한국   대만   중국   일본 
Patrick White - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Patrick White

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Patrick White
Tavalludi 28-may 1912 [1]
Vafoti 30-sentyabr 1990 [1] va 29-sentyabr 1990
Ijod qilgan tillari Ingliz tili [1]
Fuqaroligi Avstraliya

Patrick Victor Martindale White ( talaffuzi:  Patrik Viktor Martindeyl Uayt ; 1912-yil 28-may, London  ? 1990-yil 30-sentyabr, Avstraliya ) ? avstraliyalik yozuvchi . Kembrij universitetini tugatgan (1935). 1940?1945-yillar Britaniya aviatsiyasida xizmat qilgan. 1946-yildan Avstraliyada yashagan. Birinchi romani ? ?Baxtli vodiy“ (1939). Ikkinchi romani ? ?Tiriklar va o?liklar“ Ikkinchi jahon urushi yillari yaratilgan. Urushdan keyin ?Abissiniyaga qaytish“ va ?Soxta dafn“ pyesalarini yozgan. ?Xolamning sarguzashti“ romani AQShda yaxshi baholangan. Asar o?z ichki dunyosiga berilib aqldan ozgan Gudmen ismli ayol haqida. ?Inson shajarasi“ (1955) romani erkak va ayolning oilaviy tarixi haqida bo?lib, yozuvchi oddiy kishilar hayoti misolida insoniy hayotning ulug?vorligini aks ettirgan. White ?Tumor“ (1966), ?Vivisektor“ (1970), ?Bo?ron ko?zi“ (1973) kabi romanlar muallifi. Novellalar ham yozgan (?Kuyganlar“ va boshqalar). So?nggi asarlari: ?Yaproqdan yasalgan belbog?“ (1977), ?Tuaynbernlar bilan bo?lgan chigal ish“ (1979) romanlari, ?Tom to?sinidagi xudo“ (1978) she?rlar to?plami. Xilma-xil nutqiy qatlamlar va ohanglarning, poetik ramzlar va ?ayovsiz“ realizmning, ko?tarinki ruh va mubolag?aning o?zaro qo?shilib ketishi White uslubiga xos xususiyatdir. Nobel mukofoti laureati (1973) [2] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil