Minsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Minsk

belaruscha : М?нск
Minsk
Bayroq
Minsk
Gerb
53°54′8.086″N 27°33′42.613″E  /  53.90224611°N 27.56183694°E  / 53.90224611; 27.56183694  G  O Koordinatalari : 53°54′8.086″N 27°33′42.613″E  /  53.90224611°N 27.56183694°E  / 53.90224611; 27.56183694  G  O
Mamlakat Belarus
Viloyat Minsk viloyati
Asos solingan 1067
Maydon 34,884 km 2 (13,469 mi²)
Rasmiy til(lar)i belarus tili va rus tili
Aholisi
  (2023)
1 995 471
Zichligi 5720 kishi/km 2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +375 17
Pochta indeks(lar)i 220000?220141
Avtomobil kodi 7
Minsk xaritada
Minsk
Minsk

Minsk ( belaruscha : М?нск , 1939 -yilgacha ? Менск deb atalgan ruscha : Минск ) ? Belarus Respublikasining poytaxti, Minsk viloyati markazi. Transport yo?li, avtomobil yo?llari tuguni. Aeroport bor. Svisloch daryosining ( Berezina irmog?i) har ikkala sohilida joylashgan. Yanvarning o?rtacha temperaturasi ?6,9°, iyulniki 17,8°. Yillik yog?in miqdori 646 m Minsk Aholisi 1719 ming kishi (1998), asosan, belaruslar , shuningdek, rus, ukrain, polyak va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Minsk birinchi marta 1067-yil yilnomalarida "Menesk" shaklida tilga olingan. 12-asr boshlarida Minsk knyazligining ma?muriy markazi, 14-asrda Litva va Polsha qo?l ostiga o?tdi. 1569-yildan Minsk voyevodaligining markazi. 1793-yilda Rossiyaga qo?shib olindi. 1919-yil 1-yanvardan Belarus sho?rolar Respublikasi poytaxti. Ikkinchi jahon urushi davrida 80% tupap joy binolari, barcha fabrika va zavodlar, elektr stansiyalar, ilmiy muassasalar, teatrlar qattiq shikastlandi, ba?zilari yo?q bo?lib ketdi. 1944-yil 3-iyulda Minsk nemis-fashistlar okkupatsi-yasidan ozod qilindi. Ikkinchi jahon urushida ko?rsatgan mardligi va qahramonligi va shaharning ozod qilinganligi munosabati bilan Minskga qahramon shahar unvoni berildi (1974-yil 26-iyun). Minsk 1991-yildan mustaqil Belarus Respublikasining poytaxti. Sanoatining yetakchi tarmog?i ? mashinasozlik va metallsozlik. "MTZ" traktor zavoddi, avtomobil "Belavto "MAZ" ishlab chiqarish birlashmasi, stanoksozlik, avtomatik liniyalar, motor, podshipnik, isitish uskunalari, elektrotexnika, sovitkich, asbobsozlik, elektron-hisoblash mashinalari, ressor zavodlari faoliyat ko?rsatadi. Kimyo sanoati (tibbiy pre-paratlar, lok-bo?yoq zavodlari), mebel qurilish materiallari (gips va chinni, kurilish materiallari va yirik blokli qurilish detallari kombinatlari, uysozlik zavoddlari), yengil (kamvol va mayin movut kombinatlari, ko?n, tikuvchilik, trikotaj fabrikalari), oziqovqat sanoatlari korxonalari (go?sht, sut, un kombinatlari, qandolatpazlik, tamaki fabrikalari, non, margarin, pivo zavodlari), poligrafiya kombinati bor. 1984-yilda metropoliten ishga tushirilgan. Minskni mahalliy TETS va boshqa elektr stansiyalar elektr energiya bilan ta?minlaydi. 13 oliy o?quv yurti, 29 ilmiy tadqiqot instituti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar bor.

Me?moriy binolardan Hukumat uyi (1930?33), sport saroyi (1966), suv sporti saroyi majmuasi (1965?69) mashhur.

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]