한국   대만   중국   일본 
Miguel Angel Asturias - Vikipediya Kontent qismiga o?tish

Miguel Angel Asturias

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miguel Angel Asturias
Tavalludi 19-oktyabr 1899 [1]
Vafoti 9-iyun 1974 [1]
Ijod qilgan tillari Ispan tili [1]
Fuqaroligi Gvatemala

Miguel Angel Asturias (1899.19.10 ? Gvatemala  ? 1974.9.6) ? gvatemalalik jurnalist, yozuvchi va shoir. 1925?33 yillar Yevropada emig-ratsiyada bo?lgan. ?Gvatemala afsonalari“ (1930) kitobida mayya qabilasi mifologiyasini she?riy yo?lda aks ettirgan. ?Senor prezident“ (1946) romanida zulmga asoslangan rejimni fosh qilgan. A.ning dunyoga tanitgan roman-trilogiyasi 20-asr Gvatemala xalqining ozodlikka erishish yo?lidagi kurashi g?oyalari bilan sug?orilgan (?Kuchli shamol“, 1950; ?Yashil Papa“, 1954; ?Dafn etilganlar ko?zi“, 1960). ?Jo?xori odamlar“ (1949), ?Mulat ayolning o?zginasi“ (1964), ?Lid Sol ko?zgusi“ (1967) romanlari ham bor. A. ijodiga Gvatemaladagi mahalliy aholi (mayyalar) urf-odatlari, folklori sezilarli ta?sir ko?rsatgan. Nobel mukofoti laureati (1967). [2]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil