한국   대만   중국   일본 
Mississippi (daryo) - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Mississippi (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mississipi
Tavsif
Uzunligi 3 766 [1] [2]
Suv sarfi 12 743 m³/s
Joylashuvi
Davlat AQSh
Mississippi (daryo)

Mississipi, Missisipi (mahalliy indeyslar tilida ? katta daryo ) ? Amerika Qo?shma Shtatlaridagi daryo , dunyodagi eng katta daryolardan biri. Uzunligi 3950 km ( Missuri daryosining boshidan hisoblaganda 6420 km), havzasining maydoni 3268 ming km². Minnesota shtatining shim. qismidagi ko?ldan boshlanadi, Markaziy tekisliklar va Meksika bo?yi pasttekisligini shim.dan janubga kesib o?tib, delta hosil qilib (32 ming km²) Meksika qo?ltig?iga quyiladi. Eng yirik irmoklari: o?ngdan ? Minnesota , De-Moyn , Missuri , Arkanzas , Redriver , chapdan ? Viskonsin , Illinoys , Ohio . Vodiysining morfologik tuzilishi va suv rejimiga kura, Mississippi 3 qismga bo?linadi.

Yuqori qismi dastlab kichikroq ko?llar orqali o?tadi, ostonalar bor. Minneapolis shahridan boshlab, daryo o?zani shlyuzlangan, Missuri daryosi quyilish joy-igacha bir necha o?nlab to?g?on qurilgan. O?rta qismida daryo, asosan, bir o?zanda oqadi; vodiysining kengligi 10? 15 km. Missuri irmog?i qo?shilgach, uning loyqa suvi Mississippining tiniq suvi bilan 150?180 km gacha yonma-yon oqadi. Quyi qismi keng tekislikdan o?tadi, vodiysining kengligi 25 km dan 70? 100 km gacha. Qirg?oqlariga toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Mississippi dengizga yiliga 350 mln. t dan ortiq oqiziq keltiradi. Daryoning quyi qismida suv ko?payganda suvining bir qismi Pon-shartren ko?liga va Mississippidan 15?40 km g?arbda oquvchi Atchafalaya daryosiga oqadi. Daryo qor va yomg?ir suvlaridan to?yinadi. Bahor va yoz oylarida Mississippining o?rta va quyi qismida kuchli toshqinlar bo?ladi. Yuqori qismi qishda muzlaydi. Daryoning yillik o?rtacha suv sarfi 19 ming m³/sek (eng yuqorisi 50? 80 ming m³/sek). Daryo suvining sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanishini kamaytirish choralari ko?rilmoqda. Mississippining transport ahamiyati katta: kema qatnaydigan daryo va kanallar orqali Buyuk ko?llar va chu-qur suv yo?li qisoblangan Sanlavrentiy daryosi orqali Atlantika okeani bilan bog?langan.

Minneapolis shahrigacha (3000 km) daryo kemalari, Baton-Ruj shahrigacha okean kemalari qatnaydi. Mississippi daryo sistemasidagi barcha kema qatnovi yo?llari uzunligi 25 ming km dan ortiq. Gidroenergiya resursiga boy (27,5 GVt). Eng ahamiyatli GES Kiokak shahri yaqinida qurilgan. Mississippi sohilida Minneapolis, Davenport , Sent-Luis , Memfis , Baton-Ruj, Yangi Orlean shaharlari joylashgan.




  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 2,2 (unspecified title)