtqich hayvon“ deb atadi va Slavoj Zizek uning ?serblarni sinizm bilan ulug?lashini“ ta?kidladi. 2014-yilda Handke Xalqaro Ibsen mukofoti bilan taqdirlanganida, bu hakamlar hay’atining iste?foga chiqishiga sabab bo?ldi.

Biroq, o?z ishining ingliz matbuoti tomonidan noto?g?ri talqin qilinishiga qarshi chiqqan Handke, Serblar qirg?inini ?Bosniya serblari uchun mas’ul bo?lgan do?zaxiy qasos, abadiy sharmandalik“ deb ta?rifladi. Tilning noaniqligi va siyosiy tabiati bilan bog?liq bu tashvish Handke nuqtai nazaridan kelib chiqadi. 2006-yilda bergan intervyusida Handke ommaviy axborot vositalarining ?hamma narsani biladigan“ stereotipli tili haqidagi xavotirlarga izoh berib, ?The Butcher of Belgrade“, (?Belgrad qassobi“) kabi so?zlarni tinimsiz qayta tahrirlagan.

Handkening adabiy shon-shuhratiga 2006-yilda uning siyosati soya solgan edi. Yozuvchining o‘sha yili genotsid va urush jinoyatlari uchun sud qilinayotganda vafot etgan Yugoslaviyaning sobiq prezidenti Slobodan Milo?evi? ni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlaganidan so?ng uning dafn marosimida so?zlagan nutqi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Shu sababli Comedie- Fransaise teatri ma?muri Marsel Bozonnet Handkening ?Voyage au pays sonore ou L’art de la question“ spektaklini kelgusi 2007-yil jadvalidan olib tashladi. Ushbu voqea yana bir bor bir vaqtning o?zida qo?llab-quvvatlovchi va tanqidiy ovozlarni qo?zg?atdi. Fransiya madaniyat vaziri Renaud Donnedieu de Vabres unga yo?llagan maktubida Bozonnetning harakatini bilvosita tanqid qildi va Handkeni vazirlikka taklif qilishga qaror qildi. Uning ijodi senzurasiga qarshi petitsiyaga Emir Kusturica , Patrick Modiano (2014-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori), Paul Nizon , Bulle Ogier, Lyuk Bondy va Handkening hamyurti Elfriede Jelinek (adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori) imzo chekdi. Keyinchalik Handke o?sha yilgi Heinrich Heine mukofotini olish uchun nomzod sifatida tanlandi, ammo mukofotni undan qaytarib olishlaridan oldin uni rad etdi.

2013-yilda Serbiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Tomislav Nikolic ba?zi odamlar nasroniylik uchun azob chekkanlarni hanuzgacha eslab qolishlarini aytib, Handke o‘z qarashlari uchun nafrat qurboni bo‘lganini alohida tushuntirgani uchun unga minnatdorchilik bildirgan edi. Bu haqida Handkega Serbiya Respublikasining ?Buyuk xizmatlari uchun“ oltin medalini topshirish marosimida aytildi.

2014-yilda Handke adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini bekor qilishlarini so?radi va uni ?sirk“ deb atadi.

2020-yil fevral oyida Serbiya Respublikasining ordenlar bo?yicha komissiyasi prezidenti Sima Avramovic Handke ?Serbiya haqiqatini chin dildan himoya qilish“ orqali ?Serbiya va uning fuqarolarini ifoda etishdagi alohida xizmatlari uchun“ uchun Karadjordje Yulduzi ordeni bilan taqdirlanishini aytdi. Serbiyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Vucic Serbiya davlatchiligi kuni munosabati bilan taqdirlanganlarni qutladi.

Nobel mukofotiga munosabat [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Mukofotlar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • 1973: Georg Buchner Prize
  • 1987: Vilenica International Literary Prize
  • 2002: America Award
  • 2002: Honorary Doctor, University of Klagenfurt
  • 2003: Honorary Doctor, University of Salzburg
  • 2008: Thomas-Mann-Preis
  • 2009: Franz Kafka Prize
  • 2012: Mulheimer Dramatikerpreis
  • 2014: International Ibsen Award
  • 2018: Nestroy Theatre Prize for Lifetime Achievement
  • 2019: Nobel Prize in Literature
  • 2020: Order of Karađorđe?s Star
  • 2021: Order of the Republika Srpska

Asarlari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Handke romanlar, pyesalar, ssenariylar, esselar va she?rlar yozgan, ular tez-tez Suhrkamp tomonidan nashr etiladi. Ko?pgina asarlar ingliz tiliga tarjima qilingan. Uning asarlari Germaniya Milliy kutubxonasida saqlanadi, jumladan:

  • 1966 Die Hornissen  [ de ] ( The Hornets ), novel
  • 1966 Publikumsbeschimpfung und andere Sprechstucke ( Offending the Audience and Other Spoken Plays ), play, English version as Offending the Audience and Self-accusation
  • 1967 Kaspar , play, English version also as Kaspar and Other Plays
  • 1970 Die Angst des Tormanns beim Elfmeter ( The Goalie?s Anxiety at the Penalty Kick ), novel and screenplay of the 1972 film The Goalkeeper’s Fear of the Penalty
  • 1972 Der kurze Brief zum langen Abschied ( Short Letter, Long Farewell ), novel
  • 1972 Wunschloses Ungluck ( A Sorrow Beyond Dreams: A Life Story ), semi-autobiographical story
  • 1973 Die Unvernunftigen sterben aus  [ de ] , play
  • 1975 Die Stunde der wahren Empfindung ( A Moment of True Feeling ), novel
  • 1977 Die linkshandige Frau ( The Left-Handed Woman ), screenplay after his 1976 novel
  • 1979 Langsame Heimkehr ( Slow Homecoming ), start of a tetralogy of stories, including Die Lehre der Sainte-Victoire (1980), Uber die Dorfer and Kindergeschichte  [ de ] (1981)
  • 1983 Der Chinese des Schmerzes  [ de ] ( Across ), story
  • 1986 Die Wiederholung ( Repetition ), novel
  • 1987 Der Himmel uber Berlin ( Wings of Desire ), screenplay with Wim Wenders
  • 1990 Das Wintermarchen , William Shakespeare, German translation by Peter Handke. Premiere Schaubuhne Berlin (1990)
  • 1992 Die Stunde, da wir nichts voneinander wußten ( The Hour We Knew Nothing of Each Other )
  • 1994 Mein Jahr in der Niemandsbucht. Ein Marchen aus den neuen Zeiten ( My Year in the No-Man?s-Bay ), novel
  • 2002 Der Bildverlust oder Durch die Sierra de Gredos ( Crossing the Sierra de Gredos ), novel
  • 2008 Die morawische Nacht ( The Moravian Night )
  • 2010 Immer noch Sturm ( Storm Still ), a play about the Slovenian uprising against Hitler in 1945, ISBN  978-3-518-42131-4 ; first performance: Salzburg Festival 2011
  • 2018 Peter Handke Bibliothek . I. Prose, Poetry, Plays (Vol. 1-9), ISBN  978-3-518-42781-1 ; II. Essays (Vol. 10-11), ISBN  978-3-518-42782-8 ; III Diaries (Vol. 13-14), ISBN  978-3-518-42783-5

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. 4,0 4,1 ?Peter Handke summary“ . Encyclopædia Britannica Online . Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  5. ?The Nobel Prize in Literature 2019“ . NobelPrize.org .
  6. Knausgard, Karl Ove . Min kamp. Sjette bok . Oslo: Forlaget Oktober, 2011 — 225 bet. ISBN  9788249515127 .