Mosul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mosul , al-Mavsil ? Iroqning shimoliy qismidagi shahar. Dajla daryosi bo?yida. Naynova muhofazasining ma?-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar o?rtalari). G?alla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport yo?llari tuguni. To?qimachilik (muslin gazlamasi ishlab chiqarish), oziq-ovqat, ko?n-poyabzal, metallsozlik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, tarix va boshqa muzeylar bor. Mosul yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.

Mosul 6-asr da vujudga kelgan. 641 yil uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi bo?lgan. 10?12-asrlarda turli davlatlar poytaxti. 1095?96 yillar Mosulni Saljuqiylar egallagan. 1261-yilda mo?g?ullar hujumiga uchragan. 14-asrning 2-yarmidan Temuriylar, 1514?1918-yillar Usmonli turk saltanati tarkibida bo?lgan. 1920-yildan Iroq tarkibida.

Mosulda al-Jomi? alkabir madrasasi (minorasi bilan) (1170?72), al-Izziya madrasasi (12-asr), Qorasaroy qal?asi harobalari (13-asr) va boshqa, shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-asr) bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil