한국   대만   중국   일본 
Odysseas Elytis - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Odysseas Elytis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odysseas Elytis
Tavalludi 2-noyabr 1911 [1]
Vafoti 18-mart 1996 [1]
Ijod qilgan tillari Yunon tili [1] va Modern Greek [2]
Fuqaroligi Yunoniston

Odysseas Elytis (taxallusi; asl ismi Alepudelis) (1911.2.11, Krit oroli) ? gretsiyalik shoir. Afina universitetining huquqshunoslik fakultetida o?qigan (1930?35). Dastlabki she?rlari demotika ? jonli muloqot tilida yozilgan. Yoshlik va nurafshonlikning hissiy^dunyosi kuylangan "Quyosh podshohi" (1943) asari Elytisni shodlik va ruhiy sog?lomlik kuychisi, o?z davrining ko?zga ko?ringan lirik shoiri sifatida elga tanitgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Urush davrida orttirgan tajribasi asosida "Alban kampaniyasida halok bo?lgan kichik leytenantga bag?ishlangan va g?amginlik qo?shig?i" (1943) nomli asari dunyoga kelgan. Asar syurrealistik uslubda yozilgan bo?lib, urush davri Gretsiya yoshlari orasida keng shuhrat qozongan. Elytis urushdan so?ng Afina radiosida ishlagan. 1948-yil Parijga borib, Sorbonna universitetida adabiyotdan saboq olgan, shuningdek, tasviriy san?at va san?atshunoslik bilan qiziqqan, maqolalar yozgan. Gretsiyaga qaytib, yana radioda ishlagan. "Mariya Nefeli" dostoni (1978) mashhur. Nobel mukofoti laureati (1979) [3] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]