Peru

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peru Respublikasi
Republica del Peru
Shior Firme y feliz por la Union
(Ispancha: Barqarorlik va Baxt Ittifoq uchun)
Madhiya :   Somos libres, seamoslo siempre
(We Are Free, Let Us Remain So Forever)
Location of Peru
Poytaxt Lima
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
Pedro Pablo Kuczynski
Fernando Zavala
Mustaqillik ( Ispaniyadan )
? Sana
28-iyul 1821
Maydon
? Butun
1,285,216 km 2 ( 20-o?rin )
? Suv (%)
0.41
Aholi
? 2002-yilgi ro?yxat
27,925,628 ( 39-o?rin )
Zichlik 21/km 2
YIM   ( XQT ) 2005-yil ro?yxati
? Butun
AQSh$ 169,500 mil. ( 47-o?rin )
? Jon boshiga
AQSh$ 6,070
Pul birligi Sol ( PEN )
Vaqt mintaqasi UTC ?5
? Yoz ( DST )
UTC ?5
Qisqartma PE
Telefon prefiksi 51
Internet domeni .pe


Peru , Peru Respublikasi (Republica del Peru) ? Janubiy Amerikaning g?arbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 1 mln. 285,2 ming km². Aholisi 27,9 mln. kishi (2002). Poytaxti ? Lima shahri. Ma?muriy jiqatdan 25 departament (departamento) ga bulinadi.

Davlat tuzumi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Peru ? respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan, unga 2000-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig?i ? prezident (2001-yildan Alexandro Toledo Manrike), u to?g?ri va yashirin ovoz berish nuli bilan 5 yil muddatga sailanadi. Prezident ketma-ket ikkinchi muddatga kayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar kengashining raisi va uning tavsiyasiga binoan vazirlarni tayinlaydi.

Tabiati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sohil qismi eni 80?180 km li tekislik (Kosta), markazi tog?lik (Syerra) va sharqi sernam o?rmonli tog? oldi (Selva). Peru maydonining 1/3 kismiga yaqini tog?. Peru And tog?lari bo?ylama vodiylar orqali G?arbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera tizmalariga bo?linadi. Eng baland joyi 6768 m (Uaskaran tog?i). Janubida Puna yassitog?ligi bor. Neft, mis, polimetall, uran rudalari, kumir, tabiiy gaz konlari topilgan. Peru hududining katta qismi iqlimi ? ekvatorga xos va tropik. Yil davomida o?rtacha temperatura sohilda 15?25°, shimolidagi yassitog?liklarda 12?16°, janubida 5?9°, tekislikda 24? 29°. Yillik yog?in tog?larda 1000 mm, Selvada 3000 mm gacha. Ko?p daryolari (Maranon, Ukayali) Amazonka havza-siga mansub. Yirik ko?li ? Titikaka. Sohili va tog? yon bag?irlari butazor va kaktuszor. Tog?larning sharqiy yon bag?ri va tekisliklar doim yashil tropik o?rmonzor.

Hayvonot dunyosi xilma-xil: yaguar, tulki, puma, turli qushlar, sudralib yuruvchilar, guanako, vikunya, maymun, chumolixo?r, yalqov, tapir va h.k. Daryo va ko?llarida baliq ko?p. Milliy bog?lari ? Manu, Serros-de-Amotane va boshqalar.

Aholisi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Aholisining yarmiga yaqini kechua, aymara indeyslari, qolganlari peru-anlar (ispan-indeys metislari). Rasmiy tillar ? ispan, kechua, aymara tillari. Dindorlarning aksariyati ? katolik. Shahar aholisi 72%. Yirik shaharlari: Lima, Kalyao, Arekipa, Truxilo, Chiklayo, Kusko.

Tarixi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Peru hududi qadimgi. zamonlarda inklarning Tauantinsuyu davlati tarkibiga kirgan. 1532?36 yillarda ispan konkistadorlari bu davlatni bosib oldi. 1543-yil Peru Ispaniyaning vitse-qirolligi deb e?lon qilindi va yerlar ispan mustamlakachilari o?rtasida bo?lina boshladi. 1780?83 yillarda in-deyslar Tupak Amaru rahbarligida qo?zg?olon ko?tardi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqillik yo?lidagi urushlari (1810?26) davomida 1821-yil Peru mustaqilligi e?lon qilindi. 1822-yil Peru respublikasi tuzildi va birinchi konstitutsiya qabul etildi. 1825-yil mamlakatning janubi-sharqiy qis-mi ? Yuqori Peru mustaqil Boliviya respublikasi deb atala boshladi. 19-asrning 30-yillari oxiri ?40-yillari boshida konservatorlar bilan liberallar o?rta-sida hokimiyat uchun kurash avj oldi. Peruning Chili bilan urushi (1879?83) oqibatida mamlakat o?z hududining bir qismidan mahrum bo?ldi. l-jahon urushi vaqtida Peru betaraf turdi. 1933-yil qabul etilgan konstitutsiyada prezident ? parlament idora usuli belgilandi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Peru hukumati 1945-yil Germaniya va Yaponiyaga urush e?lon qildi.

1948?56 yillarda hukmronlik qilgan diktatorlik rejimi mamlakatdagi fuqarolar erkinligini tugatdi. Mehnatkashlarning noroziligi kuchayib, hukumatga qarshi keng ko?lamli harakatga aylandi (1950-yil Arekipa shahridagi qurolli qo?zg?olon, 1954?55 yillardagi ish tashlashlar va boshqalar). 1956?62 yilda mamlakatni idora qilgan hukumat demok-ratik erkinliklarni tikladi. 1963-yil hokimiyat tepasiga chiqqan hukumat islohot dasturini e?lon qilgan bo?lsada, aslida xalq manfaatlariga zid yo?l tutdi. 1968-yildagi harbiy to?ntarish natijasida hokimiyatni qo?lga olgan harbiylar iqtisodiy va siyosiy mustaqillik uchun kurash boshladi, tashqi siyosatda mustaqil yo?ldan bordi. 1980-yil o?tkazilgan umumiy saylov yakunida hokimiyat fuqaro hukumatiga topshirildi, mamlakatda konstitutsiyaviy idora usuli tiklandi. 1992-yil aprelda 1980-yilgi konstitutsiya bekor qilin-di, parlament tarqatib yuborildi. 1993-yil yangi konstitutsiya qabul etildi. 2001-yil 3-iyunda bo?lib o?tgan ovoz berishning ikkinchi davrasi yakunida "Peruning kelajagi uchun" partiyasining rahbari Alexandro Toledo Manrike prezident etib saylandi. Peru ? 1945-yildan BMT a?zosi. O?zbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 19-dekabrda tan olgan va 1999-yil dekabrda diplomatiya munosabatlari o?rnatgan. Milliy bayrami ? 28-iyul ? Mustaqillik kuni (1821).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

"Peruning kelajagi uchun", siyosiy partiya; Xalq harakati partiyasi, 1956-yil asos solingan; Xalqxristian partiyasi, 1966-yil tuzilgan; Peru Aprist partiyasi, 1924 i. tashkil etilgan; Peru kommunistik partiyasi, 1928-yil asos solingan; Peru uchun ittifoq partiyasi, 1994-yil tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1956-yil tashkil etilgan. Peru mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1929-yil tuzilgan; Peru mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1992-yil tashkil etilgan.

Xo?jaligi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Peru ? konchilik va kayta ishlash sanoati nisbatan rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda konchilik sanoatining ulushi 10,7%, qayta ishlash sanoatining ulushi 21,5%, qishloq va o?rmon xo?jaligining ulushi 13,2%.

Qishloq xo?jaligida faol aqolining 40% band; dehqonchilik ? yetakchi tarmoq. Mamlakat hududining 3% ga ekin ekiladi, 91% o?tloq va yaylov. Eksport uchun shakarqamish, paxta, kofe, sitrus mevalar, kakao, choy, tamaki, koka bargi yetishtiriladi, ichki iste?mol uchun sholi, makkajo?-xori, bug?doy, arpa, maniok, oq jo?xo-ri, kartoshka, loviya va boshqa ekiladi. Go?sht va jun beradigan chorvachilik rivojlangan: qoramol, cho?chqa, qo?y, ot, shuningdek, lama, alpaka boqiladi, baliqchilik rivojlangan. Ovlangan baliqning ko?p qismidan un va baliq yog?i ishlab chiqariladi.

Sanoati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Sanoati da turli foydali qazilmalarni qazib olish katta ahamiyatga ega. Jahon bozorida Peru vismut, surma, molibden, volfram, simob, selen, tellur yetkazib berishda salmokli urin oladi. Shu metallarning asosiy qismi Oroya shahridagi polimetall kombinati va Chim-bote shahridagi metallurgiya kombinatida eritiladi. Talara, La-Pampilyadagi va Lima yaqinidagi zavodlar yiliga 8,5 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Oziqovqat va to?qimachilik tarmoklari rivojlangan. Mashinasozlik (shu jumladan, kemasozlik va avtoyig?uv), kimyo, rezina, sellyuloza-qog?oz, ko?n, poyab-zal, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Yiliga o?rtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

Transporti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Temir yo?llar uz. ? 3,5 ming km, avtomobil yo?llari uzunligi ? 70 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 616 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari ? San-Nikolas, Kalyao, Talara, Chimbote.

Tashqi savdosi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Perudan chetga mis, kumush, qo?rg?oshin, rux, temir ruda, neft va neft mahsulotlari, kofe, qandshakar, baliq mahsulotlari, paxta tolasi, jun va boshqa chiqariladi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, chala tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, keng iste?mol mollari kel-tiriladi. AQSH , Yaponiya, Germaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi ? yangi sol.

Maorifi, ilmiy va madaniyma?rifiy muassasalari [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Bolalar 6 yoshgacha bog?chada tarbiyalanadi. 9 yillik yagona va bepul umumiy ta?lim joriy etilgan. Davlat maktabi bilan birga xususiy va cherkov maktablari ham bor. 9 yillik maktab umumiy ta?limdan tashqari meqnat ta?limi ham beradi. Kechua in-deyslari ona tilida o?qitiladi. Tijo-rat, hunartexnika, ped. va boshqa o?rta o?quv yurtlari mavjud. 33 universitet bor; yiriklari: Limada "Sanmarkoye" Milliy universiteti (1551-yil asos solingan), Milliy muxandislik universiteti (1955), Arekipada "San-Agustin" Milliy universiteti (1828) va boshqalar Ilmiy muassasalari: Milliy tib-biyot akademiyasi (1884), Peru til akade-miyasi (1887), Lima geogr. jamiyati (1888), P. atom energiyasi instituti (1945), Boshlang?ich ta?lim tajriba instituti (1940), Peru dengiz instituti (1964) va boshqa Limada Milliy kutubxona (1821), "Sanmarkoye" universiteti va Milliy muhan-dislik universitetining kutubxonalari, Milliy tarix muzeyi (1921), P. madaniyati milliy muzeyi (1946), Antropologiya va arxeologiya muzeyi (1938), "Xavyer Prado" muzeyi va boshqalar bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va teleko?rsatuvi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Yirik gazeta va jurnallari: "Komersio" ("Savdosotiq", kundalik gazeta, 1839-yildan), "Oxo" ("Diyda", kundalik gazeta, 1968-yildan), "Peruano" ("Perulik", hukumatning kundalik gaz., 1825-yildan), "Republika" ("Respublika", kundalik gazeta, 1982-yildan), "Unidad" ("Birlik", kundalik gaz., 1956-yildan), "Ekspreso" ("Tezkor", kundalik gaz., 1961-yildan), "Ekstra" (kundalik kechki gaz., 1964-yildan); "Alerta agraria", (qishloq xo?jaligi masalalarini yorituvchi oylikjur., 1987-yildan), "Oyga" ("Tin-glang", haftalik jurnal, 1963-yildan). Axensia de Notisias Andina milliy axborot agentligi 1981-yilda tuzilgan. Bosh aloqa boshqarmasi radio va televide-niyeni nazorat qiladi. "Radio nasional del Peru" hukumat mahkamasiga 1937-yil asos solingan. Teleko?rsatuvlar 1958-yildan olib boriladi.

Adabiyoti [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Adabiyoti ispan, kechua va aymara tillarida. Azaliy xalq og?zaki ijodiyoti boy. Kechua tilidagi "Olyantay" xalq dramasi mustamlaka davridan avvalgi eng muhim adabiy yodgorlikdir (bu asar matni 18-asrda qayta ishlanib, 1853-yilda nashr etiddi). Mustamlaka davrida yara-tilgan tarixiy voqealar bayoni ispan tilidagi adabiyotga asos soldi. Ink Garsilaso de la Veganing "Inklarning shohona sharhlari" kad. tarix va madaniyatga oid asosiy manbadir. 17?18-asrlarda ritsarlikni tarannum etadigan, shuningdek, diniy-falsafiy, ma?rifiy she?riyat va nasr rivojlandi. Xalq ijodiyotida esa ispanlarga karshi kayfiyat ifodalandi. 19-asr oxiri ?20-asr boshlarida M. Melgar ijo-dida ispan kitobiy she?riyati bilan in-deys folklori an?analari birlashib ketdi. "Peru rivoyatlari" degan 12kismli salmokdi asar yaratgan R. Palma P. adabiyotini yanada rivojlantirdi. Mus-taqillik e?lon qilingandan so?ng adabiy hayot jonlandi, milliy teatr uchun satirik asar va komediyalar (F. Par-do-ialyago va M. Asensio Segura) yozildi. 20-asr boshi adabiyotida modernizm, simvolizm, Birinchi jahon urushidan keyin avangardizm oqimlari rasm bo?ldi. Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyin S. Alegriya, X. M. Argedasning tanqidiy romanlarida, X. R. Ribeyro, E. Kongrayns Martinning shahar qashshoqlari hayotini tasvirlovchi hikoyalarida o?tkir ijtimoiy muammolar ko?tarildi. 70? 90-yillarda shoirlardan V. Delgado, A. Romualdo, X.G. Rose, dramaturglardan X. Rios, E. Solari Sueyn, shoir M. Vargas Losa xalq turmushi va orzu-is-taklarini haqqoniy yoritdilar.

Me?morligi va tasviriy san?ati [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Peru madaniyati ? Lotin Amerikasidagi eng qad.laridan biri. Miloddan avvalgi 10?8-asrlarda madaniy markazlar mavjud bo?lgan. Badiiy hunarmandchilik buyumlari (jun va ipdan to?qilgan kashtali gilamlar, oltin, kumush haykalchalar, metall, sopol, zarang idishlar va boshqalar) bizning davrimizgacha saqlangan. Mus-tamlakachilik tartiblari qad. san?at rivojiga xalaqit berdi.

Peruda saqlanib qolgan qad. shaharlarda to?g?ri burchakli kvartallar, tor ko?chalar, qo?rg?onlar (Machu-Pikchu, Saksauaman), qabristonlar, saroylar, ibodatxonalar, diniy marosimlar o?tkaziladigan amfiteatrlar, pog?onali ehromlar bo?lgan. 16-asr 2yarmi va 17-asr 1yarmidan to?g?ri ko?chali yangi shaharlar, yirik shaharlarda yevropacha uslubda cherkovlar bunyod etildi (17-asr 2yarmi va 18-asrda barokko, 19-asrda klassitsizm uslublarida), uylarning ichki tomonini bezashga e?tibor berildi. 19?20-asrlarda turli uslubda imoratlar qurildi. M. Pikeras Kotoli, E. Seoane Ros, L. Miro Kesada Garland singari me?morlar "Yangi perucha uslub" yaratdilar. Lima shahri, Ankon kurorti va boshqa qayta qurildi.

19-asrda zamonaviy rassomchilik rivojlanib, I. Merino, F. Laso, K. Baka Flor, D. Ernandes kabi rangtasvirchilar yetishdi. 20-asr rassomlaridan X. Sabogal, X. Kodesido, xaykaltaroshlaridan K. Sako, I. Poso va boshqalarlar o?z asarlarida xalq hayotini, indeyslar turmushini aks ettirdilar, qad. san?at an?analarini rivojlantirdilar. Peru tasviriy san?atida kubizm, ekspressionizm, abstrakt san?at keng tarqaldi. Xalk, san?atida geometrik shakllar hosil qilib gul to?qiladigan yomg?ir po?shlar, sopol idish, haykalchalar, qadama naqsh tushirilgan idish va bu-yumlar yasash rivoj topgan.

Musiqasi [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Qad. inklar musiqasi pentatonikaga asoslangan bo?lib, diniy, harbiy, saroy va xalq musiqasidan iborat. Diniy madhiyalar (xayl), tarixiy rivoyat qo?shiklari (taki), marsiya (uan-ka) va lirik qo?shiqlar (aravi) kabi musiqiy janrlar, raqslar (uayno, kaiua, karuyo) rivojlangan. Cholg?u as-boblari: uankar, tinya kabi barabanlar, anata, kena, tarka kabi puflab chalinadigan sozlar, erke, aykori kabi karnay va boshqa keng tarqalgan. Bular kechua va aymara indeyslarining madaniy merosiga xos bo?lsa, kreol xalq musiqasida ispan musiqiy madaniyatining ta?siri seziladi. Kreollarning asosiy musiqa asboblari gitara va arfadir; 19?20-asr kompozitorlaridan X. B. Al-sedo, X. M. Valye Riyestra, O. Polar, M. Agirre, P. Chaves Agilarni ko?rsatish mumkin. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Gevara Ochoa alohida ajralib turadi. Limada milliy konservatoriya, Filarmoniya jamiyati, Munitsipal teatr, Milliy simfonik orkestr bor.

Teatri [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Inklar davlati tashkil topishi bilan Peru teatr san?ati rivojlana boshladi. Qad. teatr tomoshalarining bir necha turi mavjud bo?lib, ular musiqa jo?rligida, xor bo?lib ashula ay-tib ijro etilgan. Kechua tilidagi "Olyantay" xalq dramasi mashhur bo?lgan. 1548-yil birinchi dunyoviy tomosha ko?rsatilgan. 17-asrda J. Lelio, G. del Rio truppalari shuhrat qozongan. 1680-yil Limada "Prinsipal" teatri qurildi. "Koliseo de komediya", "Komediya nasonal" va boshqa teatrlarda Perulik taniqli aktyorlar T. Miranda, E. Peres va boshqa yetishib chikdi. 20-asrning 60-yillaridan turli shaharlarda teatr festivallari o?tkazila boshladi. Limadagi M. A. Se-gura teatri, havaskor aktyorlarning "La Kabanya" truppasi Peru dramaturglarining pyesalarini sahnalashtiradi. Aktyorlari: L. Arrista, E. Samorano, D. Paredes va boshqa mashhur. Teatrlar uchun kadrlar Limadagi Milliy drama san?ati institutida tayyorlanadi.

Kinosi tarixi 1913-yildan boshlangan. Shu yili birinchi film suratga olingan. 20-asrning 30-yillarida milliy ki-nematofafiya shakllandi, Limada birinchi kinofirma vujudga keddi. Keyingi yillarda A. Robles Godoy "Selvada yulduzlar yo?q", "Ko?k devor", "Sarob", "Uayanaydagi voqea" filmlarini yaratdi. "Yerning kuchi" (rejissyor B. Arias), "Tongdagi ajal" (rejissyor F. Xose Lombardi) filmlari ham dunyo yuzini ko?rdi. X. Uako, S. Vilyanueva, E. Nisimai, E. Chambining hujjatli filmlarida indeyslar turmushining o?tkir shktimoiy muammolari ko?tarilgan. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. "Peru" O?zME . P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil