Mizoram

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mizoram ? Hindistonning shim.-g?arbiy qismidagi shtat, sharq va jan. tomondan Myanma, g?arbda Bangladesh bilan chegaradosh. Maydoni 21,1 ming km². Aholisi 891 ming kishi (2001), asosan, tibet-myanma guruhi xalqlaridan iborat. Ahsshining katta qismi mizo va ingliz tillarida so?zlashadi. Ma?muriy markazi ? Ayvzol shahri.

Mizoram 1972-yilgacha Assom shtati tarkibidagi okrug, o?sha yildan itti-foqsosh hudud maqomini olgan. 1987-yil fevral oyidan Hindistonning teng xuquqli shtati. Shtat hududining katta qismi tog?lardan iborat. Balandligi 1000- 2000 m. Iqlimi nisbatan salqin, faqat janubida issiq va sernam. Yillik yog?in shimolda 2100 mm dan janubida 3500 mm gacha.

Mizoram? agrar shtat. Shtat aholisining 60 % qishloq xo?jaligida band. Asosiy ekini ? sholi; shuningdek, makkajo?xori, paxta, kartoshka, tamaki, shakarkamish, sabzavotlar ham ekiladi. Mevali boglar, choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda, asosan, cho?chqa boqiladi. Tog?li rayonlarning V, qismi o?rmon. Sanoatida o?rmon sa-noati yetakchi. Hunarmandchilik rivojlangan. Qo?lda turli matolar, gilam to?qiladi, qamishdan shlyapalar, savatlar yasaladi. Ipakchilik, elektronika, oziq-ovqat sanoati korxonalari, konserva, sharbatlar ishlab chiqarish, yog?moy, choy zavodlari mavjud. Konchilik rivojlangan.