Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pablo Neruda
(taxallus, haqiqiy ismi
Neftali Ricardo Reyes Basoalto
,
Neftali Rikardo Reyes Basualto
) (
1904
?
1973
) ? chililik shoir, diplomat. Otasi temir yo'l xizmatchisi va maktab o'qituvchisi bo'lib, shoirning go'dakligidayoq sildan vafot etgan. Pablo shahar litseyiga qatnadi, ko'p o'qidi. 10 yoshidan boshlab she'r yozdi. 16 yoshida Pablo Neruda taxallusi bilan she'rlar bostirdi. Oiladagilari adabiyotni yoqtirishmagani uchun u ismini yashirgan. Keyingi yili u
Santyagodagi pedagogika institutining
fransuz tili
bo'limiga kirdi. "Bayram qo'shig'i" deb atalgan she'ri Chili talabalari federatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan birinchi mukofotga sazovor bo'ldi. U shu she'rining mualliflik huquqini sotib, puliga o'zining ilk she'riy to'plamini nashr ettirdi (
1923
- y). Undan keyin shoirning shuhrati oshdi. Pablo o'qishni tashlab, she'riyatga sho'ng'ib ketdi.
1926
- yil chop ettirgan "O'lmaydigan odamning xatarli qadami" to'plamida u she'rning an'anaviy o'lchamlari va qofiyalaridan voz kechib, ichki kechinmalarni
syurrealizmga
yaqin til va obrazlar bilan ifodaladi.
Lotin Amerikasidagi
an'analarga ko'ra, taniqli shoirlar diplomatik ishlarga jalb qilinardi. Nerudani ham
1927
- yili shunday ishga taklif qilishdi. Besh yil mobaynida turli xil mamlakatlarga elchilik qildi. Shu davrda uylandi. Bir necha jildlik kitob yozishni mo'ljallab, "Yashash joyi - Yer" (
1933
- y.) nomli kitobining birinchisini yozdi.
Ispaniyada
fuqarolar urushi boshlanishi bilan Nerudaning she'rlari siyosiylashdi. Uning "Ispaniya yuragimda" kitobini odamlar okoplarda ham o'qishdi. Shu davrda shoir Chili hukumati tomonidan elchilikdan chiqarib yuborildi. Chili prezidenti Gabriel Gonsales Vedeluni
AQSh
qo'g'irchog'i deb haqoratlagani uchun davlatga xiyonatda ayblandi,
Meksikaga
qochib ketdi. O'sha yerda 340 she'rdan iborat monumental asari "Umumjahon qo'shig'i" (
1950
- y.)ni yozdi.
1970
- yili Chili kompartiyasi Nerudani
Prezidentlikka nomzod
qilib ko'rsatdi, biroq u nomzodini qaytib oldi.
1971
- yili Pablo Nerudaga "Butun qit'a taqdirini g'ayritabiiy kuch bilan o'ziga jo qilgan poeziyasi uchun"
Nobel mukofoti
berildi.
1973
- yil
23 - sentabr
kuni qattiq betob yotgan Nerudaning uyiga fashistlar suv bostirib yubordilar va uni halok etdilar.
|
---|
1901?1925
| |
---|
1926?1950
| |
---|
1951?1975
| |
---|
1976?2000
| |
---|
2001?yildan
| |
---|
- ↑
(unspecified title)