Lissabon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lissabon ? Portugaliya poytaxti. Mamlakatning eng muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Eshtremadura tarixiy viloyati va Lissabon okrugining markazi. Atlantika okeani qirg?og?idan 15 km ichkarida. Teju daryosi estuariysi o?ng sohilidagi yirik port. Muxim temir yo?l tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 678 ming kishi (1990-yillar o?rtalari, shahar atrofi bilan 2,5 mln. kishi). Iklimi subtropik okean iqlimi, yillik o?rtacha temperatura 16°. L. o?rnida qadimda iberi qabilasining manzilgohi bo?lgan. Miloddan avvalgi 2-asrda L.ni rimliklar, 6-asrda vestgotlar, 8-asrda arablar bosib olganlar (L.ning arabcha nomi AlOshbuni yoki Lishbuna). 1147-yildan Portugaliya qirolligi tarkibida. 1255?56 yillardan mamlakat poytaxti, 1581 ? 1640-yillarda Ispaniya hukmronligi ostida bo?lgan. 1640-yilda Portugaliya mustaqilligi uchun bo?lgan qo?zg?olon markazi ga aylangan. 1755-yildagi halokatli zilziladan so?ng shahar butunlay qayta qurilgan. 1807?08 yillarda L.ni Napoleon askarlari bosib olgan.

L. va shahar atrofida metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik va kema remonti, vagonsozlik, metall va elektrotexnika jihozlari ishlab chiqarish va boshqalar), kimyo (jumladan, sintetik kauchuk va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish) va metallsozlik, neftni qayta ishlash, oyna-shisha, chinni, yog?ochsozlik sanoatining ko?plab korxonalari mavjud. Xalq iste?moli tovarlari ishlab chiqarish bilan bog?liq bo?lgan to?qimachilik, tikuvchilik sanoatlari jadal rivojlandi. L.da yirik birlashmalarning boshqaruv organlari, savdo firmalari, yirik banklar, chet el kompaniyalari vakolatxo-nalari joylashgan.

L. xalqaro turizmning yirik markazlaridan. Balneologik kurort va dam olish zonalari va uning atrofida me?moriy yodgorliklari ko?p: San-Jorji qal?asi (14-asr), Jeronium monastiri (1502?20), qirol saroyi (16-asrda tiklangan) va boshqa

L.da universitet, Katolik universiteti, Fanlar akademiyasi, Harbin akademiya, Milliy musika akademiyasi, nafis san?at maktabi, ilmiy tadqiqot muassasalari, muzeylar, teatrlar, kartinalar galereyasi, botanika bog?i bor. [1]

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. O?zME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil