한국   대만   중국   일본 
Pantomima - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Pantomima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pantomima (yun. pantomimos ? fa-kat tana harakati bilan o?ynovchi aktyor, taklid) ? sahna san?ati turi. Unda badiiy obraz so?zsiz, mimika, imo-isho-ra, gavdani har maqomga solish orqali yaratiladi. P.Yevropada Yunoniston va Rimda, Osiyoda Xitoy, Hindiston, Xo-razm, Baqtriyada miloddan avvalgi 5?4-asrlarda yuzaga kela boshlagan. O?rta asrlarda P. katta bir san?atga aylanib, ko?pgina janrlarda (drama, fojia, ertak, pamflet kabi) qo?llandi. Ba?zan musiqa, ashula, hatto deklamatsiya (suxanpardozlik) bilan qo?shib olib boriladi. 20-asrda P.da Marsel Marso mashhur bo?ldi.

O?zbek xalqining qad. masxa-rabozlik teatrida ham P. san?ati katta o?rin egallagan. Taqlid deb atalgan uzbek P.si, xususan, Amir Temur va Temur iylar saltanatida yaxshi taraqqiy etgan. 19-asr 2yarmi va 20-asr boshida Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida yashovchi masharabozlar, Turkiston o?lkasidagi qiziqchilar tomonidan yaratilgan 3 toifa P.lar rasm bo?lgan: qush va hayvonlar takdi-di ? ramziy P.lar va ijtimoiy hayot voqealarining umumlashma in?ikosi ? hajviy P.lar. Sovet davrida P.ga kam e?tibor berildi. Shunga karamay, Xorazm, Farg?ona vodiysida P. ustalari hamon uchraydi. Rej. va dramaturg L. Boboxonov uzbek P.sini tiklash bo?yicha birmuncha ishlar qildi: badiiy dastur tuzdi, "Qo?g?irchoqboz" degan film yaratdi. So?nggi yillarda P. mavqeini tiklash bo?yicha qiziqchi Mirzabek Xolmedov faoliyati e?tiborlidir.

Muhsin Qodirov. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil