Monizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monizm ( qadimgi yunoncha : μ?νο? ? monas ? yakka, yagona) ? dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substansiya yotadi deb hisoblaydigan ta?limot. M. dualizm va plyuralizmning aksi. Falsafa tarixida materialistik va idealistik M. mavjud bo?lgan. Materialistik M. tarafdorlari suvni (Fales), apeyron (noaniq modda)ni ( Anaksimandr ), havoni ( Anaksimen ), gomeomeriya ( zarra )ni ( Anaksagor ), atomni ( Demokrit , Epikur ), olovni ( Geraklit ) dunyoning yagona moddiy asosi deb hisoblaganlar. Idealistik M.ning yirik vakili Gegel dunyo va uning hodisalari asosiga dunyoviy g?oyani qo?ygan. Falsafada M. butun borliqni ? tabiat , jamiyat , inson ma?naviy dunyosini bir deb bilish, ular yagona asosdan kelib chiqqan, bir-birlaridan mutlaqo ajralmas deb hisoblashdir.

Tabiatshunoslikda M. jonsiz (noorganik) va jonli (organik) tabiat bosqichlari ? o?simlik dunyosi, hayvonot dunyosi, insoniyat dunyosini bir asosdan uzoq rivojlanish jarayonini bosib o?tib, bir-biridan kelib chiqqanligi haqidagi ta?limotdir. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil