Male (Maldiv Respublikasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Male ? Maldiv Respublikasi poytaxti, Male o.da. Aholisi 55 ming kishidan ziyod (1990-yillar o?rtalari). Iqlimi ekvatorial, mussonli iqlim, o?rtacha oylik temperatura 24?30°, yiliga 250° mm gacha yog?in yog?adi.

M. ? tarixiy shahar. Arab sayyohi Ibn Battuta 1342-yilda M.da bo?lib, uning yirik shahar ekanligini yozgan. 16-asrda M.da portugallar hukmronlik qilgan. 1857-yilda Angliya bosib olgan. 1965-yil iyuldan Maldiv davlati poytaxti. M. ? mamlakatning iqtisodiy, madaniy va savdo markazi. M. porti orqali chetga quritilgan baliq, kokos yong?og?i, kopra chiqariladi. Havo va suv yo?llari orqali Kolombo shahri bilan bog?langan. M.da baliq ovlash kemalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik fabrikasi, baliq konserva qilish zavodi mavjud. Abu al-Barakat maqbarasi, sulton saroyi (hozirgi muzey) bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil