Musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Skripka kaliti

Musiqa ( qadimgi yunoncha : μουσικ?  ? ?muzalar san?ati“) ? inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san?at turi. Uning mazmuni o?zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, ko?tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, g?amginlik, xavf-qo?rquv va boshqalar) ni o?zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qat?iyatlik, intiluvchanlik, o?ychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari ? Pifagor , Platon , Aristotel va Sharq mutafakkirlari ? Forobiy , Ibn Sino , Jomiy , Alisher Navoiy , Bobur , Kavkabiy , tasavvuf arboblari ? Imom G?azzoliy , Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga ta?sir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang bo?lgan protsessual ? muayyan jarayonli tabiati bilan bog?liqdir. Musiqa asarlari mazmunida musiqali obrazlarning o?zaro munosabatlari (taqqoslanish, to?qnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga ko?ra Musiqa mazmuni ham turli ? epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo?lishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo?lgan lirika Musiqaning ?botiniy“ tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni ? shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo?lib, bunda ma?lum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, sur?at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning ma?naviyma?rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining ko?pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning o?zaro etik va estetik ta?sir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg?ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag?batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.

Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli?ma?noli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan ma?lumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yo?g?onligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) o?xshaydi. Ammo, san?at turi sifatida Musiqa fakat ungagina xos bo?lgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni ko?zlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, Musiqa tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan Musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega bo?lsada Musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa ? musiqiy ritm va metrda o?z aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari Musiqa madaniyati, jumladan, o?zbek musiqa folklori, an?anaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli ko?rinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik Musiqada (ayniqsa, XX asrda rivoj toptan yo?nalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng o?rin olgan.

Nota yozuvi
     C  D  E  F   G  A H (B)
   
    do re mi fa sol la si  

Musiqada asosiy badiiy vosita ? kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki an?anadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Ko?p ovozli kompozitorlik yo?nalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim o?rin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi bo?lib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos bo?lib, bular badiiy mazmundagi o?zgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga ma?lum darajada ziddir. O?zaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda o?z yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va an?analarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining o?zaro munosabatlari ham o?zgachadir. Masalan, an?anaviylik mezoniga asoslangan og?zaki yo?nalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixago?ylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar o?z ta?sirini o?tkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma an?anadagi kompozitorlik san?ati asarlari esa ko?proq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, ya?ni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obyektiv holatda saqlashda asosiy omil bo?lgan nota yozuvi mu-him o?rin tutadi.

Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda o?ziga xos o?ringa egadir. U dam olish va ko?ngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari o?z mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bog?liq bo?ladi. Ashula, dastgoh, cholg?u kuy, maqom yo?llari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik ta?sir o?tkazish vazifalari asosiy o?rin tutadi. Janrlar, o?z navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) Musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni o?ziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub bo?lgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang Avangardizm , Barokko , Klassitsizm , Og?zaki an?anadagi musika , Romantizm , Sentimentalizm ).

Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, Musiqa va boshqa san?at turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tushunchaga ega bo?lgan so?z, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq Musiqa asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang Vokal musiqasi , Kino musiqasi , Raqs musiqasi , Teatr musiqasi ). Musiqa, shuningdek, boshqa san?at turi va janrlarida ham muxim rol o?ynaydi. Masalan, opera janrida, o?zbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor san?ati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini Musiqa yordamida ifodalaydi.

Insonning Musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kurinishga ega bo?ladi. Ijod bosqichida badiiy g?oya va shakl muallif ongida mushtarak holda tug?iladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shaxsiy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, Musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi.

Turli (kompozitorlik va og?zaki an?anadagi) uslublarda mussha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida Musiqa ko?pincha badiiy asarlarni ijro etadigan san?atkorlar faoliyati orqali namoyon bo?ladi. Shuning uchun Musiqa ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird munosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida o?rgangan asarlarni jonli ravishda tinglovchilar oldida talqin etadilar. Musiqiy folklor tizimida Musiqa namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qo?shiqchi, sozanda yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Musiqa ijrochiligi mussha cholg?ulari hamda inson ovozk vositasida amalga oshiriladi. Bular yakka tarzda, ansambl, xor, orkestr kabi birikma shakllarida namoyon buladi.

Musiqa ijodiyoti, ijrochiligi va tinglanishi Musiqa faoliyati ning boshqa turlari ? mas, musiqa tarbiyasi, musiqa ta?limi, ilmiy tadqiqot (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshqalar bilan birga jamiyat Musiqa madaniyat i tizimini tashkil etadi.

Musiqa tarixi. Musiqaning paydo bo?lishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga to?lgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) Musiqaning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham Musiqaning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. Musiqa tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bog?liq holda, Ibn Xaldun (14-asr) esa ? ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan.

Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. ma?lumotlaridan kelib chiqib, Musiqa san?atini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa san?at turlari (rake, she?riyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda Musiqa ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiyma?naviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma san?at majmuasidan bir qancha san?at turlari, jumladan, Musiqa ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda Musiqa tabiatga, yovvoyi hayvonlarni o?rgatishda ta?sir kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida ta?riflanadi (qarang Aliqambar , Ibtidoiy san?at , Mavsum qo?shiqlari, Marosim qo?shiqlari ).

Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari ? Misr, Shumer, Bobil, O?rta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholg?u, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan.

Turli xil Musiqa asboblari ( chang , ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega bo?lgan. Musiqaning ushbu davrda asosan og?zaki an?anada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va boshqalar) tizimi ixtiro etilgan, Musiqa estetikasi va nazariyasi ta?limotlari shakllangan: Xitoyda ? Konfutsiy, Yunonistonda ? Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va boshqa, O?rta Osiyoda ? Borbad.

O?rta asr G?arbiy Yevropada professional cherkov (bir ovozli grigorian xorali, keyinchalik ko?p ovozli xor va vokalcholg?u janrlari ? orga-num, kondukt va boshqalar), dunyoviy (Fran-siyada ? trubadurlar, truverlar; Germaniyada ? minnezingerlar san?ati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. 12-asrda Fransiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-Dam maktabi), 14-asrda Fransiya va Italiyada ?Are nova“ uslubi yuzaga kelgan. Gvido d Aretsso ixtiro etgan to?rt chiziqli nota yozuvi tovush balandligi va nag?malar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan.

Ushbu davrda O?rta va Yaqin Sharq (Arab xalifaligi)da erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan musulmon kasbiy Musiqa (azon, tartil, tajvid) janrlari shakllangan. Ular boshqa Musiqa turlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, keyinchalik O?n ikki makom tizimining shakllanishiga ham ma?lum darajada ta?sir ko?rsatgan. 8? 13-asrlar musulmon Shark, xalqlari og?zaki an?anadagi kasbiy Musiqa si daston (Musiqa nazariyasida) yoki parda (she?riyat va Musiqa amaliyotida) tizimlari asosida shakllangan. O?rta Osiyo, Eron va arab xalqlari Musiqasida muttasil davom etgan o?zaro ta?sir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy bo?lgan vokal (savt, g?ino, amal, mulammo, qavl va boshqalar) va cholg?u (ravoshin, peshrav kabi) turlari vujudga kelgan. Mashhur bastakor, xonanda va sozandalar Ibrohim Mavsiliy, Ishoq Mavsiliy, Ziryob, Mansur Zalzal, Ibn Surayj, Ibn Axvas as-So?g?diy, Safiuddin al-Urmaviy va boshqa ijod qilgan. Musiqa ilmida ham muhim yutuqlarga erishilgan. Yunon Musiqa nazariyasi hamda mahalliy xalqlar Musiqa an?analariga asoslangan musiqiy estetika va ilmiynazariy ta?limotlar dastlab mat. fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifatida (Urmaviy) shakllangan. Ishoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan.

Uyg?onish davri Yevropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik g?oyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan Musiqa san?atida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga ko?tarildi, cholg?u (lyutnya, viola) va vokal (madrigal) ijrochiligi rivoj topgan. Professional Musiqada polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va boshqa janrlar) o?z cho?qqisiga ko?tarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada ? D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda ? Palestrina, Vene-siyada ? A. va J. Gabriyeli) maktablari shakllandi.

17?18-asrning 1-yarmida yangi janrlar ? opera (Italiyada ? K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada ? J. B. Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada ?G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholg?u asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa ta?limi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-asr o?rtalari ? 19-asrning boshida Yevropa Musiqasi Ma?rifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi g?oyalari ta?siri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-asrda rus (M. Glinka, ?Qudratli tuda“ vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-asr Musiqa tarixida alohida o?rin tutadi. Musiqa madaniyatining barcha jabhalarida tub o?zgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yo?nalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-asrda yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida Musiqaning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo bo?ldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholg?u Musiqa kabi) janrlar o?rniga vokal Musiqasi, teatr Musiqasi, kino Musiqasi kabi ?aralash“ turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga an?anaviy Musiqa ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz Musiqa janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mug?om, o?zbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy Musiqa yo?nalishlariga o?z ta?sirini o?tkazdi.

O?zbekistonda Musiqa, asosan, xalq va og?zaki an?anadagi professional Musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq Musiqasidalapar, terma, yama, qo?shiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, o?yin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), og?zaki an?anadagi o?zbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholg?u yo?llari kabi janrlar mavjud. O?zbek Musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin (qarang Buxoro-Samarqand musiqa uslubi , Xorazm musiqa uslubi , Farg?ona -Toshkent musiqa uslubi , Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi ). 20-asrda o?zbek va boshqa O?rta Osiyo xalqlari Musiqa merosini yozib olish va o?rganish bo?yicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota to?plamlari va ilmiy tadqiqotlar nashr etildi. Bastakor, xrfiz va sozandalar o?zbek Musiqa merosi durdonalari (Shashmakom, Xorazm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yo?llari va boshqalar) ni keng targ?ib qilibgina qolmay, yangi cholg?u kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi bo?lishdi. 1930?1940-yillarda O?zbekistonda avvallari bo?lmagan yangi (opera, balet, simfonik Musiqa, kamer Musiqa, konsert kabi) Musiqa janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950?1960-yillardan boshlab O?zbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy Musiqaning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yo?nalishlari ham keng yoyilgan.

Musiqa ta?limi tizimi O?zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik litsey, 30 ga yaqin san?at, Musiqa hamda madaniyat kollejlari, O?zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat instituti, Musiqa Uyg?ur nomidagi san?at instituti va boshqa oliy o?quv yurtlarida amalga oshiriladi.

Hozirda O?zbekistonda Musiqa faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr, xor va ansambllar), ?O?zbeknavo“, Uzteleradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va yakkaxonlar hamda mustaqil ravishda ijrochilik bilan shug?ullanayotgan ayrim xonanda va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda [1] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. Abdumannon Nazarov, Olimjon Bekov. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil