Meklenburg-Old Pomeraniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
( Mecklenburg-Vorpommern dan yo?naltirildi)

Meklenburg-Old Pomeraniya ( olm. Mecklenburg-Vorpommern ) ? Olmoniya yeri . Mamlakatning shim.-sharqiy qismida, Boltiq dengizi so-hilida joylashgan. Maydoni 23,2 mingkm². Ma?muriy markazi ? Shverin shahri Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). Meklenburg-Old Pomeraniyada aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relyefi sertepa, yaylov va o?rmonlar bor. Eng katta daryosi ? Elba. Ko?l ko?p bulgani uchun "Ming kullar yeri" deb ataladi. Eng yirigi ? Myurits ko?li (maydoni 117 km 2 ). Meklenburg-Old Pomeraniyada 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qo?riqxonalari tashkil etilgan, 3 milliy bog? bor. Old Pomeraniya uzok, vaqt Shvetsiya hukmronligi ostida bo?lgan, keyinroq Prussiya tarkibiga o?tgan. Meklenburg Olmoniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. Meklenburg-Old Pomeraniya yeri Ikkinchi jahon urushidan so?ng sobiq Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990-yilda yana GFR tarkibidagi yer qilib tiklandi.

Meklenburg-Old Pomeraniya xo?jaligida qishloq xo?jaligi yetakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilbo?yida sharqiy rayonlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivojlangan. Yil davomida 10 mln.dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari ? Rostok, Shverin. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil